1. Avtogen eritish jarayonlari Sulfidli mis boyitmasini kislorodli-mash’alli pechda eritish va ularni tayyorlash
-rasm. Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi
Download 470.14 Kb.
|
Avtogen Jarayonlar Tavsifi Mustaqil Ish
3.1-rasm. Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi:
1–eritish pechi; 2–gaz sovutkich qozon; 3–yirik changni ushlab qoluvchi inersion maxsus qurilma; 4–elektrsuzgichlar; 5–xomashyoni quritishga mo‘ljallangan quvur-quritkich; 6–gaz yordamida isitkich o‘choq; 7–siklonlar; 8–havo purkagich-ventilator; 9–quritilmagan xomashyo saqlanadigan xampalar (bunker); 10–qirg‘ichli konveyerlar; 11–quritilgan xomashyo saqlanadigan pech xampalari. Olmaliq mis zavodida vertikal quritish quvurlari ishlatiladi, hammasi bo‘lib 2 quvur o‘rnatilgan. Quritish jarayonining ishlash talabi quyidagicha: quvurning past tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30–40 m/s). Issiq gazning oqimiga nam (7–8 % H2O) bo‘lgan xomashyo yuklanadi. Xomashyo moddalari uchib turgan muallaq holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa quvurning yuqori qismiga uchib, chang ushlash tizimlariga yuboriladi.
Quritish quvurlarining afzalliklari, avvalo, yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va ishonchliligi, o‘rta quritish imkoniyati borligidan iborat. Bir soatda 60–80 t xomashyoni quritish imkoniga ega. Quvurlarni oqilona ishlatish shartlaridan biri bir me’yorda moddalarni yuklashdir. Quvurning ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi havoni o‘rniga, pechga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu jarayon yonilg‘ining sarfini kamaytirishga yordam beradi, gazlar 60–700C issiqlikka ega bo‘lib, ularning tarkibida 15–17 % sof kislorod bo‘lishi mumkin. Download 470.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling