3. Yoritgichlarning temperaturalarini aniqlash usullari
Yoritgichning temperaturasi, uning tabiatini xarakterlovchi fizik parametr bo‘lib, buni aniqlash murakkab astrofizik masalalardan hisoblanadi. Sababi birinchidan, astroflomlar Yoritgichlar temperaturasini bevosita termometr bilan o‘lchash imkoniyatidan marhumliklaridan bo‘lsa, ikkinchidan, mavjud metodlarning murakkabligida hamda ayrimlari aniqlik darajasining pastligidadir. Temperaturani aniqlashning ayrim metodlari bilan tanishamiz.
1. Spektral chiziqlarning kengligiga ko‘ra temperaturani aniqlash. Ma'lumki, ixtiyoriy spektral chiziqda, bunday chiziqni vujudga keltiradigan atomlarning issiqlik harakati tufayli Dopplercha kengayish ro‘y beradi. Ma'lum momentda, nurfanuvchi bunday atomlarning bir qismi tartibsiz issiqlik harakati tufayli bizdan turli tezliklar bilan uzoqlashayotganda, qariyb Shuncha qismi bizga yaqinlashayotgan bo‘ladi. Natijada 8-rasmda tasvirlangan shakldagi simmetrik kengaygan spektral chiziq vujudga keladi va u mazkur spektral chiziqning profili deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |