1. Avtotransformatorlarning ishlash prinsipi. Avtotransformatorlar va transformatorlarning farqi


Download 91.24 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi91.24 Kb.
#1505344
Bog'liq
66-mavzu chala

Avtotransformatorlar

Reja:
1. Avtotransformatorlarning ishlash prinsipi.


2. Avtotransformatorlar va transformatorlarning farqi.
Avtotransformator – bu shunday transformatorki, unda chulg‘amlar orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektrik bog‘lanish ham mavjud. Oddiy transformatorning chulg‘amlarini avtotransformator sxemasi bo‘yicha yig‘ish mumkin. Buning uchun Ax klemmalarni (3.2,a-rasm) birlamchi tarmoqqa ulab, ax klemmalari esa yuklanish Zyuk klemmalariga ulansa, pasaytiruvchi transfor­mator hosil bo‘ladi. Agar ax chiqish klemmalarini birlamchi tarmoqqa ulansa va Ax klemmalariga Zyuk ulansa, kuchaytiruvchi transformator hosil bo‘ladi.

3.2-rasm. Bir fazali pasaytiruvchi avtotransformatorning elektromagnit (a) va prinsipial (b) sxemalari
Pasaytiruvchi transformator ishlashini batafsil ko‘raylik. Chulg‘am wax bir vaqtning o‘zida birlamchi va ikkilamchi chulg‘am­larning tarkibiy qismlaridir. Bu chulg‘amdan I12 toki oqadi. Nuqta a uchun toklar tenglamasini yozamiz
, (3.5)
yoki  , (3.6)
ya’ni, wax o‘ramdan I2 va I1 toklarning algebraik yig‘indisiga teng bo‘lgan I12 toki oqadi. Agan avtotransformator transformatsiyalash koeffitsienti kA=wAx/wax, birga yaqin bo‘lsa, u holda I1 i I2 bir-biridan farqi kam bo‘ladi, ular algebraik yig‘indisi esa juda kichik qiymat hisoblanadi. Bu vaziyat wax o‘ramlarni kichik kesim yuzasiga ega bo‘lgan simdan yasash imkonini beradi. Birlamchi chulg‘amdan ikkilamchi chulg‘amga uzatilayotgan avtotrans­for­matorning uzatish quvvati Suzat=U2I2 tushunchasini kiritamiz.
Download 91.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling