1. Auditorlik dalillar tushunchasi va dalillarga qo‘yiladigan talablar


-rasm. Tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisidagi moliyaviy axborotni taqqoslash tahliliy tartib-taomillari


Download 312 Kb.
bet4/8
Sana12.02.2023
Hajmi312 Kb.
#1190488
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi oxiri

1-rasm. Tadbirkorlik subyektining faoliyati toʻgʻrisidagi moliyaviy axborotni taqqoslash tahliliy tartib-taomillari4
Tahliliy tartib-taomillarni bajarish uchun turli usullar qoʻllanilishi mumkin. Ushbu usullar oddiy taqqoslashlardan boshlab murakkab statistik usullar yordamida kompleks tahlilgacha boʻlishi mumkin. Tahliliy tartib-taomillar konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotga, moliyaviy axborotning tarkibiy qismlari va ayrim elementlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Taqdimnomalar darajasida mohiyati boʻyicha tekshirish tahliliy tartib-taomillari mufassal testlar, mohiyati boʻyicha tekshirish tahliliy tartib-taomillariga yoki ularning birikmasiga asoslanishi mumkin. Qaysi auditorlik tartib-taomillaridan foydalanilishi toʻgʻrisida qaror, shu jumladan mohiyati boʻyicha tekshirish tahliliy tartib-taomillaridan foydalanish toʻgʻrisida qaror auditorning mavjud auditorlik tartib-taomillarining taqdimnomalar darajasidagi auditorlik riskini maqbul darajagacha pasaytirish borasida kutilayotgan samaradorligi va natijadorligi xususidagi mulohazasiga asoslanadi.
Auditor tahliliy tartib-taomillarni qoʻllash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning mavjudligi va ishonchliligi toʻgʻrisida hamda tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻtkazilgan bunday tahliliy tartib-taomillardan istalgan birining natijalari toʻgʻrisida soʻrov bilan tadbirkorlik subyektining rahbariyatiga murojaat etishi mumkin. Tadbirkorlik subyektining rahbariyati tomonidan tayyorlangan tahliliy tartib-taomillardan foydalanish mazkur maʼlumotlar tegishli tarzda tayyorlanganiga auditorning ishonchi komil boʻlgan holdagina samarali boʻlishi mumkin.
Mohiyati boʻyicha tekshirish tahliliy tartib-taomillari, qoida tariqasida, taxmin qilish mumkin boʻlgan yirik hajmdagi operatsiyalar uchun maqbulroqdir. Rejalashtirilgan tahliliy tartib-taomillarni qoʻllash maʼlumotlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar mavjud va bundan buyon ham, agar buning aksini koʻrsatuvchi maʼlum sharoitlar boʻlmasa, mavjud boʻladi, degan taxminga asoslanadi. Biroq, muayyan tahliliy tartib-taomilning maqbulligi oʻz-oʻzicha yoki boshqa buzib koʻrsatishlar bilan birga moliyaviy hisobot muhim buzib koʻrsatilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan buzib koʻrsatishlarni aniqlashda mazkur tahliliy tartib-taomilning samaradorligi darajasiga auditor tomonidan berilgan bahoga bogʻliq boʻladi.
Ham moliyaviy, ham nomoliyaviy xususiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarning mavjudligi. Masalan, auditor mohiyati boʻyicha tekshirish tahliliy tartib-taomillarini ishlab chiqish uchun byudjetlar va prognozlar singari moliyaviy axborot, shuningdek ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulot miqdori singari nomoliyaviy maʼlumotlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi mumkin.
Auditor tomonidan belgilangan, bundan keyin tekshirmasdan qabul qilinishi mumkin boʻlgan taxmindan ogʻish summasi muhimlik darajasiga va buzib koʻrsatish oʻz-oʻzicha yoki boshqa buzib koʻrsatishlar bilan birga moliyaviy hisobotlarning muhim buzib koʻrsatilishiga olib kelishi mumkinligini eʼtiborga olganda, mazkur summa ishonchlilikning maqbul darajasiga qanchalik mos kelishiga bogʻliq boʻladi. AXS 330 auditordan audit riski qancha yuqori boʻlsa, shuncha ishonchli auditorlik dalillarini olishni talab qiladi. Binobarin, baholangan risk kupayishiga qarab, oʻrganishsiz maqbul deb hisoblanishi mumkin boʻlgan mumkin boʻlgan ogʻish summasi kamayadi va dalillar ishonchliligining maqbul darajasiga erishish imkonini beradi.
Tahliliy tartib-taomillarning natijalari asosida chiqarilgan xulosalar moliyaviy hisobotning ayrim tarkibiy qismlari yoki elementlari auditi jarayonida chiqarilgan xulosalarni tasdiqlash uchun moʻljallangan. Bu auditorga auditorlik fikri uchun asos qilib olish mumkin boʻlgan asosli xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Bunday tahliliy tartib-taomillarning natijalari ilgari eʼtirof etilmagan muhim buzib koʻrsatishlar riskini aniqlashi mumkin. Bunday hollarda AXS 315 auditor muhim buzib koʻrsatishlar riskiga berilgan bahoni qayta koʻrishini va rejalashtirilgan auditorlik tartib-taomillariga tegishli oʻzgartirishlar kiritishini talab qiladi.
Tahliliy tartib-taomillar riskni baholash tartib-taomillari sifatida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan tahliliy tartib-taomillarga oʻxshash boʻlishi mumkin.
Tadbirkorlik subyekti rahbariyatining javoblariga tegishli boʻlgan auditorlik dalili tadbirkorlik subyekti va uning muhitini bilishni hisobga olgan holda bunday javoblarni baholash yoʻli bilan, shuningdek audit jarayonida olingan boshqa auditorlik dalillari bilan birga olinishi mumkin.
Auditorlik dalillarini bajarish zaruriyati, masalan, tadbirkorlik subyekti rahbariyati tushuntirish berolmagan yoki tushuntirish tadbirkorlik subyekti rahbariyatining javobi munosabati bilan olingan auditorlik dalili bilan birga mos emas deb baholangan holda yuzaga kelishi mumkin.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling