1. Asosiy qism “O'qish darslarida ilmiy ommabop asarlarni


Download 60.1 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi60.1 Kb.
#1595288
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
14.O\'qish darslarida ilmiy ommabop asarlarni o\'tish usullari.

Ilmiy-ommabop maqolaning o`zi ham avvalo, matn hisoblanadi. Ammo, u janr sifatida maqoladir. Shu bilan birga, 1- sinf o`qish kitobida ilmiy-ommabop mavzudagi 10-15 misrali matnlar berilgan. Ularni ilmiy-ommabop maqola deyishdan ko`ra matn deb aytish ma’qul. Negaki, bunday matnlarda maqolaga xos mushohada, mulohaza yetakchi emas. Asosan, ma’lumot beriladi. 1-sinf o`qish kitobidagi “Amir Temur”, “Buyuk muallim”, “Shoh va shoir”, “Buyuk munajjim”, “G`azal mulkining sultoni” kabi matnlarda buyuk mutafakkirlar haqida dastlabki ilmiy ma’lumotlar beriladi, xolos. Zotan, ularni ilmiy-ommabop maqola emas, matn tarzida qo`lash maqsadga muvofiq, deb o`ylaymiz. 3-4-sinf o`qish kitoblarida esa kattaroq hajmdagi, ijtimoiy dolzarb mavzu to`g`risida mulohaza yuritilgan, yoki, tarixiy shaxslar, ajdodlarimiz to`g`risida kengroq ilmiy ma’lumot beriladigan matnlar kuzatiladi. Ular ilmiy-ommabop maqola janri xususiyatlarini ifoda etgani sababli, tushunchani aynan qo`llash o`rinli. Qolaversa, 1-sinf o`quvchilarning yosh xususiyatiga ko`ra ham bu tatbiq to`g`ri. Shu o`rinda atama haqida oydinlik kiritish maqsadga muvofiq. Nеgaki, uslubshunos olimlar tushunchani “ilmiy-ommabop asar”, “maqola”, “matn” tarzida qo`llaydilar. 1-2-sinf o`qish kitoblaridagi matnlarning aksariyati asar, yoxud, maqola janri talablariga mos kеlmaydi. Ularning ifoda uslubi ham anchayin sodda. Aniqrog`i, ko`proq rasmiy uslubga yaqin. Shunga ko`ra, “tabiat, kishilar mеhnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim bеrishga” qaratilgan barcha ijtimoiy-tarixiy mazmundagi 50-100 so`zdan iborat lavhalarni ilmiy-ommabop matn tarzida yaxlit o`rganish ma'qul, dеb hisoblaymiz. Xususan, 1-sinf o`qish kitobidagi ijtimoiy-tarixiy, ilmiy yoxud tabiat hodisalariga oid matnlarning aksariyati juda ixcham hamda sodda bayon uslubiga ega. Ularni maqola yoki asar tarzida ifodalash shunday publitsistik va adabiy hodisaga nisbatan aosli emas. Binobarin, bunday matnlarni kichkintoy o`quvchiga moslab tushuntirishda boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kasbiy va adabiy bilimlari ham muhim rol o`ynaydi. Demak, 1- sinf o`qish kitobidagi ijtimoiy mavzudagi, tarixiy shaxslar, mutafakkirlar hayotiga oid ixcham, 4-5 misradan 10-15 satrgacha bo`lgan ilmiy ma’lumotlarni ilmiy-ommabop matnlar tarzida; 2-3-4-sinf o`qish kitoblargidagi ijtimoiy-hayotiy masalalar, tarixiy shaxslar, hayotiy voqealar, buyuk mutafakkirlar haqidagi mulohazalarga to`yingan matnlarni ilmiy-ommabop maqola shaklida ishlatish mohiyatan o`rinli. Ammo, bu hodisa uslubshunoslar tomonidan deyarli o`rganilmagan. Xususan, boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida maqola zo`zi deyarli ishlatilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, matn tarzida qo`llanib kelayotir. Aslida magistrlik dissertatsiyamizdan ko`zlangan maqsad ham ana shu hodisaning alohida xususiyatini, tabiatini oydinlashtirishdan iborat.



Download 60.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling