1. Bank va bank tizimining rivojlanish bosqichlari
barqaror pul muomalasini ta’minlash
Download 360.5 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning tarkibi.
barqaror pul muomalasini ta’minlash;
kredit va naqd pul massasining asossiz o‘sishini keskin cheklash; O‘zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kir itish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar, hamda imkoniyatlarni yaratish va boshqalar. Shunday qilib, O‘zbekistonda mustaqil bank tizimini yaratishning birinchi bosqichi, milliy valutani muomalaga kiritish uchun asos yaratilgan va ikki pog‘onali bank tizimining poydevori qurilgan 1991-yildan 1994-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini yara tish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlar 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi“ Qonuni asosida amalga oshirildi. Mazkur Qonun bozor munosabatlariga o‘tish davri vazifalariga mos keluv chi bank muassasalari shakllanishining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Ushbu Qonunga muvofi q, sobiq Ittifoq Davlat bankining respublika muassasasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga keltirish va to‘lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo‘jaligining turli sohalarini kred itlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil qi lingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi. Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning ikkinchi bosqichi milliy valuta muomalaga kiritilgan va ikki pog‘onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan 1994–1996-yillarni o‘z ichiga oladi. 1994-yilda Milliy valuta so‘mning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil pul va bank tizimi shakllanishining asosiy bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o‘sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha choratadbirlar belgilandi. Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar Mahkamasining „Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi 1994-yil 18-martdagi Qarori muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda banklarning axborot infratuzilmasini yaratish va xalqaro bank amaliyotining ilg‘or usullarini respublika bank amal iyotiga qo‘llash orqali bank tizimini takomillashtira borish bo‘yicha yo‘lyo‘riqlar belgilab berildi. 1994-yildan boshlab yangi buxgalteriya hisobi tizimini ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi. 1996-yilda Respublika Prezidentining „Bank auditi tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan „Artur Andersen“, „Deloyt end tush“, „Key Pi Em Ji-(KPMG)“, „Ernest end Yang“, „Kupers end Laybrand“ kabilar yetakchi tijorat banklari faoliyatini audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“gi va „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunlarning yangi loyihasi ishlab chiqildi. 1995-yil 21-dekabrda banklar faoliyatini huquqiy va me’yoriy tartibga solish qoidalarini belgilovchi „O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida“ va 1996-yil 25-aprelda „Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“gi Qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy poydevor yaratdi. Bank tizimini shakllantirishning uchinchi bosqichi 1997– 2000-yillarni o‘z ichiga olib, unda banklarni xususiylashtirish va aksiyadorlik-tijorat banklarida boshqaruvning sifatini oshirish, banklar faoliyatida nazoratni kuchaytirish ko‘zda tutiladi. Bu jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997yil 24-apreldagi „Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmonining qabul qilinishi bilan yanada faollashadi. Mazkur Farmonga ko‘ra, nizom jamg‘armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50 foizdan kam bo‘lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar belgilangan edi. Natijada so‘nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin ko‘payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari bilan qo‘shib hisobl aganda 20 taga yetdi. Hozirgi paytda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi. Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-oktabrdagi „Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlarning va bank kengashining rolini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuyini belgilab berdi. Ushbu Farmon asosida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda har tomonlama mustahkam bank tizimi, xalqaro andozalarga mos keluvchi zamonaviy bank nazorati va banklar faoliyatini tartibga solishning samarali mexanizmi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 15-yanvardagi „Bank tizim ini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Qaroriga asosan bank tizimining barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991–2000-yillar mobaynida yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalq aro andozalarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining boshlanishi bank tiz imi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichida amalga oshirildi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi „Bank ti zimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-martdagi „Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi Qarori qabul qilinishi bilan boshlandi. Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi: bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish; bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlan-tirish; bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchi-larning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish; banklarning iqtisodiyotning aniq sektorida ishlayotgan kor-xonalarni, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish; banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish; banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik muno-sabatlarini shakllantirish; aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish; xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlik-ni kengaytirish, valuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilandi. Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligida 37 tijorat bank larini (1-ilovaga qarang) o‘z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib, bozor islohotlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda. Download 360.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling