1. Asosiy tushunchalar
Rezbalarning turlari va belgilanishi
Download 77 Kb.
|
Ajraladigan va ajralmaydigan birikma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dyuymli rezbalar.
- 3. Silindrik truba rezbalar
3. Rezbalarning turlari va belgilanishi.
1. Metrik rezbalar. Bunday rezbalardan texnikada ajraladigan birikmalar yasashda foydalaniladi. Rezbaning profili teng yonli uchburchak bo`lib, uchidagi burchagi 60 ga teng. Rezbaning profili o`lchamlari GOST 9150-81 da keltirilgan. Umumiy mashinasozlikda qo`llaniladigan metrik rezbaning diametri va qadami o`lchamlari GOST 8724-81 da keltirilgan. Metrik rezbaning Aniqlik darajasi va dopusklar maydoni GOST 16093-81 ga muvofiq olinadi. Rezbalar silindr va konussimon sirtlarda ochilgani uchun ularni silindrik yoki konussimon deyiladi. Chizmada silindrik rezbalar “M”, konussimon esa “KM” harflar bilan belgilanadi. Rezbaning belgisida, mayda qadamlar ko`rsatilib, yirik qadamlar esa ko`rsatilmaydi. Chapaqay rezbalar chizmada LH harfi bilan belgilanadi. Rezbalar belgisida, uning tashqi diametri, qadami, yo`nalishi va dopusklar maydoni beriladi. Masalan: tashqi diametri d q 30 mm bo`lgan rezbaning belgilanishi: 2. Dyuymli rezbalar. Bu rezbaning profili teng tomonli uchburchaklik bo`lib, uchidagi burchagi 55 ga teng (2-shakl). Chizmada rezbaning shartli belgisi dyuymda ko`rsatiladi, masalan, 1 1G`2 (bir dyuym 1 25,4 mm ga teng). Dyuymli rezbalar eski mashina detallarini qayta tiklashda ishlatiladi. Yangi mashina detallari faqat metrik rezbali qilib loyixalanadi. Dyuymli rezbalarning asosiy o`lchamlari NKTP 1260 ga muvofiq olinadi. 3. Silindrik truba rezbalar (GOST 6357-81). Bunday rezbalar, suv-gaz quvurlarida, ularni biriktiruvchi mufta, tirsak armaturalarda ishishlatiladi. Bu rezbaning profili teng tomonli uchburchaklik bo`lib, uchidagi burchagi 55 ga teng. Chiziqlarning uchi va o`yiqlarining tubi yumaloqlangan (2-shakl). rezbaning shartli belisiga: G harfi, rezbaning dyuymda ifodalangan o`lchami (dyuym ““ - belgisisiz); o`rta diametrining aniqlik klassi (A yoki V) va rezbaning uzunlik (agar nostandart bo`lsa) o`lchamlari kiradi. Chapaqay rezbalar uchun LH qo`shib yoziladi. Misollar: G 1 1G`2 - A; G1 1G`2 LH - A; G1 1G`2 - B - 25, bu yerda 25, - rezba uzunligi mm da, A,V – Aniqlik klasslari va 1 1G`2 - rezbaning tashqi diametri o`lchamlari (dyuymda). Silindrik truba rezba o`lchamining belgisi, chiqarish chizig`ining tokchasi ustiga 18 - jadvalda ko`rsatilganidek yoziladi. Rezbali birikmalarda o`tkazishlarni kasrli harflar bilan belgilanadi. Download 77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling