1. Asosisy tushunchar Nerv faoliyatining biologik jihatlari
Download 1.27 Mb.
|
Maruza 1 Suniy intellekt va neyrotorli texnologiyalar asoslari va
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nerv faoliyatining biologik jihatlari
MA’RUZA 1. SUN’IY INTELLEKT VA NEYROTO’RLI TEXNOLOGIYALAR ASOSLARI VA UNI TADBIQ ETISH SOHALARI Reja: 1. Asosisy tushunchar 2. Nerv faoliyatining biologik jihatlari 3. Biologik neyronning tuzilishi va elementlari 4. Sun’iy intellktning qo’llanilish sohalari 1. Nerv faoliyatining biologik jihatlari Sun'iy intellektning (SI) tadbiqi bir qator shartlarni talab qiladi: kuchli kompyuter tizimlari (tezkor protsessorlar, yuqori sig’imli xotira qurilmalari), insonning kognitiv jarayonlarini taqlid qiluvchi mos algoritmlar (soddalashtirilgan bo'lsa ham) va mashinaga o'rganilayotgan hodisani tahlil qilish imkonini beruvchi ma’lumotlar va h.k.. Ko’p holatlarda SIning asosini mashinali o'rgatish (MO) usullari tashkil etadi. Amaliyotda, SI-ni sun’iy neyron to’rlari (SNN), shuningdek, neyron to’r usuli yoki oddiy neyron usuli deb ham ataladi. Boshqa bunday usullarga genetik algoritmlar, holatlarga asoslangan fikrlash, qoidalarga asoslangan tizimlar, noravshan (ing. til. fuzzy) modellar, ko'p agentli tizimlar, mustahkamlashni o'rgatish, gibrid tizimlar va boshqalar kiradi. SNN - bu mashinali o'rgatish usuli bo'lib, u biologik neyron tizimiga asoslangan bo’lib, inson miyasi, ma’lumotni ishlash va qayta ishlash usuliga taqlid qilishga (juda soddalashtirilgan tarzda) harakat qiladi. Inson miyasi qanday ishlashi haqida hali ko'p narsa noma'lum bo'lsa-da, miyaning taxminan 100 million neyronlari odamlarga oldingi tajribalarni tushunish, eslash, o'ylash va qo'llash imkonini beradi. Sun'iy neyron tabiiy neyronning ushbu asosiy funktsiyalarini simulyatsiya qiladi va shu bilan inson neyron tarmog'ining asosiy operatsiyalariga taqlid qiladi. SNN biologik neyronlarning ishlashidan ilhomlangan bo'lsa-da, ularning maqsadi biologik neyronlarning ishlash usulini to'g'ridan-to'g'ri takrorlash emas (bu mutlaqo mumkin emas), balki turli xil masalalarni yechishda SI algoritmlarini yaratish uchun biologik neyronlarning ishlashiga imitatsiya qilishga harakat qiladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling