2. Armaturalarning fizik – mexanik xossalari. - 2. Armaturalarning fizik – mexanik xossalari.
- Armaturalarning fizik – mexanik xossalari po‘latning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bog‘liq. A–I, A–II, A–III sinfli yumshoq po‘latlarda uglerod 0,2 – 0, 4% ni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, po‘latning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi. Agar po‘lat tarkibiga marganets va xrom qo‘shilsa, uning qayishqoqligi kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy qo‘shilsa, po‘latning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
2–rasm. Armatura po‘latining xarakterli diagrammalari: - 2–rasm. Armatura po‘latining xarakterli diagrammalari:
- Ma’lumki, po‘latning asosiy fizik–mexanik xossalari material namunasini cho‘zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish–deformatsiya» (–) diagrammasida o‘z aksini topadi. Bu diagrammaga ko‘ra armatura po‘latlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- 1. Oqish chegarasi aniq ko‘rinadigan yumshoq po‘latlar;
- 2. Oqish chegarasi aniq ko‘rinmaydigan o‘tda toblangan po‘latlar;
- 3. Deyarli uzilgunga qadar «–» diagrammasida chiziqli bog‘lanishga ega bo‘lgan o‘ta mustahkam po‘latlar.
- 3. Armaturalash usullari.
- Temirbeton elementlari payvandlangan sim–to‘r yoki karkaslar, alohida sterjenlardan to‘qilgan armaturalar, bikr prokat profillar va boshqalar bilan armaturalanadi.
- Payvandlangan sim to‘rlar asosan plitali konstruksiyalarda ishlatiladi. Ishchi armaturalarni joylashishiga qarab, ular uch xil bo‘ladi: 1) bo‘ylama ishchi armaturali; 2) ko‘ndalang ishchi armaturali; 3) ikki yo‘nalishda ham ishchi armaturali.
- Standart sim to‘rlar diametri 4–5 mm bo‘lgan Вр–I sinfli va diametri 6–8 mm bo‘lgan A–III sinfli, hamda diametri 40 mm gacha bo‘lgan A–I, A–II, A–III sinfli armaturalardan tayyorlanadi. Sim to‘rlar yassi va o‘ramli (rulonli) bo‘ladi. O‘ramli sim to‘rlarning maksimal diametri 5 mm gacha bo‘ladi, yassi sim to‘rlarning uzunligi 9 m gacha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |