1. Auditning maqsadi, vazifalari va ma’lumot manbalari Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditi
Download 136.5 Kb.
|
PUL MABLAG’LARI AUDITI
2. Kassa, kassa muomalalari va pul hujjatlari auditiKassani tekshirishni boshlaganda auditor quyidagilarni aniqlashi lozim: * tekshirilayotgan korxonada bitta yoki bir nechta kassir (yoki shunga vakolatli shaxslar) ishlashini; kassirning faqat tekshirilayotgan korxonada ishlashi yoki o’rindoshlik asosida boshqa korxonalarga ham xizmat ko’rsatishi; kassirning kassa muomalalarini yuritish qoidalari bilan tanishganligi; Kassani tekshirganda auditor quyidagi tartibga rioya qilishi lozim: kassani tekshirish, tekshirilayotgan korxona bosh buxgalteri va kassiri ishtirokida amalga oshiriladi, tekshirish paytida boshqa shaxslar qatnashishi mumkin emas; kassani tekshirish paytida barcha kassa muomalalari to’xtatiladi. Kassani tekshirish imkoni bo’lmay qolganda yoki bir nechta kassa bo’lganda ularning barchasi auditor tomonidan muhrlanib, kalitlar kassirda, muhr esa auditorda saqlanadi; kassadagi naqd pullar, qimmatli qog’ozlarni sanash auditor, kassir va bosh buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Pullar kassada taxtlangan (o’ramda) yoki tarqoq holda bo’lishdan qat’iy nazar, barchasi sanoqdan o’tkazilishi shart; sanash tugaganidan so’ng auditor tekshiruvda aniqlangan pul mablag’larining summasi haqida alohida (oraliq) dalolatnoma tuzadi (1ilova). turli shaxslarning tilxatlari, to’liq rasmiylashtirilmagan kassa chiqim orderlari, vedomostlar, schyotlar va boshqa shunga o’xshash hujjatlar kassadagi naqd pul qoldig’iga qo’shilmaydi va auditor tomonidan isbotlovchi kassa hujjati sifatida qabul qilinmaydi. Shuningdek, kassadan naqd pul berish bo’yicha kimga, kimning topshirigi bilan, qachon, qaysi maqsadlar uchun qancha summada pul berilganligi ko’rsatiladi va shubxali hujjatlar aniqlanganida ham shunday qilinadi; boshqa korxona, tashkilot va shaxslarning pullari hamda qiymatliklarini korxona kassasida saqlash man qilinganligi sababli, kassada saqlanayotgan barcha pul va boshqa qiymatliklar auditor tomonidan tekshirilayotgan korxonaga tegishli deb hisoblanishi lozim; auditor kassada oshiqcha chiqqan pul yoki kamomadni tekshirish dalolatnomasida ko’rsatadi va ayni paytda oshiqcha chiqish yoki kamomad sabablari haqida kassirdan yozma tushuntirish xati olish lozim. Auditor to’g’ri rasmiylashtirilgan kassa hujjatlarini kassirga hisobot tuzish va unda tekshiruv paytida bo’lgan qoldiqni ko’rsatish uchun beradi. Tekshiruv paytida kassada ish haqi to’liq tarqatilib ulgurmagan vedomostlar bor bo’lsa, auditor bosh buxgalter va kassirga vedomostlarni belgilangan tartibda hisobotga qo’shishni taklif etadi. Agarda kassani tekshirish, ish haqi tarqatish davriga to’g’ri kelib, ko’p xodimlarga ish haqi tarqatilmagan vedomostlar bo’lsa, bunday vedomostlar kassir hisobotiga qo’shilmasdan, dalolatnomada kassa hisobotiga kiritilmagan, qisman to’langan chiqim hujjatlari (to’lov vedomostlari) sifatida yozib qo’yilishi mumkin. Bu holda har bir to’lov vedomostida qaysi tartib raqami bo’yicha ish haqi berilganligi va uning jami summasi ko’rsatiladi. Ushbu yozuv kassir, bosh buxgalter va auditor imzolari bilan tasdiqlanadi. Shuningdek, kassani tekshirishda kassada saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar va boshqalar), YoMM talonlari, qat’iy hisobot blankalari, sanatoriya va dam olish uylari yo’llanmalari, aviachiptalar va boshqa qimmatli qog’ozlar ham tekshirilib, ularning mavjudligi dalolatnomada ko’rsatiladi. Auditor kassadagi pul mablag’larini tekshirish bilan birga ayni paytda seyflar (o’tda yonmaydigan shkaflar), kassaning jihozlanishi, ish kunining oxirida kassa eshiklari va seyflar (shkaflar) muhrlanishi, signalizatsiya o’rnatilganligi va uning ishlashi, kassani qo’riqlashning tashkil etilishi, kassir «olindi», «to’landi» degan shtamplar bilan ta’minlanganligi ham tekshiriladi. Butun tekshirilayotgan davrga tegishli barcha kassa hujjatlari yoppasiga tekshirilishi shart. Auditor bankdagi hisob-kitob schyotidan olingan pullarni to’liq va o’z vaqtida kirim qilinganligini tekshirishda muomalalarni o’zaro taqqoslash usulini qo’llaydi. Bunda № 1-jurnal orderining vedomost tomonida 5010–«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyotining debeti bo’yicha aks ettirilgan summalarni №2-jurnal orderda aks ettirilgan. 5110–«Hisob-kitob schyoti»ning kredit oborotlari bilan solishtiriladi ular bir-biriga to’g’ri kelishi shart. To’g’ri kelmaslik hollari uchraganda summalar kassa kirim orderlari, bank ko’chirmalari, kassir hisobotlari, cheklar koreshoklari bilan solishtiriladi, zarur hollarda esa bevosita bank muassasasida tekshiriladi. Agar bank ko’chirmalarida o’chirilgan, to’g’rilangan, shuningdek, qoldiqlar to’g’ri kelmasa, bankdagi hisob-kitob schyotidan ishonchli ko’chirmani olish zarur. Kassa muomalalarini tekshirishda kassa hisobotiga ilova qilingan hujjatlarning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: KO-3 yoki KO-3a shakl. «Kirim va chiqim kassa hujjatlarini ro’yxatga olish jurnali», ordersiz rasmiylashtiriladigan pul kirimi hujjatlari, KO-4 shakl «Kassa daftari», KO-5 shakl «Kassir tomonidan qabul qilingan va berilgan pullarni hisobga olish daftari», 5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari», 5020-«Xorijiy valyutadagi pul mablag’lari», 5520-«Chek daftarchalari», 5610-«Pul ekvivalentlari», 5710- «Yo’ldagi pul mablag’lari» va 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari yuritiladigan hisob registrlari (Jurnal-orderlar, vedomostlar, daftarlar, Bosh daftar, tegishli sanaga tuzilgan balanslar va boshqalar). Bunda kassa hujjatlarini rasmiylashtirishga ham e’tibor berish zarur, xususan har bir hujjatda oluvchilar imzosi borligi; kirim hujjatlariga «olindi» degan, chiqim hujjatlariga esa «to’landi» degan shtamplar bosilganligi hamda ularning sanasi ko’rsatilganligi, shuningdek, ularda o’chirilgan va tuzatilgan izlar yo’qligi aniqlanishi lozim. Amaliyotda kassaga doir suiste’mol qilishlar asosan ish haqi va hisobdor summalar bo’yicha ko’p uchraydi. Bunda vedomostlarga «o’lik jonlar»ni kiritish, berilishi lozim bo’lgan jami summani oshirib ko’rsatish, kassa hisobotiga qayta qo’shish maqsadida chiqim hujjatlarini oldingi kassa hisobotlaridan chiqarib olib, sanasini o’zgartirish va tuzilayotgan kassa hisobotiga kiritib, undagi summani ikkinchi marta hisobdan chiqarish hollari ham uchraydi. Auditor bulardan tashqari kassa muomalalarini tekshirish jarayonida quyidagilarga ham alohida e’tibor berishi lozim: tekshirilayotgan kassaning korxonada har chorakda to’satdan tekshirilishi; kassirning kassa hisobotlarini o’z vaqtida topshirishi; kassa hisobotlarida va kassa daftarida hisobotlarni hamda unga ilova qilingan hujjatlarni tekshirishga qabul qilinganligi to’g’risida bosh buxgalter yoki muovinining imzosi borligi; ish haqi berish, xizmat safari va xo’jalik sarflariga va boshqa maqsadlar uchun bankdan olingan pullarning maqsadga muvofiq ishlatilishi; kassa qoldiqlarining tekshirilayotgan korxona uchun bank tomonidan belgilangan limitga to’g’ri kelishi; berilmagan ish haqi summalari va realizatsiyadan tushgan nakd pul daromadlarining bankka o’z vaqtida topshirilishi; naqd pullarni begona shaxslarga ishonchnomasiz berish hollari va shunga o’xshashlar; to’lg’azilmagan cheklarga rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzo qo’yilishi va cheklarni kassirga bankdan pul olish chog’ida mustaqil to’ldirish uchun berish hollari; chek daftarchasi bosh buxgalter seyfida saqlanishi o’rniga amaldagi tartibni buzib, kassirga berib qo’yilganligi; korxonada «Kassa kirim va chiqim hujjatlarini qayd qilish daftari» (KO-3 shakl) va «Kassa daftari» (KO-4 shakl)ning mavjudligi, daftarlarning barcha varaqlari raqamlanib, oxirgi betida varaqlar soni ko’rsatilganligi, ip o’tkazib boglanganligi hamda rahbar va bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanib muhrlanganligi; kassa orderlari va boshqa pul hujjatlarida tegishli mansabdor shaxslar va pul oluvchilar imzolarining mavjudligi va ularning haqiqiyligi; kassa hujjatlariga maxsus shtamp bosilishi; pul mablag’lari, xarajatlar va boshqa balans schyotlariga olib borilib hisobot taqdim etilmaydigan muomalalarning qonuniyligi; kassa muomalalariga oid schyotlar boglanishlari (korrespondentsiyalari) ning to’g’riligi; to’lanmagan summalarning o’z vaqtida deponentga o’tkazilishi va h. k. Auditor bunday faktlar mavjud bo’lganda bu muomalalarning sababini, ular kimnning farmoyishi bilan amalga oshirilganligi va buning orqasida suiste’mol qilish berkitilmaganligini ham aniqlashi lozim. Kassa hujjatlarini tekshirish ayni paytda kassa va moliya intizomini tekshirish bo’lib ham hisoblanadi. Download 136.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling