1. axborot tizimlarining asosiy vazifasi
Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi
Download 1.13 Mb.
|
1. axborot tizimlarining asosiy vazifasi-fayllar.org
Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Har bir bunday obyekt o‘zgaruvchan muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan munosabatlarda bo‘ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil topadi. Ma’ruzada bundan keyin, hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy maqomidan qat’iy nazar, istalgan obyekt tashkilot deb yuritiladi. Tashkilot — bu yon-atrofdan zahiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Barcha tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, shuningdek ko‘plab individual o‘ziga xosliklar mavjud. Tashkilotning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarishlar yuz beradi. Bu o‘zgarishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, tashkilot va muhit o‘rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo‘lishi mumkin, shu tufayli tashkilot bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o‘zgarishlar boshqarish zaruriyatini 28 yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatadi. Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish muayyan bir tashkilotning o‘ziga xos faoliyatiga bog‘liq holda maqsadlarni barqarorlashtirish, sifat belgilarini, muhit bilan iqtisodiy muvozanatni saqlash, takomillashtirish va samaradorlikka erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan jarayondir. Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun tashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida boshqariladigan jarayon (boshqarish obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv organi)ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning yig‘indisi Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling