3. Chan usulining afzalliklari
chan usuli bir qancha afzalliklarga ega bo'lib bu uni boshqa gisrometallurgik usullar bilan birga qo'llash imkoniyatii yaratadi va mineral xon-ashyoni qayta ishlashda istiqbolli usullardan qiladi.
birinchidan, bu usul uyumli va yer osti usullaridan farqli ravishda to'liq boshqarilishi mumkin.
ikkinchidan, u faqat juda maydalangan maxsulotlarga qo'llaniladi, bu esa o'z navbatida bakterial ochish va sulfid minerallarini destruksiyasini sezilarli tezlashtiradi.
uchinchidan, eritib ajratib olishning ma'lum muhitlarini hosil qilish orqali murakkab mineral substratlar tarkibidan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishning yuqori selektivligiga erishish mumkin.
to'rtinchidan, bu usul maxsus jihozlar talab qilmaydi, masalan, kerakli aralashtirishni va aeratsiyani ta'minlab beruvchi kislotaga chidamli chanlarda va pacuklarda jarayon oli borilishi mumkin.
bu usul past yuqori temperatura talab qilmaydi va atmosferaga zararli chiqindilar chiqarmaydi.
yopiq suv sirkulyatsiyasiga ega, ya'ni ekologik toza.
Do'stlaringiz bilan baham: |