1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar
Muammoli savol: Nima sababdan qadimgi arxivlar bizgacha juda kam miqdorda yetib kelgan?
Download 32.06 Kb.
|
1. Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha Arxivlarning vujudga kelis-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoli savol: Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida arxiv ishlarida qanday o’zgarishlar yuz berdi
Muammoli savol: Nima sababdan qadimgi arxivlar bizgacha juda kam miqdorda yetib kelgan?
Mustamlaka Turkistonda idoraviy arxivlarning vujudga kelishi XIX asrning ikkinchi yarmida chor Rossiyasi O’rta Osiyoni bosib oldi va uni o’z mustamlakasiga aylantirdi. O’lkada Rossiya boshqaruv tizimi joriy qilindi. Yangi bosib olingan hududlarda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Turkiston o’lkasi qo’shinlari qo’mondoni va general-gubernator etib K. P. Kaufman tayinlandi. Viloyatlarni harbiy gubernatorlar boshqarardi. Uyezdlarda esa ularga bo’ysungan boshliqlar tayinlanardi. Mahalliy boshqaruv volostp boshqaruvchisi, qozilar, mingboshilar, oqsoqollar qo’lida edi. Muammoli savol: Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida arxiv ishlarida qanday o’zgarishlar yuz berdi? O’lkada mustamlakachi ma’muriyatning faoliyati natijasida doimiy ravishda ko’plab hujjatlar vujudga kelgan. General-gubernatorlik mahkamasidan tortib to qishloq boshqaruv idoralariga qadar hujjatlar to’planib borgan, ular bevosita shu muassasaning o’zida saqlangan. Shunday qilib chor mustamlakachiligi davrida Turkistonda har bir muassasa qoshida arxivlar vujudga kelganiligini kuzatamiz. Ammo bu idoraviy arxivlarni o’zaro bog’lash va yagona davlat arxivlari tizimini barpo etish e’tibordan chetda qoldi. Turkistonda vujudga kela boshlagan idoraviy arxivlarning faoliyati sust tashkillashtirilgan edi. Ko’p tashkilotlarda arxivlarni saqlash uchun maxsus ajratilgan xonalar yo’q edi. Shu sababdan hujjatlar ko’pincha zax qaznoqlarda, yog’och saroylarda saqlangan. Bundan tashqari, hujjatli manbalarni saqlash ishiga tashkilot rahbarlarining o’zlari ham jiddiy zarar yetkazganlar. Ular qog’ozlarni yakkash o’zlari ko’rib chiqib, keraksiz deb hisoblaganlarini yo’qotib yuborganlar. Hujjatli materiallarni yo’q qilish turli chekka o’lkalarda, jumladan Turkistonda keng ko’lamda olib borilganligi o’sha davrdayoq ilg’or kishilarni tashvishga solib qo’ygan edi. 1914 yilda Orenburgda o’tkazilgan guberna olimlari arxiv komissiyasining I syezdida shu komissiya a’zosi A. Popov quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: “Keyingi 12 yil davomida yo’qotilgan yuz minglab ishlarning anchagina qismi O’rta Osiyoning qo’shilishi va bosib olinishi, Buxoro va Xivaga qilingan harbiy yurish haqida edi”. Turkistonda hujjatlarni ko’p miqdorda yo’q qilinishi odat tusiga kirgan edi. Misol tariqasida quyidagi faktni keltirish mumkin. Farg’ona viloyati harbiy shtabida 25 yil davomida yig’ilib qolgan hujjatlarni saralash chog’ida 105 pud “keraksiz” arxiv materiallari savdogarlarga o’rov sifatida sotib yuborilgan. Tez orada muhim ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda ko’zga tashlanib qolgan edi. 1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov loyihasiga binoan Rossiya imperiyasi chekka o’lkalarida hujjatlarning ommaviy yo’qotilishiga qarshi arxiv komissiyasi tuzildi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish va to’plash, arxivlarni ayovsiz talon-taroj qilish va yo’qotishdan himoya qilish, har xil idoralarda yo’qotishga ajratilgan hujjatlarni qaytadan ko’rib chiqish va saralab olish, ularning ilmiy qimmatini aniqlash bu komissiyaning asosiy maqsadi edi. Biroq komissiya oldiga yo’gan vazifalar bajarilmay qoldi. Uning idoraviy arxivlarga kirish huquqi yo’q edi. Komissiya faqat tarixiy arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab qolish huquqiga ega edi, xolos. Turkiston o’lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo’yicha yakkayu yagona harakat K. Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873 yilning oktyabr oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat qurish haqida ko’rsatma beradi. Markaziy arxivni to’rt bo’limga ajratish ko’zda tutilgan edi. Birinchi bo’limga Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari, ikkinchisiga – viloyat va shahar boshqarmalari, sud va Toshkent yarmarka kompleksining hujjatlarini, uchinchisiga – Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy okrug kengashi, okrugdagi barcha topografiya va harbiy qismlarning ishlari qabul qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik boshqarmalari, o’qchi brigadalari boshqarmasi, gospitallar va boshqa idoralarning hujjatlari yig’ilishi lozim edi. Markaziy arxivga yiliga 5 ming hujjat to’plash mo’ljallangan edi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent shahridagi va Sirdaryo viloyatidagi hujjatlarni to’plash nazarda tutilgan edi. Qolgan viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo e’tibordan chetda qolgan. Lekin, K. Kaufmanning rejasi amalga oshmadi. Shuning uchun ham mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi. Download 32.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling