1. Axborot,ma`lumotga nisbatan kuch,biznes va bilim sifatida qarash.?


Axborot oqimi va axborot madaniyatining shakllanish tеndеnцiyalari??


Download 423.84 Kb.
bet11/19
Sana18.06.2023
Hajmi423.84 Kb.
#1573345
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
2.Media savodxo-WPS Office

34.Axborot oqimi va axborot madaniyatining shakllanish tеndеnцiyalari??
35.Mеdialarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati. Har bir millat o’z qadriyatiga ega. Binobarin, uning har bir mamlakat, har bir xalqning bu imkoniyatlardan qay darajada foydalanishi - demokratik jamiyatni barpo etishda muhim o’rin egallaydi. Hozirgi davrda qadriyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ham ana shundadir. Mustaqillikdan keyin milliy qadriyatlarning demokratik jamiyat qurishdagi o’rnini aniqlash borasida jiddiy ilmiy izlanishlar ham, amaliyot bilan bog’liq muammolar ham davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Negaki, biron-bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbollarini tasavvur eta olmaydi. Ayniqsa, bizning sharqda xalqning ming yillik milliy qadriyatlari uning uchun qudratli ma'naviyat manbai bo’lib xizmat qilgan. Xalqimizning yaqin o’tmishidagi uzoq vaqt davom etgan kuchli mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o’ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’lganligi sababi ham ruhida, qalbida doimiy ravishda umumbashariy qadriyatlarga sodiq bo’lganligidir. «Biz, deb ta'kidlaydi I.A.Karimov, - ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»( Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. O’tmishdagi barcha narsalar ham milliy qadriyat hisoblanavermaydi. Uning milliy qadriyatga aylanishi uchun o’zini ko’rsata olishi shart. Demak, biz demokratik jamiyat qurishda o’tmishimizdagi barcha narsalarimizni to’laligicha ololmaymiz. Negaki u hamma uchun ibratli emas.
Shu o’rinda Prezident I.A.Karimovning quyidagi fikrlari o’ta muhim ahamiyat kasb etadi «… o’tmish qadriyatlariga, an'analariga va turmush tarziga betartib ravishda, orqa-ketini o’ylamay qaytish boshqa bir keskinlikka - hozirgi davrni qabul qilmaslikka, jamiyatni yangilash zaruriyatini inkor etishga olib kelishi mumkin». Ayni shu inkor etish onlarida ekstremistik ruhdagi muxolifatning vujudga kelish xavfi tug’ildi. U aslini olganda, ma'naviyatga qarshi muxolifat bo’lishi mumkin edi(Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. –T.: «O’zbekiston», 1998, 126-b.). Ba'zan shunday ham bo’ladi.
O’zbekistonda demokratik jamiyat qurishda milliy qadriyatlardan tashqari diniy qadriyatlarimizga ham alohida o’rin berilayotganligi tasodifiy hol emas. Chunki milliy va diniy qadriyat o’rtasida qat'iy chegara yo’q. Ular doimiy ravishda o’zaro bog’liq holda namoyon bo’ladi, bir-biri bilan muloqotda, birgalikda mavjud bo’ladi. Milliy va diniy qadriyatlar mutelikdan, fikr qaramligidan qutulish, milliy o’zlikni anglashga xizmat qilishi bilan ular jamiyatda demokratik umumbashariy tamoyillarning qaror topishiga zamin yaratadi.
Demokratik qadriyatlarning muayyan sharoitlarda mahalliy, milliy, mintaqaviy va umuminsoniy shakllardanamoyon bo’ladi. Binobarin, har bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi.

Download 423.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling