1. Ban’yanning hayotiy shakli nima?\ A bir yillik o’t b daraxt


Download 106.5 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi106.5 Kb.
#241078
Bog'liq
saralash 2 botanika


1. Ban’yanning hayotiy shakli nima?\

A)bir yillik o’t B) daraxt

C) ko’p yillik o’simlik D) B va C javob to’g’ri

2. Ildiz uchining chilpishning ahamiyatini belgilang.

1)yon ildizlar tuproqning oziq moddalarga boy yuqori qatlamlariga kirib boradi 2) ildiz pastki nam-suvga boy qatlamlarga kirib boradi 3)ildiz baqquvat bo’lib o’sadi

A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D 1,2

3. Quyida keltirilgan o’simlik(lar)ning qaysi(lar)ining ildizi metamorfozga uchragan?

1-banyan 2-ajriq 3-makkajo’xori 4-sabzi

5-turp 6-oqjo‘xori 7-qulupnay 8-lavlagi

A)1,2,3 B)4,5,8 C)barchasi D)2,4,5,7,8

4. Qayerlarda o’sadigan o‘simliklarda havo ildizlari bo‘ladi.

A)subtropik B)mo’tadil

C)tog’larda D) tropic

5. Yirik kurtakli, murakkab bargli (a) va mayda kurtakli oddiy bargli o‘simlik (b) ni toping?

A) a-olma b-chinor B) a-soxta kashtan b-tut

C) a-tol b-kiyko‘t D) a-qayrag‘och b-marmarak

6. Toq bargchalari gajaklarga aylangan o’simliklarni aniqlang. 1) shoyi akatsiya;

2) no’xat; 3) sebarga; 4) burchoq; 5) zarang


A) 1,3 B) 2,4 C) 3,5 D) 1,4

7. Shakli o‘zgargan novdalarni aniqlang.

1) g‘umay ildizpoyasi; 2) bodring gajaklari;

3) sholg!om ildizmevasi; 4) behining guli;

5) no‘xatning gajaklari; 6) qirqbo‘g‘imning

sporofilli; 7) akatsiyaning tikanlari

A) 2, 3, 6 B) 1, 2, 4 C) 1, 5, 7 D) 1, 4, 7

8.Quyida berilgan qaysi o‘simlik organlari shakli o'zgargan yerusti novda (a) va shakli o‘zgargan barg (b) hisoblanadi?

1) tokning gajaklari; 2) atirgulning tikani;

3) do‘lananing tikani; 4) kaktusning tikani; 5) zirkning tikani; 6) qulupnayning gajaklari; 7) bodring gajaklari; 8) no‘xat gajagi; 9) akatsiyaning tikani

A. a - 1,4,7; b - 2, 3, 6, 8 B. a - 3,4,5; b - 1, 2, 6, 7

C. a - 1,3,6,7; b - 4, 5, 9 D. a - 4,5,8; b - 2, 6, 7

9. Shakli o’zgargan yerosti poyalarning biologik ahamyati nimadan iborat

1. o’simliklarda generativ qo’shilishida ishtirok etadi

2. o’simliklarni noqulay sharoitdan saqlash

3. suv va mineral tuzlarni shimib olish

4. oziq moddalar to’pla sh

5. vegetativ ko’payish uchun hizmat qiladi

a) 2.3.5 b) 1.3.4 c) 2.3.5 d) 2.4.5

10. Tayanch ildizlarga xos fikrlarni ko’rsating.

1) poyadan chiqqan qo’shimcha ildizlar sanaladi;

2) asosiy ildizdan chiqqan yon ildizlar hisoblanadi;

3) o’simlikni shimish yuzasini oshirishga xizmat qiladi

4) tanani tik tutib turishga xizmat qiladi

5) piyoz, sabzi, bug’doy o’simliklarida uchraydi

6) makkajo’xori, oq jo’xori o’simliklarida uchraydi

A) 1, 3, 5 B) 1, 4, 6 C) 2, 4, 6 D) 2, 3, 5

11. Yong'oq (a) va chinor (b) aylanasining uzunligini ko'rsating. 1) 10-11 m; 2) 8-10 m; 3) 4-6 m; 4) 5-7 m

A) a-2; b-3 B) a-4; b-l

С) a-3; b-2 D) a-l; b-4

12. Marmarak o’simligi barglari novdada qanday joylashgan ?

A) navbat bilan B) qarama-qarshi

C) burchak hosil qilib D) xalqa hosil qilib

13. Shakli o’zgargan yerostki novdalarni ko’rsating

1) no’xot gajagi; 2) tok gajagi; 3) qulupnay jingalagi

4) zirk tikani; 5) kartoshka tugunagi; 6) piyozbosh;

7) bodring gajagi; 8) akatsiya tikani.

A) 1, 4, 8 B) 5, 6 C) 2, 3, 7 D) 2, 3, 4

14. Batatning tugunagidagi ko’zchalarda nima joylashadi?
A) boshlang’ich poyalar B) kurtaklar

C) yasmiqchalar D) ildizchalar

15. Yon ildiz qayerdan hosil bo’ladi ??

A) murtakdagi boshlang’ich ildizdan

B) murtakdagi boshlang’ich poyachadan

C) poya va bargdan

D) asosiy va qo’shimcha ildizning shoxlanishidan

16. Yog’ochligi qattiq(a) va yumshoq(b) bo’lgan o’simliklarni aniqlang.

1.eman 2.saksovul 3.tol 4.terak 5.qayrog’och 6.jiyda

A)a-2,3 b-4,5 B) a-3,6 b-1,4

C) a-4,5 b-1,6 D) a-1,5 b-3,4

17. Oddiy (I) va murakkab bargli (II) o’simliklarni aniqlang.

1)soxta kashtan; 2)na’matak; 3) jag’-jag’;

4) yeryong’oq; 5) ituzum; 6) tugmachagul

A) I-3,5,6; II-1,2,4 B) I-1,2,4; II-3,5,6

C) I-2,3,5 II-1,4,6 D) I-3,4,5; II-1,2,6

18. Quyidagi qaysi daraxtlar yog’ochligidan mebel buyumlari tayyorlanadi?

1- yong’oq; 2- terak; 3-tol; 4-eman; 5- jiyda;

6- saksovul; 7- qayrag’och.

A) 1,2,3 B) 2,4,5 C) 1,4,6,7 D) 2,3,5

19.Quyida o’simliklarda qo’shimcha ildiz qayerdan hosil bo’lishini to’g’ri juftlang.

1.makkajo’xori 2.qamish 3.qulpunay 4.piyoz

a-ildizpoyadan b-sugraluvchi poya

c-piyozboshning tubidan

d-poyaning yerga yaqin joyidan

A)1-d, 2-a, 3-b, 4-c B)1-d, 2-c, 3-b, 4-a

C)1-b, 2-a, 3-d, 4-c D)1-d, 2-a, 3-c, 4-d

20. Bargni tashkil etuvchi hujayralarni ularning vazifasi va qaysi to’qimaga mansubligi bilan juftlang.

a) epiderma; b)ustunsimon;c) tolalar; d) o’lik naychalar;

e) tirik naychalar 1) fotosintez; 2) tayanch; 3) himoya; 4) suvni o’tkazish; 5) organic moddalarni o’tkazish

I) mexanik to’qima; II) qoplovchi to’qima;

III) otkazuvchi to’qima; IV) assimlatsion to’qima

A) a-3-I; b-1-IV; c-2-II; d-5-III; e-4-III

B) a-3-II; b-1-IV; c-2-I; d-4-III; e-5-III

C) a-3-II; b-2-I; c-4-I; d-5-III; e-1-IV

D) a-3-II; b-2-I; c-4-III; d-5-III; e-1-IV

21. Singirtakning hayotiy shaklini aniqlang

A) daraxt B) buta C) yarim buta D) liana

22. Yo’ldosh hujayralar novdani qaysi qavatiga xos ?

A) epiderma B) po’st parenximasi

C) floema D) ksilema

23. Rotang uchun xos xususiyatlarni belgilang.

1) chirmashuvchi poya 2) eng uzun daraxt

3) Janubiy Osiyo tropik o’rmonlarida uchraydi

4) Janubiy Amerika tropik o’rmonlarida uchraydi

5) palma 6) poyasi uzunligi 400 sm

A) 1,3,5,6 B) 1,2,4,5 C) 1,2,4,3,5 D) 1,3,5

24. Ildizning po’stloq hujayralarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlang.

1.tirik 2.yumaloq 3.yupqa qobiqli 4.o’lik 5.yadrosiz 6.kubsimon 7.qalin qobiqli

A) 1.2.3 B) 4.2.3 C) 1.6.7 D) 4.6.3

25. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko’p yillik o’t (2) larni belgilang.

a) kiyiko’t b) ligustrum c) nastarin d) chinnigul e) yalpiz f) rayxon g) pomidor

A) 1-b,c; 2-a,e B) 1-b,c,d; 2-a,e,f

C) 1-c,d; 2-e,f,g D) 1-e,f; 2-b,c,d

26. Lub tolalari rivojlangan o`simlikni aniqlang.

A.zirik B.zig`ir C.terak D.barchasi

27. Quyidagilardan qaysi biri bitta uzun hujayradan iborat; bu hujayra esa yupqa qobiq, sitoplazma va yirik mag’izdan tashkil topgan?

A) barg tolasi hujayralari

B) barg og’izcha hujayralari

C) ildiz po’sti hujayrasi

D) ildiz tukchasi hujayralari

28. Makkajoxori ildizi 1 sm2 sathda qancha ildiz tukchalar joylashadi?

a) 700 ta b) 1800 ta c) 60-70 ta d) 7000 ta

29. Sekvoyadendron o’simligining bo’yi… , pastki aylanasi…, bitta kubbasida …. Urug’ yetiladi.

a) 155 /46 / 196000 b) 142 / 42 / 196000

c) 155 / 46 / 200 d) 142 / 46 / 200

30. Ildizning bo’yiga o’sishini qaysi qismidagi hujayralar ta’minlaydi?

A bo'linuvchi B o'suvchi

C so'ruvchi D o'tkazuvchi

31. Barglari qarama-qarshi joylashgan butalar berilgan javobni aniqlang. 1)rayhon; 2)ligustrum;

3) nastarin; 4) yalpiz; 5) kiyiko’t; 6) terak

A) 1,2 B) 3,5 C) 2,3 D) 4,6

32. Oddiy (I) va murakkab bargli (II) o’simliklarni aniqlang. 1)soxta kashtan; 2)na’matak; 3) jag’-jag’;

4) yeryong’oq; 5) ituzum; 6) tugmachagul

A) I-3,5,6; II-1,2,4 B) I-1,2,4; II-3,5,6

C) I-2,3,5 II-1,4,6 D) I-3,4,5; II-1,2,6

33. Barglari navbat bilan joylashgan bir yillik(a), ko’p yillik(b) va ikki yillik(c) o’simliklarni aniqlang? 1.pomidor 2.kiyiko’t 3.karam 4.yeryong’oq

5.sebarga 6.rayhon 7.g’o’za 8.shirinmiya

9.sholg’om 10.yalpiz 11.beda

A) a-11,4,10; b-5,8; c-9

B) a-6,1;4; b-2,5,11,8; c-3

C) a-4,1; b-8,5,11; c-9,3

D) a-1,7,6,4; b-5,11; c-3,9

34.Shakli o‘zgargan barglarni aniqlang.

1) qulupnayning jmgalagi: 2) bodring gajaklari;

zirkning tikanlari; 4) nastarinning to‘pguli;

no‘xatning gajaklari; 6) qirqbo!g‘imning

sporofilli: 7) akatsiyaning tikanlari

A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 5 C) 3, 5, 7 D) 2, 6, 7

35. …….. atrofdagi o’simlik yoki bironta tayanchga o’ralib oladi, …… bironta tayanchga o’ralmasa tik tura olmaydi.


A.karnaygul, temirtikan

B. tok , qulupnay

C.qovoq , bodring

D.tarvuz, qo’ypechak

36. Poyaning ichki tuzilishi. Orasida qaysi qavat(lar) joylashgan?

1.lub va ksilema 2.epiderma va lub

3.epiderma va ksilema 4.epiderma va kambiy

a.floema b.yogochlik c.oʼzak d.poʼst parenximasi e.kambiy

A)1.e 2.b,d 3.a,c,d 4.a

B)1.e 2.d 3.a,d 4.d

C)1.e 2.b,d 3.a,c 4.a

D)1.e 2.d 3.d,e,a 4.a,d

37. Shakli o’zgargan yerustki novdalarni aniqlang.

1) no’xot gajagi; 2) tok gajagi;

3) qulupnay jingalagi 4) zirk tikani;

5) kartoshka tugunagi; 6) piyozbosh;

7) bodring gajagi; 8) akatsiya tikani;

9) do’lana tikani

A) 1, 4, 8 B) 5, 6

C) 2, 3, 7, 9 D) 2, 3, 4

38. Uchta bargchali murakkab bargga ega bo‘lgan o‘simliklarni aniqlang.

A) soxta kashtan, na’matak, shaftoli, g ‘o‘za

B) qulupnay, loviya, o‘tloq sebargasi, mosh

C) qulupnay, o‘tloq sebargasi, shirinmiya, gilos

D) shirinmiya, yantoq, loviya, na’matak

39. O‘sish konusida hujayralari tez bo‘linadigan oddiy bargli o‘simliklarni aniqlang?

A) terak, tol, pista B) tol, yong‘oq, chinor,

C) nok, shamshod D) gilos, terak, tok

40. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni aniqlang.

1.olma 2.karam 3.petrushka 4.zubturm 5.nastarin

6.sabzi 7.kungaboqar

A)a-5,6 b-1,2 B) a-4,7 b-3,5

C)a-3,4 b-5,6 D) a-2,3 b-6,7

41. Barglarinovdada qarama-qarshi joylashgan qiyshiq gulli ko`p yillik (a) va barglari novdada navbat bilan joylashgan bir yillik (b) o’t o`simliklarni aniqlang.

A) a –yalpiz, kiyiko`t b – yeryong`oq, mosh

B) a –nastarin, ligustm b – yantoq, tuxumak

C) a – yalpiz, ligustrum b – sebarga, akatsiya

D) a –kiyiko`t, yantoq b – rayhon, chinnigul

42. Bir urug`li (a) va ko`p urug`li (b) quruq mevali o`simliklarni aniqlang.

1) makkajo`xori; 2) lola; 3) g`o`za; 4) gilos;

5) sebarga ; 6) arpa; 7) loviya

A) a-1,6 b-3,5,7 B) a-1,4,6 b-2,3,5

C) a-5,6 b-2,3,7 D) a-2,3,6 b-3,5,7

43. Oddiy (a) va murakkab (b) gulqo’rg’on hosil qiluvchi ko`sak mevali o`simliklarni aniqlang.

1) oqquray; 2)chuchmoma; 3) boychechak; 4) lola;

5) bangidevona; 6) g`o`za; 7) afsonak

A) a-2,3 b-5,6 B) a-2,6,4 b-1,6

C) a-1,3,4 b-5,6,7 D) a-3,4 b-1,5,6

44. Ildizpoya qaysi jihatlar bilan ildizmevadan farq qiladi?

1) kurtakning bo`lishi; 2) oziq modda to`plash; 3) vegetative ko`payishiga xizmat qilishi; 4) shakli o`zgargan barglarning mavjudligi; 5) qoshimcha ildiz hosil qilishi; 6) asosiy ildiz hosil qilishi

A) 1,3,4 B) 4,5 C) 4,6 D) 1,2,5

45. Karttoshka tugunagi qaysi jihatlari bilan ildizdan farq qilmaydi? 1) kurtakga egaligi bilan: 2) ichki tuzulish;

3) oziq modda to’plashi; 4) vegetativ ko’payishga xizmat qilishi; 5) qo’shimcha ildiz hosil qilishi

A) 1,3,4 B) 1,2,4

C) 3,5,6 D) 4,5,6

46. Bir yillik(a) va ko’p yillik(b) guli deyarli bo’laklarga bo’linmaydigan o’simliklarni aniqlang?

1.rayhon 2.beda 3.lola 4.yeryong’oq 5.shirinmiya 6.na’matak 7.sebarga 8.loviya 9.kiyiko’t 10.no’xot

A)a-6,7,9,3; b-2,10,4 B)a-8,10,4,1; b-6,3,9

C)a-2,1,10; b-3,9,6 D)a-8,1,4; b-9,7,5

47. Ildizpoya qaysi jihatlar bilan ildizmevadan farq qilmaydi.

1) kuratkning bo`lishi; 2) oziq modda to`plash; 3) vegetativ ko`payishiga xizmat qilishi; 4) shakli o`zgargan barglarning mavjudligi; 5) qoshimcha ildiz hosil qilishi; 6) asosiy ildiz hosil qilishi

A) 1,2,3 B) 1,4,5

C) 2,3,6 D) 2,4,5

48.Qaysi javobda achambiti gul fo`rmulasining izohi noto`g`ri ifodalangan?

A.gulining jinssiz qavatlari 8 ta

B.gulining birinchi qarag`aytoifalarda paydo bo`lgan qismi ikki halqada o`rnashgan

C.gulining birinchi va ikkinchi qavatlarining o`zaro nisbati 1: 1 ga teng.

D.gulining birinchi bo`lib o`zi mansub bo`lim vakillarida paydo bo`lgan qismi ikki halqadan bo’lib o`rnashgan

49. Bir yillik(a) va ko’p yillik(b) guli qiyshiq o’simliklarni aniqlang?

1.rayhon 2.beda 3.lola 4.yeryong’oq 5.shirinmiya 6.na’matak 7.sebarga 8.loviya 9.kiyiko’t 10.no’xot

A)a-6,7,9,3; b-2,10,4 B)a-8,10,4,1; b-6,3,9

C)a-2,1,10; b-3,9 ,6 D)a-8,1,4; b-9,7,5

50. Qozoq mevani dukkak mevadan farqli jixatlari

qaysi javobda ko’rsatilgan ?

1) quruq meva; 2) ho’l meva; 3) bitta mevabargdan

tashkil topgan; 4) ikkita mevabargdan tashkil topgan

5) meva pallalari orasida to’siq bor 6) chatnaydi.

A) 1, 4, 6 B) 4, 5 C) 2, 3 D) 1, 4

51. Quruq meval ko’p urug’li (a) va quruq mevali

bir urug’li (b) o’simliklarni mos xolda ajrating.

A) g’o’za, bug’doy b- soxta kashtan, mosh

B) loviya, karam b- bug’doy, kungaboqar

C) makkajox’ori, pista b- no’xot, jag’-jag’

D) gilos, shaftoli b- pomidor, qovoq

52. Ko’sak mevalarga xos belgilarni ko’rsating.

1) quruq meva hisoblanadi; 2) ho’l meva sanaladi;

3) ko’p urug’li meva; 4) bir urg’li meva; 5) bitta

mevabargdan iborat; 6) ikkita mevabargdan tashkil topgan; 7) bir necha mevabargdan iborat.

A) 1, 4, 7 B) 2, 3, 5 C) 1, 3, 7 D) 2, 3, 6

53. Dukkak mevaga mos keluvchi fikrni ko’rsating.

A) bir necha mevabargning qo’shilishidan hosil bo’lgan

B) ikkita mevabargdan tashkil topgan pallalari orasida

to’siq mavjud

C) bitta mevabargdan hosil bo’lgan, urug’lari

mevapallalariga birikib turadi

D) bir urug’li, chatnamaydigan meva

54. Eti qalin, usti qattiq po’st bilan qoplangan ho’l

mevali o’simliklarni aniqlang.

1) tomoshaqovoq; 2) tok; 3) rediska; 4) bodring;

5) chuchmoma; 6) qoraqat; 7) oq akatsiya; 8) ituzum.

A) 1, 4 B) 2, 6, 8 C) 3, 5, 7 D) 1, 3, 5, 8

55. Shoxlanmagan(a) va shoxlangan(b) gulpoya ega o’simliklarni aniqla?

1.yong’oq 2.o’sma 3.sholi 4.bug’doy 5.qamish

6.rediska 7.makkajo’xori

A) a-4,5 b-6,7 B) a-2,3 b-1,7

C) a-2,6 b-3,5 D) a-3,4 b-1,2

56. Bandli to’pgulga ega bo’lgan o’simliklar berilgan qatorni aniqla?

1)makkajo’xori urug’chli guli

2) nok; 3) sabzi; 4) sholi; 5)zubturum;
A) 3,4 B) 3, 5 C) 1, 5 D) 1, 2

57. Bargi murakkab ildizi o’q ildiz, gulqo’rg’oni murakkab o’simliklar berilgan qatorni aniqlang.

A)no’xat, shirinmiya, yeryong’oq

B)olma, gilos, shirinmiya

C)shirinmiya, burchoq, lola

D)na’matak, tugmachagul, javdar

58. Bildirilgan fikrlarni qaysi biri to’g’ri ?

A) changchi va urug’chi gullar boshqa boshqa tupda

joylashgan bo’lsa bir uyli o’simlik deyiladi

B) qiyshiq gullar ikki teng bo’lakga bo’linishi

mumkin

C) changchi va urg’chi bitta gulda mavjud bo’lsa



ikki uyli o’simlik deyiladi

D) makkajox’ori bir jinsli ikki uyli o’simlik

59. Binafsha, namatak, marmarak, gladiolus

gullarining to’gri yoki qiyshiqligini mos ravishda

ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A) to’g’ri, qiyshiq, qiyshiq, qiyshiq

B) qiyshiq, to’g’ri, qiyshiq qiyshiq

C) qiyshiq, qiyshiq, to’g’ri, to’g’ri

D) to’g’ri, to’g’ri, qiyshiq, qiyshiq

60. Bug’doy (a) va sholi (b) qanday to’pgul hosil

qiladi ?

A) a- oddiy boshoq b- murakkab shingil

B) a- murakkab boshoq b- murakkab soyabon

C) a- murakkab boshoq b- murakkab shingil

D) a- murakkab boshoq b- oddiy shingil

61. Quyida berilgan o’simliklarning gulqo’rg’on

bo’laklari qo’shilganlarini aniqlang.

1) karnaygul; 2) o’sma; 3) boychechak; 4) g’oza;

5) qo’ypechak; 6) olma; 7) marmarak. 8) lola

A) 1, 5, 7 B) 1, 2, 6, 7

C) 2, 3, 4, 8 D) 1, 5, 6

62. Gulqo’rg’oni yoq yoki tangachaga aylangan

o’simliklar qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?

A) terak, tok, o’rik, tol

B) yong’qo, o’rik, olma

C) tol terak, tut yong’oq

D) saksovul, sarv, bodom

63. Qalqoncha to’pgulning o’ziga xos jixatlarini

aniqlang.

1) gulpoyasi kalta; 2) gulpoyasi uzun;

3) gullari gulpoyaga navbat bilan joylashgan;

4) gulbandlari har hil uzunlikda; 5) gulbansiz;

6) gullari qarama-qarshi jolashgan.

A) 1, 3, 4 B) 2, 3 C) 2, 6 D) 3, 5

64. Oddiy shingil to’pgulga xos belgilarni ko’rsating

1) gulpoyasi kalta; 2) gulpoyasi uzun;

3) gullari gulpoyaga navbat bilan joylashgan;

4) gulbandlari har hil uzunlikda; 5) gulbansiz;

6) gullari qarama- qarshi jolashgan.

A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 6 D) 3, 5

65. Murakkab shingili boshoqchalardan (a) hamda

shingilchlardan (b) tashkil topgan o’simliklarni top?

A) a- sholi, tok b- nastarin

B) a- nastrain, makkajo’xori b- sholi, suli

C) a- makkajo’xori, sholi, suli b- nastarin, tok.

D) a- sholi, suli, arpa b- tok

66. Noto’g’ri fikrni toping.

A) urug’chining ustunchasi ichi g’ovak bo’ladi

B) changchi iplari soni o’simlik turiga qarab bittadan

bir nechtagacha bo’lishi mumkin

C) tuguncha gulning boshqa azolariga nisbatan

joylashishiga qarab ostki va ustki bo’ladi

D) ustunchaning ichki qismi suyuqlik bilan to’lgan

67. Achambiti guliga oid to’g’ri fikrlarni aniqlang

1) gulkosacha va gultojbarglar 5 tadan;

2) gulkosacha va gultojbarglar 4 tadan;

3) changchi 6 ta ikkita xalqada 4 va 2;

4) changchi 6ta ikki xalqada 3 va 3;

5) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan;

6) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan

A) 1, 3, 6 B) 2, 3, 6

C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 5

68. Gulbandi yo’q - o’troq gullarni ko’rsating

1) nok; 2) sebarga; 3) zubturum; 4) sabzi; 5) sholi;

6) gilos;7) bexi; 8) kungaboqar; 9) olma 10) shivit

11) makkajoxori urug’chili to’pguli

12) makkajo’xori changchili to’pguli.

A) 1, 6, 7, 9 B) 2, 3, 11

C) 1, 2, 8, 11 D) 4, 5, 10, 12

69. Kurtaklar bo’rtib, yangi barg yoki gul chiqqungacha bo’lgan davr nima deyiladi?


A)pauza B)tinim davri

C)faza D)interfaza

70.Kuchala to’pgul hosil qiladigan o’simliklarni toping.

a) tol; b) o’rik; c) yong’oq; d) nastarin e) sholi

f) oqqayin; g) eman; h) tok.

A) a, b, c B) d, e, h C) a, c, f D) c, g

71. Qaysi javobda murakkab to’pgulli o’simliklar

to’g’ri ko’rsatilgan ?

1) nok; 2) sebarga; 3) zubturum; 4) sabzi; 5) sholi;

6) gilos; 7) bexi; 8) kungaboqar; 9) olma 10) shivit

11) makkajoxori urug’chili to’pguli

12) makkajo’xori changchili to’pguli.

A) 1, 6, 7, 9 B) 2, 3, 11

C) 1, 2, 8, 11 D) 4, 5, 10, 12

72. Makkajo’xorining urug’chili to’pguliga muvofiq javobni aniqlang

1)oddiy to’pgul; 2)murakkab to’pgul; 3)gullari bandsiz;

4) murakkab shingil; 5) oddiy shungil; 6) so’ta;

7) boshoqchalardan iborat; 8 shingilchalardan iborat

A) 1, 5, 7 B) 2, 4, 8 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 7

73. Oddiy qalqoncha to’pgulli o’simliklarni aniqlang.

1) nok; 2) sebarga; 3) zubturum; 4) sabzi; 5) sholi;

6) gilos; 7) bexi; 8) kungaboqar; 9) olma 10) shivit

11) makkajoxori urug’chili to’pguli

12) makkajo’xori changchili to’pguli.

A) 1, 6, 9 B) 2, 3, 7, 11

C) 1, 2, 8, 11 D) 4, 5, 10, 12

74. Bir uyli deb qanday o’simliklarga aytiladi ?

A)har bir gulida changchi va urug’chi joylashgan bo’lsa

B) changchili va urug’chili guli boshqa tupda yetilsa

C) changchili va urug’chili gullari bitta tupda yetilsa

D) gulida faqat changchi bo’lsa

75. Ikki uyli o’simliklarni ko’rsating.

1) tut; 2) qayin; 3) olma; 4) makkajo’xori; 5) o’rik; 6) gazanda; 7) terak; 8) gilos; 9) tol.

A) 2, 4, 6 B) 1, 3, 8 C) 3, 5, 8 D) 6, 7, 9

76. Oddiy shingil to’pgulga xos belgilarni ko’rsating

1)gulpoyasi kalta; 2) gulpoyasi uzun; 3)gullari gulpoyaga navbat bilan joylashgan; 4) gulbandlari

har hil uzunlikda; 5) gulbansiz; 6) gullari qarama-

qarshi jolashgan.A) 1, 4 B) 2, 3 C) 2, 6 D) 3, 5

77. Tuguncha uchun xarakterli belgilarni ko’rsating.

1) urug’chining kengaygan pastki qismi; 2) urug’chini

kengaygan yuqorigi qismi; 3) meva hosil bo’lishini

taminlaydi; 4) tuzlishiga ko’ra ostki va ustki turlarga

bo’linadi; 5) tuzlishiga ko’ra bir uyali va ko’p uyali

bo’ladi; 6) uning ichida urug’kurtak joylashgan

A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4 C) 1, 4, 6 D) 2, 3, 5

78. Gultojga mos keluvchi ma’lumotlarni ajrating.

1) gulning eng tashqi qavatini hosil qialdi;

2) kulkosadan ichkarida joylashgan;

3) ko’pinch yashil rangda bo’ladi; 4) turli ranglarda bo’ladi; 5) gulqorg’on tarkibiga kiradi;

6) gulkosachabarglar yeg’indisidan tashkil topgan.

A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 1, 4, 5

79. Qaysi javobda dukkak mevali o’simliklar to’gri

berilgan ?

1) boychechak; 2) jag’-jag’ 3) burchoq; 4) mingdevona

5) oq akatsiya; 6) qurttana; 7) chuchmoma 8) loviya.

A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 6 C) 3, 5, 8 D) 1, 4, 7

80. Kartoshka tuganagining novda ekanligini isbotlovchi jihatlarni aniqlang.

1) kurtakka egaligi; 2) ichki tuzlishi; 3) oziq modda to`plashi; 4) vegetativ ko`payishiga xizmat qilishi;

5) qoshimcha ildiz hosil qilishi; 6) asosiy ildiz hosil qilishi

A) 4,5,6 B) 1,2,5

C) 1,2,3,4 D) 2,4,3,6

81. Bir urug`li quruq(a) va ko`p urug`li quruq(b) mevali o`simliklarni aniqlang.

1.makkajo`xori 2.lola 3.olma 4.arpa 5.o`rik 6.gledechiya

A)a-1,4 b-6 B)a-4,5 b-3

C)a-1,6 b-5 D)a-4,5 b-1

82. Barglari parallel (a) va to`rsimon (b) tomirlangan ko`sak meva hosil qiluvchi o`simliklarni aniqlang.

1) oqquray; 2)chuchmoma; 3) boychevhak; 4) lola; 5) bangidevona; 6) g`o`za; 7) afsonak

A) a-1,3,4 b-5,6,7 B) a-2,3,4 b-1,6

C) a-2,3 b-5,6, D) a-3,4 b-1,5,6

83.Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato?

A)gul shakli o`zgargan barg

B)qamish ildizpoyasi shakli o`zgargan novda

C)sabzi ildiz mevasi shakli o`zgargan ildiz

D)yantoq tikani shakli o`zgargan novda

84. Ko`p urug`li quruq(a) va bir urug`li ho`l mevali o`simliklarni ko`rsating.

1.namatak 2.lola 3.o`rik 4.behi 5.olcha 6.yerbag`ir tugmacha gul

A)a-2 b-3,5 B)a-6 b-1,4

C)a-1 b-3,4 D)a-4 b-3,5

85. Nok o’simligiga xos hususiyatlarni ko’rsating.

1) tanasi eniga va bo’yiga sekin o’sadi; 2) tanasi eniga va bo’yiga tez o’sadi; 3) oddiy bargli;

4) murakkab bargli; 5) chin meva; 6) soxta meva;

7) to’pguli shingil; 8) to’pguli qalqon;

9) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan;

10) gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan;

11) urug’chi chanchiga nisbatan uzunroq;

12) urug’chi chanchiga nisbatan qisqaroq.

a) 2,4,5,7,9,11 b) 1,3,6,8,10,12

c) 2,4,6,8,9,12 d) 1,4,5,7,10,11

86. Quyidagilar orasidan gullari qiyshiq , novdadagi barglari qarama-qarshi joylashgan madaniy buta(lar) tog’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang;

1) nastarin; 2) ligustrum; 3) chinnigul;

4) qumrio’t;5) atirgul; 6) rayhon; 7) shirinmiya;

A) 1,2,5 B) 3,5,7 C) 1,5 D) 1

87. Guli qiyshiq murakkab bargli ko'p yillik o'simliklarni aniqlang.

1) g’o’za; 2) yeryong'oq; 3) sebarga; 4) olma;

5) loviya; 6) yantoq; 7) na'matak; 8) beda

A) 2,5 B) 3,6 C) 4,7 D) 3,8

88. Bir jinsli (1) va ikki jinsli (2) gulga ega bo’lgan o’simliklarni aniqlang. a) tut; b) tol; c) Turkiston ismalog’i; d) shaftoli; e) gladiolus; f) na’matak
A) 1-a,b,d; 2-c,e,f B) 1-a,e,f; 2-b,c,d

C) 1-a,c,d; 2-b.e.f D) 1-a,b,c; 2-d,e,f

89. Qaysi o‘simliklarning gulida faqat changchi yoki urug‘chi (a), qaysilarida changchi va urug‘chi (b) bo‘ladi? 1.makkajo‘xori 2. Xolmon

3. Kamxastak 4.itqovun 5. terak 6. Oqqayin

7. oddiy lavlagi 8. Do’lana 9. Gazanda 10. Mosh

A)a-1.4.6 b.2.3.7.10

B)a-1.2.3.6 b-3.4.7.8

C)a-2.3.7.10 b-1.4.6.9

D)a-3.4.5.9 b-1.2.7.10

90. Gullari teng ikki bo’lakka ajraladigan buta (a) ko’p yillik o’t (b) bir yillik o’tlar (c) ni ko’rsating.

1) gulsafsar; 2) nastarin; 3) loviya; 4) beda;

5) kiyiko’t; 6) rayhon; 7) namatak; 8) ituzum. A) a-2; b-1,4,5; c-3,6

B) a-2,7; b-4,5,6; c-3,8

C) a-7,5; b-4,6; c-6,8

D) a-1; b-2,3,5; c-3,6

91. Na’matak o’simligini quyidagi belgilari bo’yicha morfologik analiz qiling: a) hayotiy shakli; b) barg tuzilishi; v) meva xili

A) a-yarim buta; b-oddiy, bandli; v-quruq, soxta, bir urug’li

B) a-buta; b-murakkab; v-soxta

C) a-buta; b-oddiy bandsiz; v-xo’l, chin, bir urug’li

D) a-buta; b-murakkab, yon bargli; v-quruq, chin, ko’p urug’li

92. Keltirilgan o’simliklarning qozoq meva hosil

qiladiganlarini tanlang

1) boychechak;2) karam; 3) burchoq;4) mingdevona

5) oq akatsiya; 6) qurttana; 7) chuchmoma 8) loviya.

A) 1, 3, 6, 7 B) 2, 6 C) 3, 5, 8 D) 1, 4, 7

93. Murakkab boshoq (1), murakkab shingil (b) to’pgullar qaysi o’simliklarga xos?

a) otquloq; b) rovoch; c) sholi;
d) arpa; e) javdar; f) bug’doyiq; g) zubturum
A) 1-a,b,c; 2-d,e,f

B) 1-a,e,f; 2-b,c,d

C) 1-c,d,e; 2-a,b,f

D) 1-d,e,f; 2-a,b,c

94.Gullari gulpoyaga uzun bandi bilan birikmagan o’simlilarni aniqlang.

1.zubtrum 2.jag’-jag’ 3.qamish 4.tol 5.o’sma

6.yong’oq 7.kungaboqar

A) 1,3,4,7 B)1,2,6,7



C) 1,4,6,7 D)1,2,5,7
Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling