1. Aylanma pech tuzilishi va ishlashi
Download 21.06 Kb.
|
Reja 1. Aylanma pech tuzilishi va ishlashi 2. Pech tanasi, bandajlar va tayanch roliklar, gidravlik tirgaklar. 3. Aylanma pechlarning yuritmalari. 4.Foydalanilgan adabiyotlar Aylanma pechlar qurilish materiallaridan tsement, ohak, keramunt yetishtirishda keng qo’llaniladi. TSement sanoatida aylanma pechlar asosiy texnologik agregatlardan bo’lib, qariyb 100 yildan beri ishlatilib kelinadi. Sababi ularning deyarli soddaligi, yuqori unumdorligi, samaradorligi, uzluksiz ishlashi va boshqalar. Aylanma pech umumiy qaraganda, ichi issiqqa chidamli g’ishtdan qoplangan uzun quvur. Tayanch roliklarga ufqqa qiya qilib (3+4%) joylashtirilgani va aylanishi natijasida,uning ichiga solingan hom-ashyo yuqori uchidan pastki uchiga qarab xarakat qiladi pech ichida yoqilg’i yondirish natijasida olingan yuqori xarorat (1000-15000 S) tasirida hom-ashyoda fizik-ximik o’zgarishlar vujudga keladi va maqsadlixossalarga ega bo’lgan tayyor maxsulot pechdan tushiriladi. (Masalan, tsement yetishtirishda pechdan klinker tushiriladi). TSement sanoatida ho’l usulda ishlaydigan aylanma pechlarda barcha termoximik jarayonlar boshidan oxirigacha pech ichida amalga oshiriladi. SHuning uchun bu pechlarda quyidagi texnologik zonalar mavjud: quritish, isitish (degidratatsiya), dekarbonizatsiya, pishish va dastlab sovitish. Quritish va isitish zonalarida turli issiqlik almashtirgichlar o’rnatiladi: zanjirlar filtr isitgichlar, yakka tartibda o’rnatiladigan issiqlik almashtirgichlar va xakazo. Aylanma pech turini va o’lchamini belgilovchi asosiy ko’rsatkichlar bu tanasining ichki diametri (D) va uzunligi (L). Bu ko’rsatkichlarning ko’paytmasiaylanma pechlarning markasini belgilaydi, masalan: Ø 3,6 x 150 m; Ø4 x 150m; Ø 4,5 x 170m; Ø 5 x 185 m; Ø 7x230 m va xokazo. Muxandis-mexaniklar aylanma pechlarning quyidagi asosiy ko’rsatkichlarni xisoblashni va aniqlashni o’zgartirishlari kerak: - transportlovchi vosita sifatidagi unumdorligini; - yuritma quvvatini; - turli qismlarning mustaxkamligini (bu aloxida uslubiy ko’rsatmalarda keltirilgan). Ushbu uslubiy ko’rsatmalar ho’l usulda ishlaydigan aylanma pechlarning unumdorligi va eritma quvvatini xisoblashga mo’ljallangan, chunki eritma quvvatini xisoblashdagi barcha yuklanmalar bu pechlarda to’liq aksini topgan (zanjirlar, issiqlik almashtirgichlar mavjudligi), SHu bilan birga, quruq usulda ishlaydigan pechlarni xisoblashda ham (yuqoridagilar pech ichida yo’qligini ko’zda tutgan holda) qo’llash mumkin. Xisoblarni barcha talabalar shaxsiy topshiriq asosida bajarishadi va bu jarayonda “DVK-2M” EXM – foydalanish ko’zda tutilgan Pech tanasi aloxida obechaykalardan tashkil topgan. Ular bir-birlari bilan elektrosvarka yordamida uzluksiz quvursimon qurilmaga aylantiriladi. Pech tanasining obechaykalari oddiy bandaj osti va rekuperator osti turlarga bo’linadi. Obechaykalar qalinligi 45-110 mm bo’lgan varaqli M 16S (GOST 6713-73) po’latdan tayyorlangan bo’lib, bu po’lat tarkibida quyidagi elementlar bor. S=0,12-0,2% Mn = 0,4-0,7% Si =0,12-0,25 %, S =0,04 % P =0,04 % Pech tanasini yuqori xaroratdan muxofazalash xamda issiqligi tashqari muxitga chiqishini kamaytirish maqsadida, ichkaridan issiq bardosh g’ishtlar bilan futerovka qilinadi. Bu maqsadda shoshotli, ko’p shoshotli, magnezit, xronmagnezit va tishli o’tbardosh materiallar qo’llaniladi. Pishirish zonasida pech tanasi tashqi yuzasining xarorati 300-4000 S darajagacha, yuklash uchida 30-600 S, vog’ bo’shatish ichida 2000 S gacha bo’ladi. Isitish natijasida pechning diametri va uzunligi ortadi va bandajlarning tayanch roliklariga nisbatan xolati o’zgarishi mumkin. Bandajlar pech tanasini tayanch roliklarga o’rnatish uchun xizmat qiladilar. Ular butuniga quyma yoki 2-3 qismdan iborat qilib tayyorlanadi. Bandajlar 2 turga bo’linadi: 1. Tanaga bo’sh o’tkaziladigan; 2. Tana bilan uzluksiz qilib payvandlanadigan. Aylanma pechlarning yuritmalari. Aylanma pechlarni aylantirish uchun asosiy bir tomonlama va ikki tomonlama elektromotorli yuritmalar qo’llaniladi. Bir tomonlama yuritgan elektromotor 6, reduktor 5, kichik tishli g’ildirak 3 va katta toj tishli g’ildirak 4 iborat Aylanish soni elektromotor aylanish sonini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Aylanma pechlarni ta’mirlash jarayonida, elektroenergiya kutilmaganda yo’q bo’lib qoladi hamda pechni ishga tushirish jarayonida qo’llash uchun yordamchi yuritma ishlatiladi. Bu yuritma elektromotor 1 va reduktor 2 dan tashkil topgan. Pech tanasining aylanish tezligi taxongirator 7 yordamida aniqlanadi. Ikki tomonlama yuritma ikkita asosiy 2 va ikkita yordamchi 4 elektromotorlardan, ikkita asosiy 1 va ikkita yordamchi 3 reduktorlardan, ikkita kichik tishli g’ildirak va katta toj g’ildirak 6 dan tashkil topgan. Asosiy reduktorlar kichik g’ildiraklar bilan universal shpindel 5 yordamida biriktiriladi. Ushlangan changlarni pechga qaytarish moslamasi. CHang cho’ktirish qurilmalar va turli filtrlarda ushlangan changlarni pechga qaytarishning bir nechta usullari bor. Eng soddasi,changni pechning issiq uchidan yoqilg’i bilan birga purkash. Yana bir usuli ushalgan changlarni zanjirlar orqasiga qaytarish. Bu usulni amalga oshirish uchun ikki turdagi qurilmalar ishlatiladi - granulalangan changni zanjirlar ortiga lopastlik ta’minlagich yordamida uzatuvchi; - granulalangan changni zanjirlar ortiga (lopastlik) cho’michni ta’minlagich yordamida uzatuvchi. Birinchi uskunada ushlangan chang bunker 4 ga kelib tushadi. U yerdan chiqadigan havo elektrofiltr 5 da tozalanib quvur 7 orqali atmosferaga tashlanadi. Ta’minlagich 3 changni konveyer 2 ga uzatadi. U o’z navbatida changni granulyator 1 ga tashiydi. U yerda chang granulalarga aylanadi va elvator 9 yordamida goplash qurilmasi 8 ga uzatiladi va u yerdan pechga tushiriladi. Ikkinchi uskunada ushlangan chang qabul bunkeri 1 ga kelib tushadi, u yerdagi chiqayotgan havo filtr 3 yordamida tozalanib, atmosferaga tashlanadi. Bunker 1 dan chang vintli ta’minlagich 4 va filtr 3 dan barabani ta’minlagich yordamida tarnovlar 6 orzash yuklash qurilmasi 7 ga tushadi va u yerdan pechga tushiriladi Konstruktsion materiallar. Metallar 2 ta asosiy guruxlarga: qora va rangli metallarga bo’linadi. Qora metallar temirning uglerod bilan qotishmasidan iboratdir. Bundan tashqari ularning tarkibida oz yoki ko’p miqdorda boshqa kimyoviy elementlar ham bo’lishi mumkin. Qora metallarga xos bo’lgan xususiyatlar berish uchun ularning tarkibiga yaxshilovchi yoki legirlovchi qo’shimchalar (nikel, xrom, mis va boshqalar) kiritiladi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga qarab qora metallar cho’yanlar va po’latlarga bo’linadi. Po’lat turlari, xossalari va ularning markalari. Po’lat tarkibidagi uglerod miqdori 2 % gacha bo’lgan temir bilan uglerodning bog’lanuvchan qotishmasidir. Ishlab chiqarish usullariga qarab, po’latlar marten konveter va elektr po’latlarga bo’linadi. Qotishma tarkibiga kiradigan kimyoviy elementlarga qarab po’latlarkimyoviy tarkibi bo’yicha uglerodli legirlangan bo’ladi. Uglerodli po’latlar temir bilan uglerod va marganets, kremniy, oltingugurt va fosfor aralashmasi qotishmalaridan iborat. Ulardan har biri po’latning mexanik xossalariga ma’lum darajada ta’sir qiladi. Qurilishda ishlatiladigan oddiy sifatli po’latlar tarkibida uglerod miqdori 0,06 yoki 0,62 % bo’ladi. Tarkibida uglerod miqdori kam bo’lgan po’latlar yuqori plastikligi va zarb qovushqoqligi bilan ajralib turadi. Uglerod miqdori ortiq bo’lsa, po’lat mo’rtlashadi va qattiq bo’ladi. Markalarda uglerod foizining yuzdan bir ulushlarida (0,8; 25 va xakazo) ko’rsatiladi. Cm0, Cm1, Cm2, Cm3cn, Cm4, Cm5nc, Cm6kn Uglerodli sifatli konstruktsion po’latlar: Cm08, Cm10, Cm35, Cm45 Legirlangan po’latlar deb, tarkibida legirlovchi qo’shimchalar (nikel – N, Xrom – X, volfram – V, molibden – M, mis – D, alyuminiy – Yu va boshqalar) mavjud bo’lgan po’latlarga aytiladi Kam legirlangan po’latlar qurilishda ko’p qo’llaniladi. Bu po’latlar tarkibida uglerod miqdori 0,2 % dan ortiq bo’lmasligi kerak, chunki ortiq bo’lsa po’latning plastikligiva zanchlarga bardoshligi, shuningdek payvandlashishi yomonlashadi. Bundan tashqari, tarkibidagi jami qo’shilmalarga ko’ra po’latlar kam legirlangan (tarkibidagi legirlovchi qo’shilmalar miqdori 25 % gacha bo’lgan) 12XN3A, 11OG13L, SM15X, SM20X, 18XGT, 30XGT SM20XGSA, SM20XGN. Vazifasiga ko’ra po’latlar quyidagi guruxlarga bo’linadi: Konstruktsion po’latlar maxsus po’latlar, asbobsozlik po’latlar. Po’latlar tarkibida legirlovchi element miqdori 1,5 % dan kam bo’lsa, tegishli xarfdan keyingi raqamlar yozilmaydi; 1G2S, 12XN3A. Marka belgisiningoxiridagi A xarfi po’latlar yuqori sifat ekanligini III xarfi ayniqsayuqori sifatli ekanligini ko’rsatadi. Masalan, 112S markali kam legirlangankonstruktsion po’latlar tarkibida 0,1 % uglerod, 2% marganets va 1% kremniy borligini ifodalaydi. Nometal materiallar (plastmassa, shisha , kermika va xakazo) mashina detallari tayyorlashda nometal materiallar plastmassa, shisha, yog’och, rezina, issiqlik izolyatsiyasimateriallari vaboshqalar ko’p ishlatiladi Plastik massalar. Plastik massalarning asosiy komponentlari bog’lovchi moddalar – polimer, to’ldirgichlar va stabilizatorlar. Kelib chiqishiga qarab polimerlar tabiiy va sun’iylarga bo’linadi. Ularning elektr qarshiligi katta suvni kam shimadi, issiqqa chidamligi va qattiqligi past, oson shishadi. SHishish materiallari. Qattiq, amorf, optik diapazonning u yoki bu soxasida shaffof bo’lgan, tarkibida shisha xosil qiluvchi qo’shimchalar xamda metall oksidlari bo’lgan o’ta sovutilgan suyuq mineral eritmalardan olinadigan material shisha deyiladi. Xom ashyo: Kvarts qumi, oxaktosh, dolomit kalitsinirlangan soda yoki natriy sulfat – oynalarni texnik xossalarini yaxshilash uchun ba’zi oynalarning tarkibiga bir oksidi alyuminiy, ftor, rux mustaxkamligi va kimyoviy kiritiladi. SHisha siqilishga yuqori mustaxkamligi (600-1200 mPa) va cho’zilishiga esa (30-90mPa) nisbatan kam mustaxkamligi bilan xarakterlanadi. U zarbga juda yomon qarshilik ko’rsatadi, ya’ni mo’rt bo’ladi. Keramik materiallar. Gulli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qo’shilmalar qo’shib, qoliplash va quydirish yo’li bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deyiladi. Keramik materiallar quyidagi guruxlarga bo’linadi: devor (g’isht, keramika toshlar, bloklar va panellar); tomlar uchun ichki g’ovak toshlar, (tosh va qoplama panellar); binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, poluchun plitkalar) Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun til asosiy xomashyodir. Qurilmalarning yuzalari quyidagi usullar yordamida himoya qilinadi. 1) Qurilma sirtqi emal, rezina, polimer materiallar va o’tga chidamli material bilan qoplanadiyoki suriladi. 2) Bo’yash; 3) Izolyatsiya qilish. Ishlash sharoiti, maqsadi va qurilma turgan o’rniga qarab bu usullardan foydalaniladi. Materiallarni tanlash va iqtisodiy asoslash. Detalga material tanlashda uning ba’zi parametrlari uchun boshlang’ich ma’lumotlar, shuningdek ishlab chiqarishlari xisobga olinadi. Material tanlashda detal konstruktsiyasiga qo’yiladigan talablarning asosiy turlari: mustaxkamlik, uzoqqa chidamlilik, massa yuza tozaligi, unifikatsiya, zagatovka mexanik va termik ishlov berish kabilar kiradi. Material tanlashda odatda jarayonning ish sharoitlarini aniqlashdan boshlanadi. Qurilma yoki mashina uchun material tanlanayotganda quyidagi faktorlar xisobga olinishi kerak. Materialning mexanik xossalari – chidamlilik chegarasi, nisbiy uzayish qattiqligi va xakazo; tayyorlash texnologiyasining qulayligi; yemirilishga kimyoviy barqarorligi; issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalar. Kimyoviy qurilmalar tayyorlash maqsadida ishlatilayotgan materiallarga bo’lgan talablarning eng muximi korroziyaga barqarorlikdir. CHunki bu qattiqlik qurilmalarning uzoq ishlashlik qobiliyatini belgilaydi. Gidravlik tirgak Modomiki pechning, pechning korpusi yuk bo’shatilish tarafga qiyali g’ildirakli tirgakka o’rnatilgan, uning qiya o’qi bo’ylab pech og’irligining tarkib kuchliligi xosil bo’ladi.ushbu kuch tasirida pechga aylanayotganda, agarda tirgak qurilmalari mavjud bulmasi, pastki xolatga siljiydi.ushbu xolatni oldini olish maqsadida, eski konstruktsiyadagi pechlarda paydo bo’layotgankuchlanish egilayotgan pechka og’irligini tenglashtirish maqsadida bandajlarning ishchi ustiga nisbatan maxsus qiyalangan g’ildirakli tirgaklar o’rnatiladi. Lekin bunday qiyshaytirmoq, eskirish mustaxkamligiga, bandajlar va tirgakli g’ildiraklarning uzoq muddatliligiga salbiy ta’sir etadi, ularga tushayotgan yuk yuklamasi ta’sirida podshipniklarning ishlatish muddati kamayadi. Zamonaviy aylanayotgan pechlarda, o’q yuklanishini qabul qilish uchun gidravlik tirgaklar tizimini o’rnatish ko’zda tutilgan. Gidrotirgaklar, ularga o’rnatilgan gidrotslindrlarga moy yetkazib berilayotganda yig’ma kuchni tezlashtiradi, buni natijasida pechka asta-sekin “tepaka”yuklanish qismiga yaqinlashtiriladi. Pechka ustki xolatga yotganda oxirgi vikpyugatel ishga tushadi va moynasos o’chiriladi. U yuki og’irligi ta’siri natijasida, pechka korpusi asta-sekin “ustki” xolatdan, “pastki” xolatga toib tushadi, bu yerda oxirgi viklyuchatel ishga tushadi va moynasos ishga tushadi, shunday qilib, tsikl qaytariladi. TSiklni davom etishi – 24 soat. Pechni «tepaga», «pastga» xarakati tezligi gidrotslindrga moy yetkazib berish tezligiga yoki klapanlar orqali gidrotizimdagi moy idishiga gidrotslindrdan moyni ajrab chiqish tezligiga teng. Pech eng oxirgi pstki xolatdanustki xolatga 80-100 mm joyini o’zgartiradi (ko’chiriladi); bu masofa oxirgi viklyuchatellarning ishchi xolati bilan aniqlanadi. Bundan tashqari ishchi viklyuchatellardan 20 mm uzoqlikda avariyniy viklyuchatellar o’rnatilgan. Avariya viklyuchatellar ishga tushganda pech uzatmasi va gidrotirgaktizimini moy nasosi ishini to’xtatiladi. Gidrotirgak tizimi tarkibi gidravlik tirgak, nasos stantsiya, boshqarish pulti, quvuro’tkazgich tizimi. Tizimdagi gidrotirgak soni (3-5 ta), pechning tirgaklarning umuiy soniga bog’liq. Gidrotirgak o’qli tirgak g’ildirakdan, korpusdan, podshipniklardan, gidravlik tslindrlardan tashkil topgan. Bunday konstruktsiyalar xajmi 4,5x80, 5x100, 5,6x185m. Gidrotirgaklarning ishonchli ishini muxim shartlaridan biri bandajlarga nisbatan ularni to’g’ri o’rnatilishi. Ish jarayonida pech korpusi qiziydi va uzayadi. Bunda bandaj va tirgak g’ildiraklardan o’ngga va chapga siljiydi. SHu bois tirgak g’ildiraklarni bandaji bilan doimiy kontaktta bo’lishi uchun gidrotirgakni ramada shunday joylashtirishadiki, pechka qiziganda bandaj tirgak g’ildirakda o’rtadagi xolatni egallaganda, porshenlar ham, roliklarni (g’ildiraklarni) loyixalanayotgan (80-100mm) tepaga va pastga ko’chishini ta’minlashi uchun gidrotslindrning o’rtasida choylanishi zarur. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Salimov Z., To’ychiev I.S. Kimyoviy texnologiya protsesslari va apparatlari. – Toshkent, O’qituvchi, 1987. –408 b. 2. Yusupbekov N.R. va boshq. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalari.- Toshkent, ToshKTI, 2000. –231 b. 3. Yusupbekov N.R., Nurmuxamedov X.S., Ismatullaev P.R. Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalari fanidan hisoblar va misollar. -Toshkent, 2000.–351 b. Download 21.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling