1. Atom tuzilishi
Download 1.09 Mb.
|
Atom tuzilishi, davriy tizim va kimyoviy bog’lanish
Qutbsiz va qutbli kovalent bog’lanish. Agar ikki atomli molekula bir element atomlaridan tuzilgan bo’lsa (m-n molekulalari), umumiy elektron juftlari tomonidan hosil qilinuvchi va kovalent bog’lanishni vujudga keltiruvchi har bir elektron buluti fazoda ikkala atom yadrolariga nisbatan simmetrik taqsimlanadi. Bunday hollarda kovalent bog’lanish qutbsiz yoki gomepolyar bog’lanish deb ataladi.
Agar ikki atomli molekula har hil element atomlaridan tashkil bo’lgan bo’lsa, umumiy elektron buluti atomlaridan biri tomon siljigan bo’lib, zaryadning taqsimlanishida assimetriya vujudga keladi. Bunday hollardagi kovalent bog’lanish qutbli yoki geteropolyar bog’lanish deb ataladi. Ayni element atomining umumiy elektron juftini o’ziga tortish xususiyati to’g’risida baho berish uchun nisbiy elektromanfiylik qiymatidan foydalaniladi. Atomning elektromanfiyligi qanchalik katta bo’lsa umumiy elektron juftini o’ziga shunchalik kuchliroq tortadi. Boshqacha aytganda, ikki har hil element atomlari orasida kovalent bog’lanish hosil bo’lishida umumiy elektron buluti nisbatan elektromanfiylik yuqori atom tomon siljiydi va bu siljish o’zaro ta’sir etuvchi atomlarining elektromanfiylik bir – biridan qancha katta farq qilsa, shuncha darajada ko’p bo’ladi. Qutbli kovalent bog’lanishda umumiy elektron bulutining siljishi shunga olib keladi, elektromanfiyligi kattaroq bo’lgan atom yaqinida manfiy elektron zaryadining o’rtacha zichligi oshiqroq bo’lib, elektromanfiyligi kichik bo’lgan atom yaqinida kamroq bo’lib qoladi. Natijada birinchi atom ortiq manfiy zaryadga, ikkinchi atom esa ortiqcha musbat (atom) zaryadga ega bo’lib qoladi. Bu zaryadlarning atomning molekuladagi effektiv zaryadi deb ham atash qabul qilingan. Chunonchi vodorod xlorid molekulasida umumiy elektron jufti elektromanfiyroq bo’lgan xlor atomi tomon siljigan bo’lib, bu xlor atomida effektiv manfiy zaryad vujudga kelishiga olib keladi, vodorod atomida esa absolyut qiymati jihatdan teng bo’lgan effektiv musbat zaryadi paydo bo’ladi. Demak, HCl molekulasi qutbli molekula hisoblanadi. Bu molekulani bir-birini ma’lum masofada joylashgan ikki absolyut qiymati jihatdan teng, lekin qarama-qarshi ishorali zaryadlardan iborattizim deb qarash mumkin. Bunday tizimlar elektrik dipollar deb ataladi. Dipolning zaryadlar yig’indisi «0» ga teng bo’lsa ham, uni o’rab turgan fazoda elektr maydoni hosil bo’ladi. Donor – akseptor bog’lanish. Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog’lanishda ishtirok etmagan, xususiy taqsimlangan elektron juftlari bo’ladi. Ayrim atom va ionlarda yoki molekulalarni tashkil etuvchi atomlarda bo’sh orbitallar bo’ladi. Atomlarning kimyoviy bog’lanishida ishtirok etmagan xususiy elektron juftlari bilan bo’sh orbitalga ega bo’lgan atomlar orasida kimyoviy bog’lanish paydo bo’ladi. Bu bog’lanish kovalent bog’lanish kabi umumiy elektron juftalari hisobiga hosil bo’ladi. Ammo, umumiy elektron juft fаqat bitta atomga ta’luqli, bu atom “donor” (beruvchi) ikkinchi atom esa “akseptor” (qabul qilivchi) hisoblanadi. NH3 + H+ NH Bir atomning kimyoviy bog’lanishida ishtirok etmagan, ya’ni taqsimlanmagan ektron jufti va ikkinchi atomning bo’sh orbitali o’rtasida hosil bo’lgan bog’lanish donor – akseptor yoki koordinatsion bog’lanish deyiladi. Donor - akseptor bog’lanish quyidagi moddalarda kuzatiladi: CO, N2O, NO2, N2O5, NO3-, NH+4, va barcha koordinatsion birikmalarda. Ion bog’lanish. Ion bog’lanish elektrostatik nazariya asosida tushuntiriladi. Bu nazariyaga muvofiq atomning elektron berishi yoki elektron biriktirib olishi natijasida hosil bo’ladigan qarama-qarshi zaryadli ionlar elektrostatik kuchlar vositasida o’zaro tortishib ularning tashqi qavatida 8 ta (oktet) yoki 2 ta (dublet) elektroni bo’lgan barqaror tizim hosil bo’ladi. Ion bog’lanishli moddalar kristall holatda uchraydi, shuningdek, suvli eritmalarda ion bog’lanishli molekulalar o’rniga ularni tashkil etuvchi ionlar bo’ladi. Ion bog’lanish ionlararo o’zaro ta’sir natijasida hosil bo’ladi. Har qaysi ionni zaryadlangan shar deb qarash mumkin: shuning uchun ionning kuch maydoni fazoda hamma yo’nalishlar bo’yicha tekis tarqaladi, yaqin ion o’ziga qarama-qarshi zaryadli boshqa ionni har qanday yo’nalishda bir tekisda torta oladi. Demak, ion bog’lanish yo’naluvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, manfiy va musbat ion o’zaro birikkan bo’lsa ham, manfiy ion boshqa musbat ionlarni tortish hossasini yo’qotmaydi. Masalan, +1 zaryadli musbat ion ham yonida bitta manfiy ion bo’lishiga qaramay, yana boshqa manfiy ionlarni o’ziga tortaveradi. Demak, ion bog’lanish to’yinuvchanlik xususiyatiga ega emas. Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalariga ega bo’lmaganidan, har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda unga teskari zaryadli ionlar bo’ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiusining bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga bog’liq. Masalan, Na+ atrofida eng ko’pi bilan 6 ta xlor, Ag+ atrofida esa 8 ta Cl ioni joylasha oladi. Ion bog’lanish yo’naluvchanlik va to’yinuvchanlik xossalarini namoyon qilmasligi tufayli, bitta musbat va bitta manfiy iondan iborat ion bog’lanishli molekulalar odatdagi sharoitda yakka-yakka mavjud bo’la olmaydi, ular birlashib juda ko’p ionlardan tarkib topgan gigant molekula – kristallni hosil qiladi. Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling