1. Bank haqida ummumiy tushuncha atb xalq bankning tashkil topish tarixi
Omonatlar — Milliy va horijiyvalyutada turli xil omonatlar mavjud. Mobilbanking
Download 335.85 Kb.
|
Xalq bank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul o‘tkazmalari
Omonatlar — Milliy va horijiyvalyutada turli xil omonatlar mavjud.
Mobilbanking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „ZolotoyaKorona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlaynkonversiyafunktsiyalarini amalga oshirish mumkin. Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „WesternUnion“, „MoneyGram“, „ZolotoyaKorona“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va horijiyvalyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan. Tarixiy taraqqiyot davomida banklar mablag‘larni yig‘ish, saqlab berish, kredit-hisob va boshqa turli xil vositachilik operatsiyalarini bajarib kelganliklari sabab, banklar kredit muassasa bo‘lib, foyda olish maqsadida bank barcha risklarni o‘ziga qabul qilgan holda operatsiyalarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 1-moddasiga asosan “Banktijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan, ya’ni: -yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; -to‘lovlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsdir. Demak, bank barcha riskni o‘z zimmasiga olib, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilib, bank resurslarini tashkil qilgan holda, bu mablag‘larni muddatida qaytarib berish, to‘lov va ta’minlash shartlari asosida o‘z nomidan ularni joylashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitob va vositachilik operatsiyalarini olib boruvchi kredit muassasa hisoblanadi. Ba’zi adabiyotlarda «bank-bu korxona», deb ham izoh beriladi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga shu jihatdan o‘xshatish mumkinki, tijorat banklari ham korxonalar singari o‘z faoliyatini o‘z daromadini ko‘paytirishga qaratadi, lekin korxonalar faoliyatidan farqli ravishda banklar shu asosida birinchidan, o‘z ta’sischilari–aksiyadorlarining manfaatlarini, ikkinchidan, o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi. Tijorat banklariga, bizning fikrimizcha, shunchaki «korxona» emas, balki «maxsus korxona» deb qarash zarur. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksiyadorlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kredit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar xuquqiy, jismoniy shaxslarga o‘z xizmatlarini ko‘rsatadilar. Bank bu shunday korxonaki, unda xom ashyo bo‘lib depozit va qo‘yilmalar hisoblansa, oxirgi tovar – bu berilgan ssudalardir. Depozit va qo‘yilmalar jalb qilingan qarz mablag‘lari, berilgan ssudalar esa – joylashtirilgan mablag‘lar bo‘lib hisoblanadi.Har xil jismoniy shaxslar va tashkilotlardan pul mablag‘larini jalb qilish uchun, qarz hajmiga qarab ma’lum summani foizlar shaklida to‘lash kerak. Bo‘lmasa mablag‘ qo‘yuvchilar yoki boshqa bankni tanlaydilar, yoki pul saqlashni boshqa shakllariga o‘tadilar: masalan, oltin yoki valyuta sotib olish, boshqa moliyaviy vositachilar xizmatlaridan foydalanish va boshqalar. Pul saqlash shaklini tanlashda mablag‘ qo‘yuvchini ikkita muhim omil - moliyaviy vositachilarning ishonchli ekanligi va daromad olishdarajasi (qarzga to‘lanadigan foizlar) ko‘proq qiziqtiradi. Boshqa tomondan, bank ssuda berganda uning summasiga qarab foiz shaklida to‘lov undiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining bozor munosabatlari sub’ektlari bilan aloqasi yanada kengayadi va chuqurlashadi. Bank bu holda barcha mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bu ikkita foiz stavkalari o‘rtasida farq - bank daromadining asosiy manbasi bo‘lib, iqtisodiy adabiyotlarda u “marja” nomi bilan yuritiladi.SHunday qilib, marja - bu jalb qilinuvchi va joylashtirila- digan qarz va ssuda foiz stavkalari o‘rtasidagi farqdir. Banklar mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish yo‘li bilan barcha pul mablag‘lari harakatini boshqarib boradi. Bankning asosiy faoliyati vositachilik bilan bog‘liq bo‘lib, u pul mablag‘larni qarz beruvchidan qarz oluvchilarga o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bajarishdan iborat. Banklar bilan bir qatorda pul mablag‘lari harakatini boshqa moliyaviy va kredit tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari ham amalga oshiradilar. Biroq, bankning moliyaviy risklarningsub’ekti sifatida yuqorida keltirilgan boshqa sub’ektlar faoliyatidan farq qiladigan ikkita o‘ziga xos xususiyati mavjud: -birinchidan, banklar faqat ular uchun xos bo‘lgan qarz majburiyatlarini (depozitlar, omonat sertifikatlari va boshqalar) chiqaradilar va bu yo‘l bilan yig‘ilgan mablag‘larni boshqa sub’ektlar t omonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar va qarz majburiyatlariga joylashtiradilar. Bankning bu xususiyati moliyaviy broker va dillerlar faoliyatidan farq qiladi, chunki ular moliya bozorida o‘z qarz majburiyatlarini chiqarmasdan faoliyat ko‘rsatadilar. Xulosa va takliflar O‘zbekistonda tijorat banklari ustidan nazorat tizimi shakllangan va takomillashtirib borilmoqda. Buning natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz bank sektori kapitalining etarlilik darajasi bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tomonidan 8 foiz etib belgilangan xalqaro me’yordan deyarli uch barobar ko‘p bo‘lgan darajani tashkil etmoqda. Bank nazorati ichki va tashqinazoratga bo‘linadi. Ichki nazorat bu - tegishli vakolatli bo‘linmalar tomonidan bank operatsiyalarini bajarishda yoki bajarib bo‘lingandan keyin hujjatlarning qonuniy va to‘g‘ri rasmiylashtirilishi, bank mablag‘larining but saqlanishini nazorat qilinishidir.Ichki nazorat tizimi ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari va ichki me’yoriy hujjatlar talablarini buzish holatlarini oldini olish 16 “Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat Qoidalari.” (O’z.R. AV.da 2009 yil. 23 оktabrda 2023-son bilan ro’yxatga olingan.) bo‘yicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qiladi.Har bir davlatda bo’lgani kabi O‘zbekistonda ham ichki nazorat tizimi shakllangan bo’lib, bu tizimning samarali ishlashi uchun ichki bank nazoratini tashkil qilishning huquqiy va meyo’riybazasiyaratilganva takomillashtirib borilmoqda .Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ulami pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarisii shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi. Kredit resurslarining asosiy manbalari korxonalaming amortizatsiya ajratmalari; mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; korxonalaming ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag'batlantirish fondlari; korxonalar foydasi; bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlaming joriy pul resurslari; aholining bo‘sh pul mablag‘laridan iborat. Banklar pul mablag‘larini to‘plash, joylashtirish va ulaming harakatini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy muassasadir Download 335.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling