1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning turlari


Download 127.5 Kb.
bet7/7
Sana15.06.2023
Hajmi127.5 Kb.
#1478826
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Auditorlik dalillar

Muqobil balans tuzish – auditorlik ishining muhim elementidir. U auditni boshlashdan oldin sintetik va analitik hisob registrlarining yoki bosh daftarning ma’lumotlari bo’yicha tuziladi. Natijada, auditor tasdiqlanishi lozim bo’lgan balansga o’xshash, yangi balansga ega bo’ladi. Agar rasmiy va muqobil balanslar o’rtasida tafovutlar vujudga kelsa, bu tofovutlar mijoz-korxona hisobotida bosh buxgalterning ataylab qilgan chalkashliklarini bildiradi.
Bayon qilinganlarni umumlashtirish asosida ta’kidlash zarurki, auditorlik tekshiruvlarining samaradorligi ma’-lum darajada auditorlik dalillarni to’plashda qo’llaniladigan usullarni qanday mahorat bilan qo’llashga ham bog’liq.
uditorlik dalillarni to‘plash uchun zarur bo‘lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko‘rsatiladi.
Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to‘plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir.
Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo‘lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi.
Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to‘g‘risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.
Axborot – xo‘jalik faoliyatidagi faktlar to‘g‘risidagi xabarlar to‘plamidir.
Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko‘rsatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subekt.
Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan huquqiy yoki jismoniy shaxslardir.
Тahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o‘z fikrini shakllantirishi.
Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subektlar buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida auditorning mustaqil bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to‘g‘risidagi asosli fikr bildirishga imkon beradigan dalillarni to‘plashi zarur.
Ishonchlilik – moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi.
Adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni - Toshkent 1996 y. 30 avgust.

  2. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (O’zR 13.12.2002 y. 447-II-son Qonuni, O’zR 04.04.2006 y. O’RQ-28-son Qonuni, O’zR 10.10.2006 y. O’RQ-59-son Qonuni, O’zR 17.09.2007 y. O’RQ-110-son Qonuni, O’zR 09.09.2009 y. O’RQ-216-son Qonuni asosidagi o’zgartirishlar bilan)

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» Nizom.

  4. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.-T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. 2003.-612 s.

  5. Audit. Darslik 1-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  6. Audit. Darslik 2-jild. M.M.Tulajodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq.-T.: NORMA.-2008.-320 b.

  7. Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов,

Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б.

  1. Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай,

А.Хошимова, Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с.

  1. Аудит: учебник для студентов вузов, обучающихся по экономическим специальностям / под ред. В.И Подольского. М.: – “ ЮНИТИ – ДАНА”, – 2009 г. – 744 стр.

  2. Жминько С. Внутренний аудит. – Ростов н/Д: “Феникс ”, 2008 г. –316 стр.

  3. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр. 12. Суйц В. Аудит. Учебное пособие. – М.: “КНОРУС ”, 2010 г. – 168 стр.

Download 127.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling