1. Bajariladigan tarbiyaviy ishlar


Download 136 Kb.
bet1/4
Sana18.12.2022
Hajmi136 Kb.
#1031730
  1   2   3   4
Bog'liq
BADIIY YOZ XISOBOTI


Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi “Badiiy ijodiyot” yo’nalish uslubchisining “ Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi” da bajarilgan ishlar


XISOBOTI
1.Bajariladigan tarbiyaviy ishlar

tr

Bajariladigan ishlar mazmuni



Muddati

Bajarilgani xaqida ma’lumot

1

Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabining yozgi mavsum uchun maktab ish rejasini tuzish va tasdiqlash ishlari taxlili

27.05.2022-yil

Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida yozgi mavsum boshlanishi munosabati bilan maktabning yozgi ish rejasi tuzildi va tasdiqlatildi

2

Maktabda yozgi mavsumda faoliyat yuritadigan to‘garaklar xaqida ma’lumotlar taxlili

28.05.2022-yil

“Barkamol avlod” bolalar maktabida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida”Madaniyat va san’at”,”Texnik konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Xunarmand va qo‘l mexnati”,”Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muasasalari va maktabga tayyorlov”,”Xorijiy tillar” yo‘nalishida 65-ta to‘garakda 1790 nafar o‘quvchi faoliyat olib bordi. Bundan tashqari tumandagi “Kamalak” va “Lola” ormgoxlariga to‘garak raxbarlari jalb etilib ish tashkillandi.

3

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 19 maydagi 108- sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda bajarilgan ishlar taxlili

Ta’til davomida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 19 maydagi “2022 yilni bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari tag‘risida”gi 108-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi davomida bolalar dam olish oromgoxlariga jalb qilinmagan o‘quvchilar o‘rtasida turli tanlov,festival va tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan 4.06.2022-yil kuni maktabdagi “Matematika” va “Ingliz” to‘garak a’zolari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi, 13.06.2022-yil kuni maktabdagi xunarmand va qo‘l mexnati yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan “To‘qish” to‘garak a’zolari tomonidan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi va taxlil qilindi.. 17.06.2022-yil kuni Madaniyat va san’at oyligi doirasida “Ta’til barkamol bilan “shiori ostida “Yangi O‘zbekiston yoshlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.”Yosh doirachilar” to‘garak a’zolari o‘rtasida “Iste’dodli g‘unchalar” mavzusida davra suxbati,seminar trenina,konsert dasturlari reja asosida o‘tkazildi va taxlil qilindi. 20.06.2022-yil kuni “Yosh qandolatchi” va “Bichish-tikish” to‘garak a’zolari o‘rtasida“Balli qizlar” tadbiri tashkil etildi. 21.06.2022-yil kuni “Tasviriy san’at” to’garak a’zolari o’rtasida “Biz giyoxvandlikka qarshimiz” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. YAngiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Ta’til barkamol “ shiori ostida Jismoniy tarbiya va sport oyligi doirasida 5.07.2022-y1il kuni “Dextrous” stol tennis musobaqasi o‘tkazildi. Qizg‘in baxslarga boy bo‘lgan musobaqada 10-14 va 15-18-yosh toifasida o‘yin tashkil etildi.O‘tkazilgan musobaqada 35-nafar ishtirokchi qatnashdi. 5.07.2022-yil kuni “Barkamol avlod kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o’tkazildi. 6.07.2022-yil kuni “Barkamol avlod kubogi” musobaqasining xudud bosqichi o’tkazildi. Yangiqo’rg’on tumani,Uychi tumani, Namangan tumanlari o’rtasida o’tkazildi. Yangiqo‘rg‘on jamoasi “Barkamol avlod kubogi” musobaqasida faxrli 1-o‘rinni egallab musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi Ushbu musobaqada 120 nafar ishtirokchi jalb etildi 7.07.2022-yil kuni Viloyat “BABM’da “Dextrous” stol tennisi musobaqasining viloyat bosqichi o’tkazildi. Ushbu musobaqada maktab jamoasi 10-14 yosh toifasida 2ta 1-darajali “Diplom”15-18 yosh toifasida 1ta 1-darajali “Diplom” 15-18 yosh tofasida 1ta 2-darajali “Diplom bilan taqdirlandilar.Musobaqada 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilarimiz musobaqaning Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.
13.07.2022-yil kuni Iskovot tajriba sinov maydonida faoliyat yuritayotgan to’garak a’zolari o’rtasida “Kitob mening do’stimsan” mavzusida davra suxbati tashkil etildiyuO‘tkazilgan davra suxbatida 35 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Joriy yilning 14.07.2022-yil kuni tumandagi “Lola” va “Kamalak”oromgoxida viloyat “BABM”xamkorligida tadbir tashkil etildi.O‘tkazilgan tadbirga 150 nafardan ortiq ishtirokchi jalb etildi Avgust oyida maktab to‘garak a’zolari o‘rtasida “Ijodkor bolalar” oyligi doirasida davra suxbatlari, seminar,”Asian photographer” online ko‘rik tanlovlar o‘tkazildi. Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari o‘rtasida maxsus
seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar trening mavzusi”Robotatexnika va konstruktorlik xamda uning bugungi kundagi axamiyati.maktabning “Robotatexnika va konstruktorlik” to‘garak raxbari Narimonov Ulug‘bek trening qatnashchilarigarobotatexnika konstruktorlik,dasturlash xamda 3D dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi. Va
amaliyotda foydalanish usullarini ko‘rsatib berdi. Bunday seminar treninglarni tashkillashdan asosiy maqsad to‘garak a’zolariga yangi texnologiyalar va ulardan
foylanishni o‘rgatishdan iborat.



4

Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining 2022-yil 25 may 22-sonli buyrug‘i va viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining 2022-yil 31.05 dagi 16-sonli buyrug‘ini ijrosini bajarilishi xolati taxlili

Ta’til davomida

Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida maktab faoliyatini samaradorligini oshirish,to‘garak raxbarlari xamda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muxitini shakllantirish maqsadida 2022-yil iyun-avgust oylarida “Ta’til barkamol bilan” shiori ostida ko‘rik tanlov va musobaqalar reja asosida belgilangan tartibda tashkil etildi.

5

5 tashabbus ijrosini ta’minlash yuzasidan olib borilgan ishlar taxlili

Ta’til davomida

Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari o‘rtasida mavsum davomida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish 5tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Jumladan 1-tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2.06.2022-yil kuni 17-sonli musiqa maktabida tashkil etilgan tarmoq “Yosh doirachilar” to‘garak a’zolari tomonidan “Iste’dod” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda iste’dodli o‘quvchilar ijodidan baxramand bo‘lindi. O‘tkazilgan tadbirda 56 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2022y 20.07kuni
“Matematika” va “Ingliz tili” to‘garak a’zolari o‘rtasida yoshlar ma’naviyatini
yuksaltirish ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, 5-tashabbus ijrosin ta’minlash maqsadida “Yosh shaxmatchilar” sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqani Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Z.Xaydarov ochib berdi. Bugungi kunda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,5-tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida turli tadbirlar ,musobaqalar muntazam reja asosida o‘tkazib kelinayotgani,yoshlarimiz orasidan iste’dodli o‘quvchilarni aniqlash va ularni qo‘llab quvvatlash bugungi kundagi asosiy masalalardan biri ekanligini aytib,musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.Shaxmat musobaqasida sportning shaxmat turiga qiziqadigan o‘quvchilar saralab olindi. Qur’a tashlash qoidalariga asosan o‘quvchilar belgilangan vaqt mobaynida musobaqada ishtirok etdilar.Musobaqada ishtirokchilarning o‘yin qoidalari bo‘yicha to‘plagan ballarini to‘garak raxbari Tursunboev Shoxrux tomonidan xakamlik qilib borildi.Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan faxriy yorlig‘ va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. O‘tkazilgan musobaqada 45 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari o‘rtasida maxsus 2022 yil 20.07 kuni maktab to‘garak a’zolari o‘rtasida 5tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida
”Robotatexnika va
konstruktorlik xamda uning bugungi kundagi axamiyati.Maktabning “Robotatexnika va
konstruktorlik” to‘garak raxbari Narimonov Ulug‘bek trening
qatnashchilarigarobotatexnika konstruktorlik,dasturlash xamda 3D dizayn
yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlarni to‘g‘risida tushuntirib o‘tdi. Va uni amaliyotda foydalanish usullarini ko‘rsatib berdi. Bunday seminar treninglarni
tashkillashdan asosiy maqsad to‘garak a’zolariga yangi texnologiyalar va ulardan
foylanishni o‘rgatishdan iborat.
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida 5 tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 22.07.2022-yil kuni “Yosh sportchilar” oyligi doirasida “Biz O‘zbekiston kelajagimiz” mavzusida davra suxbati tashkil etildi. Ushbu davra suxbatiga viloyat “Barkamol avlod”bolalar maktabi madaniy ommaviy tadbirlar bo‘limi boshlig‘i Chamanoy Isroilova,Yangiqo‘rg‘on tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport murabbiyi Ilxomjon Xojiev va tumanimizda bugungi kunda sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionlaridan bir gurux yoshlar tashrif buyurdilar. Davra suxbatini “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Z.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib o‘quvchilarni ta’til kunlarini mazmunli tashkil etishda Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori buyrug‘iga asosan iyul-avgust oylarida reja asosida musobaqalar,ko‘rik tanlovlar,seminar treninalar o‘tkazib kelinayotgani to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Davra suxbatida shuningdek Ch.Isroilova va I.Xojievlar sportning inson xayotida tutgan o‘rni va bugungi kunda yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.Bugungi davra suxbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘quvchilarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida sportni targ‘ib etishdan iboratdirdir. O‘tkazilgan davra suxbatiga 50-nafardan ortiqroq o‘quvchi jalb etildi.

6

Maktabda yozgi ta’til davrida o‘tkazilgan madaniy ommaviy tadbirlar taxlili



30.08.2022-yil



“Barkamol avlod” bolalar maktabida o‘quvchilarni ta’til kunlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbirlar rejasi tuzilgan bo‘lib,shu reja asosida tadbirlar o‘tkazib borildi. Jumladan :

Yangiqo‘rg‘on tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari o‘rtasida xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga bag‘ishlab “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni maktab o‘quv va tashkiliy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Isaqov ochib ,yurtimizda keng nishonlanayotgan bolalar kuni bilan tadbirga tashrif buyurgan bolajonlarni tabrikladi.Shuningdek yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida xam tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib o‘quvchilarni ta’tilni maroqli o‘tkazishlari uchun ularni to‘garaklarga taklif etdi. Bayram tadbirida maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garak a’zolari tomonidan baxtli bolalikni madx etuvchi kuy va qo‘shiqlar taqdim etildi. O‘tkazilgan tadbirga 120-dan ortq o‘quvchi jalb etildi va taxlil qilindi.3.06.2022-yil kuni maktabdagi “Bichish-tikish” to‘garak a’zolari to‘garak raxbari Usmonalieva Nargiza raxbarligida Sharq Yulduzi MFYda joylashgan “Abdulla Burug‘” ziyoratgoxiga sayoxat uyushtirildi. Sayoxatga 12-nafar o‘quvchi jalb etildi.

14.06.2022-yil kuni №21-sonli va №40 sonli umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan “Tasviriy san’at” to‘garak a’zolari o‘rtasida “Yurtimda yoz” mavzusida rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Iqtidorli o‘quvchilar tomonidan yurtimizda xukmronlik qilayotgan fasl namoyon etilgan ijodiy ishlar taqdim etildi. Ko‘rgazmada ayniqsa 21-sonli umumta’lim maktabidagi “tasviriy san’at” to‘garak a’zosi Anasxonova E’zoza tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar ko‘rgazmaga tashrif buyurgan o‘quvchilarda katta ta’ssurot qoldirdi.


22.06.2022-yil kuni maktabdagi “Yosh doirachilar” to‘garak a’zolari tomonidan maxorat mashg‘uloti tashkil etildi. Maxorat mashg‘ulotini to‘garak raxbari Toxirjonov Sharifjon tomonidan o‘quvchilarga musiqa san’ati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. “Zarb-2022” yosh doirachilar ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida faxrli 3-o‘rin g‘olibi Naqibjonov Diyorbek tomonidan kuylar ijro etildi.


26.06.2022-yil kuni maktabdagi “Bichish-tikish” va “Yosh qandolatchi” to‘garak a’zolari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada o‘quvchilar tomonidan badiiy saxna ko‘rinishlari.mantiqiy savollarga tezkor javoblar va erkin mavzular taqdim etildi.


10.07.2022-yil kuni maktabdagi “To‘qish” to‘garak raxbari Sarmonova Mavjuda boshchiligidagi to‘garak a’zolari tomonidan ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tashkil etilgan ko‘rgazmalar namoyishi maktabning maxsus ijtimoiy tarmog‘ida yoritildi


14.07.2022-yil kuni №32-sonli maktabda tashkil etilgan tarmo”Avtomodel” to‘garak a’zolarining ko‘rgazmalari namoyish etildi. To‘garak raxbari Xayitov Zafarjon tomonidan “Xarakatlanuvchi robot” ko‘rgazmasi taqdim etildi. Iqtidorli o‘quvchilar tomonidan va to‘garak raxbari xamkorligida tayyorlangan ko‘rgazma to‘g‘risida ma’lumot berildi


30.07.2022-yil kuni maktabdagi “Oila xamshirasi” to‘garak a’zolarini ichki turizmga jalb etish maqsadida CHortoq tumanida joylashgan “Baliqli ko‘l” ziyoratgoxiga sayoxat tashkil etildi. Sayoxat davomida o‘quvchilarni “Sulton Uvays Karaniy ziyoratgoxi bilan tanishtirildi.Sayoxatda 15 nafar o‘quvchi jalb etildi


11.08.2022- yil kuni maktabdagi “Ingliz tili” va “Matematika” to‘garak a’zolari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi tashkil etildi.Musobaqa o‘quvchilar tomonidan uyla izla top ,mantiqiy savollar,labirint,mavzusida baxs munozarali jarayonlarni o‘z ichiga oldi. O‘tkazilgan musobaqa maktabning maxsus ijtimoiy tarmog‘ida yoritildi. Musobaqada 80 nafar o‘quvchi jalb etildi


20.08.2022-yil kuni maktabda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “YAngi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz” shiori ostida “Ona diyor madxi” she’riyat tanlovi va “Iqtidorli ijodkor bolalar” ko‘rik tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.She’riyat tanlovida 35 nafar ishtirokchi jalb etildi. 23.08.2022-yil kuni viloyat “BABM”da o‘tkazilgan “Ona diyor madxi” she’riyat tanlovida maktabning “Teatr va san’at” to‘garak a’zosi Ro‘ziboeva Farzona 3-darajali diplom bilan taqdirlandi


30.09.2022-yil kuni maktab to‘garak a’zolari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Vatan madxi” mavzusida
tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktabdagi “Bichish-tikish”,”Yumshoq o‘yinchoq”,”Yosh doirachilar”Teatr va san’at”,”To‘qish” to‘garak a’zolari tomonidan mustaqillikni madx etuvchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi.O‘tkazilgan tadbirda 70 nafardan o‘quvchi va pedagog xodimlar ishtirok etdilar.












2. Uslubiy ishlar



tr

Bajariladigan ishlar mazmuni



Muddati

Bajarilgani xaqida ma’lumot

1

Maktab to‘garak a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovlar nizomini yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlash ishlari taxlili

Reja asosida

Maktabda ta’til davomida Respublika “Вarkamol avlod” bolalar maktabi direktorining 2022-yil 25 maydagi 22-sonli buyrug‘i “Ta’til barkamol bilan “ shiori ostida o‘tkaziladigan “Yangi O‘zbekiston yulduzlari”oyligi,”Yosh sportchilar” oyligi,”Ijodkor bolalar” oyligi doirasida o‘tkaziladigan davra suxbatlari,seminar trenina.master klass,musobaqalar,online ko‘rik tanlovlar nizomi bilan tanishtirib borildi .Bundan tashqari viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining 2022-yil 18.08dagi №24 va№25 sonli buyrug‘i “Ona diyor madxi” she’riyat tanlovi va “Iqtidorli ijodkor bolalar” ko‘rik tanlovlari nizomi bilan tanishtirib o‘tkazilishi ta’minlandi

2

Yuqori tashkilotdan bo‘limga oid kelgan xatlar ijrosi taxlili

Muntazam

Mavsum davomida yuqori tashkilotdan maktabga kelgan xatlar ijrosi ta’minlandi.

3

To‘garak faoliyatlarini mavsumda doimiy ravishda ishlashida ularga uslubiy amaliy yordam ko‘rsatish ishlari taxlili

Muntazam

Maktabda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida faoliyat yuritayotgan to‘garaklar faoliyatini muntazam nazorat qilindi. Ularga uslubiy amaliy yordam ko‘rsatildi



Download 136 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling