1. axborot tizimlarining asosiy vazifasi


Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi


Download 493.07 Kb.
bet3/120
Sana04.02.2023
Hajmi493.07 Kb.
#1163415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
ASSI

 
Iqtisodiy obyekt tizim sifatida, boshqarish tizimi 
Ishlab chiqarish va iqtisodiy obyektlarning mavjudligi jamiyatning u yoki 
bu ehtiyojlarini qondirish bilan belgilanadi. Har bir bunday obyekt o‘zgaruvchan 
muhit (davlat boshqaruv organlari, boshqa obyektlar) bilan muayyan 
munosabatlarda bo‘ladi va o‘zaro ta’sirning mavjudligini hamda o‘z 
vazifasining bajarilishini ta’minlaydigan ko‘plab turli elementlardan tashkil 
topadi. 
Ma’ruzada bundan keyin, hajm, mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy 
maqomidan qat’iy nazar, istalgan obyekt 
tashkilot 
deb yuritiladi. 
Tashkilot — bu yon-atrofdan zahiralar oladigan va ularni o‘z faoliyati 
mahsulotlariga aylantiradigan barqaror rasmiy ijtimoiy tuzilmadir. Barcha 
tashkilotlarda bir qator umumiy xususiyatlar, shuningdek ko‘plab individual 
o‘ziga xosliklar mavjud. 
Tashkilotning muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida turli xil o‘zgarishlar yuz 
beradi. Bu o‘zgarishlar bir-biriga o‘ta qarama-qarshi ikki shaklga ega bo‘lishi 
mumkin. Bular: degradatsiya (tashkilotning murakkablashuvi, axborotning 
jamlanishi), ya’ni tashkilotning yemirilishi hamda rivojlanishi. Bundan tashqari, 
tashkilot va muhit o‘rtasida vaqtinchalik muvozanat ham bo‘lishi mumkin, shu 
tufayli tashkilot bir qancha muddat o‘zgarmay qoladi yoki faqat teskari 
o‘zgarishlarga uchraydi. Tashkilotda bu o‘zgarishlar boshqarish zaruriyatini 

28 
yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir 


ko‘rsatadi. 
Boshqarish — bu o‘ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga 
yo‘naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat 
kurashida omon qolish, ko‘proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va 
hokazolardir. 
Boshqarish 
muayyan bir tashkilotning o‘ziga xos faoliyatiga bog‘liq holda 
maqsadlarni barqarorlashtirish, sifat belgilarini, muhit bilan iqtisodiy 
muvozanatni 
saqlash, 
takomillashtirish 
va 
samaradorlikka 
erishishni 
ta’minlashga yo‘naltirilgan jarayondir. 
Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun 
tashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida 
boshqariladigan jarayon (boshqarish obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv 
organi)ni ajratib ko‘rsatish mumkin. Ularning yig‘indisi 

Download 493.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling