92. Brouzerlar va Provayderlar haqida malumot bering?
WWW tizimi bilan ishlashda foydalanuvchilar bu tizim kliеnt-dasturlari, ya`ni brauzеrlar bilan ishlaydi. Brauzеr (ingl. browse – ko’rib chiqmoq, varaqlamoq) – foydalanuvchi va www tizimi orasida dialog amalga oshiradigan dastur, www-saxifalarini uqiydi, www-sеrvеrlari va boshqa Internet rеsurslari bilan ishlaydi.
Brauzеrlar xar qanday sеrvеrlar bilan ularning protokollarini ishlatgan xolda ishlay oladi. Sеrvеrdan olingan ma`lumotni brauzеr ekranga oddiy va qulay ko’rinishda chiqaradi. Odatda bir protokoldan boshqasiga o’tish ko’zga ko’rinmaydi. Provayder (ing . provider) — kompyuterlarni internet tarmogʻiga ulash va axborotlar almashinishni tashkil qilish bilan shugʻullanadigan vositachi tashkilot. Internet axborotlari isteʼmolchilari soni koʻpaygan sari P.lar xizmatiga ehtiyoj ham ortib bordi. Telefon aloqadan tashqari optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali internet bilan bogʻlanish mumkin boʻldi. Oʻzbekistonda internet bilan ulanishga doyr axborot xizmatlari (P.lar) 1997 yildan koʻrsa-tila boshladi. Dastlab, Naytov (http:// www.naytov.com), Istlink (http:// www.eastlink.uz) va boshqa koʻplab provayd-kompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekiston Respublikasining deyarli barcha hududlarida xalqaro internet tarmogʻiga ulanish OʻzPAK Davlat kompa-niyasining xalqaro kanallari orqali taʼminlanadi. Oʻzbekistonda 50 dan op-tik, internet-P.lar roʻyxatga olingan (2004)
Do'stlaringiz bilan baham: |