1. Barqaror rivojlanish ta’rifi va tushunchasi. Barqaror rivojlanishning tashkil qiluvchi iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik yo‘nalishlari


Download 45.08 Kb.
bet6/7
Sana29.04.2023
Hajmi45.08 Kb.
#1399921
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
EKO. 8- ма\'r.

8. Ekologik ekspertiza – atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish yoki jamiyatning ekologik xavfsizligini ta’minlash talablariga ho‘jalik yurg‘izish faoliyati va uning ishlab chiqarish natijalari javob bera olishini maxsus vakolatlangan davlat organlari tomonidan olib boriladigan aloxida bir nazorat.
Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan ho‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini bel-gilash hamda ekologik ekspertiza ob’ektini ruyobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. Ekologik ekspertiza davlat, davlat sanitar va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit tarzida amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) - ho‘jalik yoki boshqa turdagi bajarilayotgan yoki bajarilishi mo‘ljallangan tadbirlarning ekologik xavflilik darajasini aniqlash, ularning tabiat muhofazasi talablariga mos kelishini baholash va loyihadagi tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni etarliligini aniqlash uchun o‘tqaziladi. DEEsi sohasidagi mahsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat kumitasi: - dav-lat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va o‘tqazadi; davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek, ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb qiladi.
Ekologik ekspertizani asosiy prinsiplari va mazmuni. Ekologik ekspertiza o‘tqazilishining zaruriyati O‘z Rning Konstitutsiyasi hamda “Tabiatni muhofaza qilish” va “Ekologik ekspertiza” to‘g‘risidagi qonunlari bilan belgilangan. Bu qonunlar va xujjatlarni talablariga barcha ob’ektlar va hujjatlar albatta ekologik ekspertizadan o‘tqazilishi shart.

Ekologik ekspertizaning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


  • qonuniylik;

  • xolislik;

  • asoslilik;

  • ekologik xavfsizlik talablarni xisobga olishning majburiyligi;

  • har qanday rejalashtirilayotgan ho‘jalik va boshka xil faoliyatning ehtimol tutilgan ekologik xavflilik prezumpsiyasi;

  • ho‘jalik va boshqa hil faoliyatning atrof tabiiy muhitga va fuqarorlar sog‘ligiga ta’sirini baholashning kompleksliligi.
Ekologik ekspertiza o‘tqazish ob’ektlari O‘zbekiston Respublikasini “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” (VI-nchi bobini 24,25,26 va 27 moddalari) va “Ekologik ekspertiza” to‘g‘risidagi qonunlarga asosan davlat ekologik ekspertizasining ob’ektlari qo‘yidagilardan iborat:

  • davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari;

  • barcha turdagi qurilishlar uchun er maydonlarini ajratish materiallari;

  • loyiha oldi va loyiha xujjatlari;

  • tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘lik ho‘jalik va boshqa hil faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy xujjatlarning loyihalari;

  • texnika, texnologiya, materiallar, moddalar, maxsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;

  • atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va boshqa ob’ektlar va boshqalar;

Tabiatni muxofaza kqilish tug‘risidagi qonunlarni hayotga tadbiq etish birinchi navbatda Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahsus mas’ul organlar, yuridik va fizik shahslar tomonidan kompetensiya va qoidalarga asosan amalga oshiriladi.
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlikka tortish masalalari O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydala­nish sohasidagi huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik me’yorlarida belgilangan. Ma’muriy kodeksda jinoyat turiga qarab turli miqdorda jarimalar to‘lash va ma’lum huquqdan mahrum qilish jazolari ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublika­si jinoyat kodeksining IV bo‘limi «Ekologiya sohasidagi jinoyatlar» deb yuritiladi. Jinoyat kodeksida ekologiya sohasidagi turli jinoyatlar uchun jarima to‘lash, muayyan huquqdan mahrum qilish, mol-mulkni musodara qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq, va ozodlikdan mahrum qilish choralari belgi­langan. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan yangi «Ma’mu­riy javobgarlik to‘g‘risida»gi jinoiy va jinoiy protsessual kodekslar Respublikada tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish ishlarida muhim rol uynaydi.

Download 45.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling