1. Barqarorlik,tinchlik,totuvlik-davlatchilikning poydevori sifatida


Download 57 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi57 Kb.
#183471
Bog'liq
Oraliq


Variant-16

1.Barqarorlik,tinchlik,totuvlik-davlatchilikning poydevori sifatida.

2.Millatchilik,uni keltirib chiqaradigan sabablar.

3.Huquqiy savodxonlik-ma’naviy yetuklik mezoni.

Ma`lumki O`rta Osiyo, xususan O`zbekiston hududi qadim asrlardan turli madaniyat, til, urf-odat, turmush tarziga ega bo`lgan, xilma-xil dinlarga e`tiqod qiluvchi, bir-biriga o`xshash bo`lmagan bir necha xalqlar yashagan o`lkadir. O`zbekistonning jo`g`rofiy nuqtai nazaridan muhim savdo yo`llari chorrahasida joylashgani, ko`plab davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar qilgani turli xalqlarning diniy va ma`naviy hayotiga, shuningdek, Movarounnahrdagi urf-odatlar ham o`zga yurtlar madaniyati rivojiga salmoqli ta`sir ko`rsatgan. Bu esa o`ziga xos millatlararo ham jihatlik va diniy bag`rikenglikni shakllantirishdagi asosiy omillardan biri bo`lib xizmat qilgan.

Bu haqda Prezidentimiz o`zlarining «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida: «Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi», deb qayd etganlari ham bejiz emas. Haqiqatan ham O`zbekiston zaminida qadim zamondan islom dini bilan boshqa dinlar yonma-yon yashab, rivojlanib va bu jamiyatning ma`naviy yuksalishiga muayyan hissa qo`shdi.

2. Hozirgi kunga kelib, respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Turli millat va elat vakillari uchun esa bir qancha milliy-madaniyat markazlari faoliyat yurgazib kelmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida Angren shahar rus milliy-madaniyat markazi, Olmaliq shahar ukrain milliy-madaniyat markazi, Oqqo`rg`on tumani koreys milliy-madaniyat markazi, Viloyat qozoq milliy-madaniyat markazi, Yangiyo`l shahar tatar milliy-madaniyat markazi kabilardir.

O`zbekistonda barcha diniy tashkilotlarga qonun doirasida teng sharoit yaratib berilgan. Ularning qonunga mos istaklari ro`yobga chiqarilmoqda.


Bundan tashqari, O`zbekistonda bugungi kunda musulmonlar uchun 2000 dan ziyod masjid va 10 ta o`quv yurtlari faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Toshkent viloyati hududida esa 200 ortiq masjid rasmiy ro`yxatdan o`tgan.
Ilmiy manbalar O`zbekiston — ilk diniy qarash va tasavvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o`lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O`lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, budizm, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega bo`lgan dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganlar.
VIII asrda Markaziy Osiyoga kirib kelgan islom va mahalliy dinlarning, ularga xos qadriyat va odatlarning qorishishi yuz berdi. Markaziy Osiyo xalqlari islom diniga mahalliy diniy axloq g`oyalari, huquqiy me`yorlar va urf-odatlarni olib kirdilar. Prezidentimiz I. Karimov bu xususida shunday deganlar:

«Xalqimizning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma`naviy uyg`onishning yana bir bitmas-tuganmas manbaidir. Ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g`oyat xilma-xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan, tinch-totuv yashagan markaz bo`lib keldi. etnik sabr-toqat, bag`rikenglik hayot bo`ronlaridan omon qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me`yorlarga aylandi. Hatto bu hududlarni bosib olganlar ham Markaziy Osiyo xalqlarining madaniyati oldida bosh egibgina qolmay, uning eng qimmatbaho an`analarini, shu hududda mavjud bo`lgan davlatchilik an`analarini avaylab qabul qilganlar.


Ayni shu zaminda ko`p asrlar mobaynida jahon madaniyatlari dunyo miqyosida bir-birini boyitgan. Bu yerda ko`chmanchi xalqlar o`troq xalqlar bilan, eronlik qabilalar bilan, musulmonlar, nasroniylar va yahudiylar bilan ko`p asrlar birga yashab kelganlar. So`nggi ikki asr davomida ham o`zlarini «madaniyatli» va «ma`rifatli» hisoblab kelgan davlatlar ommaviy qirg`inlar va diniy ta`qiblar bilan o`zlariga dog`  tushirgan bir paytda, O`zbekiston zamini xalqlar va madaniyatlar tinch joylashgan bir joygina bo`lib qolmay, balki quvg`in qilingan xalqlarga boshpana ham berdi».

Hech kimga sir emaski, bugungi kunda turli dinlar va madaniyatlarga mansub davlatlar o`zaro yaqinlashmoqda. Bu hol ular orasidagi ijtimoiy, madaniy va diniy sohalardagi doimiy muloqotlarni taqozo etmoqda. Shu maqsaddan kelib chiqib 1945 yilda BMT ustavi «sabr-toqatli bo`lish va jahonda yaxshi qo`shnilar sifatida birgalikda yashash hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni qo`llab-quvvatlash uchun sa`y harakatlarimizni birlashtirish»ni o`z maqsadlaridan biri deb e`lon qildi. 1981 yil 25 noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 361 55-rezolyutsiyasi din yoki e`tiqodga asoslangan sabr-toqatsizlik va kamsitishning barcha shakllarini tugatish to`g`risidagi deklaratsiyani e`lon qildi.




Millat ayirish; oʻz millatining haqhuquklarini boshqa millatlar haqhuquqidan yuqori qoʻyish, oʻz ehtiyojlari va manfaatlarini oʻylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik. Millatchilik milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi boʻladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. «Millatchilik» va «ta-jovuzkor Millatchilik» tushunchalarini farqlash lozim. Millatchilik oʻz millatining manfaatlarini yuqori qoʻyishga intilish orqali bir millatni bilibbilmay ulugʻlab, bu bilan milliy totuvlikka xavf tugʻdirsa, tajovuzkor Millatchilik jamiyatdagi hamjihatlikka ochikdanochiq qarshi chiqadi. Millatchilik ayrim soxta millatparvarlik gʻoyalariga tayanib, milliy oʻzligini anglash bilan bogʻliq milliy til, milliy ruhiyat, milliy ong, milliy gʻurur, milliymaʼnaviy qadriyatlar va sh. k. ni qurol qilib oladi. Aslida Millatchilikda milliy oʻzligini anglash yotdir. Chunki milliy oʻzligini anglash oʻz milliy xususiyatlari va oʻziga xoslikni tan olish bilan birga boshqa millatlarga xos barcha fazilatlar va qadriyatlarni ham eʼtirof etish va ulardan foydalanishni taqozo qiladi. Millatchilikning siyosiy tusda namoyon boʻlishi salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi, davlat va millatning xavfeizligigagina emas, ayni vaqtda mintaqaviy, keng koʻlamli xavfeizlikka tahdid soluvchi kuchga aylanadi. Tajovuzkor Millatchilik shovinizm, buyuk davlatchilik shovinizmi, irqchilik, fashizm gʻoyalari b-n uzviy bogʻliqdir. Demokratik jamiyatda bunday Millatchilik koʻrinishlariga yul qoʻyilmaydi.

Koʻp millatli davlatlar jumlasiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbeklar bilan bir katorda uz madaniyati va anʼanalariga ega bulgan 100 dan ortiq millat vakillari istiqomat qiladi. Ularning mamlakat aholisi umumiy tarkibidagi ulushi 20 foizdan ortiqrokdir. Bunday sharoitda bir xalqni boshqasiga qarama-qarshi qoʻyish, milliy ustunlik qilish yoʻlidagi har qanday urinishlarning oldini olish muhimdir. Shuning uchun ham mamlakat Konstitutsiyasida «Oʻzbekiston Respublikasi oʻz xududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari xurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb yozib qoʻyilgan.

3. Xuquq - bajarilishi majburiyligi o‘rnatilgan yurish-turish qoidalar, xatti- harakatlaridir. Huquqning majburiyligi davlat tomonidan o‘rnatiladi va bajarilishi ta’minlanadi. Huquq tushunchaksi fuqarolarga nisbatan olinsa, u Konsututsiyaviy yoki oddiy huquqlarga bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstiutsiyaviy me’yorlar bilan oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan tartibga solinadi. Huquq o‘z navbatida tarmoqlarga bo‘linadi: konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq fuqarolik huqo‘qi, jinoyat huquqi va boshqalar.

Huquq va ma’naviyat o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bir birini barpo etish, insonparvar fuqarolik jamiyatni vujudga keltirish byuilan uzviy rivodjlanib bormoqda. Buni ma’naviyatni rivojlantirmasdan amalga oshrib bo‘lmasligi hammagna ayon Mmalakat Prezidenti Islom Karimov ma’naviy – axloqiy va madaniy yuksalishni xalqimizning azaliy turmush demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning kafolati deb bildi.

Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, to ma’naviy kamolotga etmaguncha to xatti- harakatlarimiz munosabatlarimiz aqlu –idrok va umummanfat doriasiga ko‘tarilmaguncha demokratiyaning mazmuni ham, ko‘lami ham talab darajasida bo‘lmaydi. Bu bevosita fuqarolar ongi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish jarayonlari bilan bog‘liq. SHu bosidan ham albatta bu jarayon savodxonlik bilan belgilanadi. Demak, ma’naviy va madaniyatneing asosiy belgilaridan biri- savodxonlik va ilm bo‘lib, bular ma’naviy boyligimizning poydevori hisoblanadi. Hozirgi sohada ishlayotgan 46 ming xodimdan 2,8 mingga fan doktori 16,1 ming fan nomzodlari- kelajagi taraqqiy etayotgan davlatimiz rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shib kelayapti.

O‘zbeksiton Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1997 yil 20 may kuni respublika huquq- tartibot idoralari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy ommaviy axborot vositalari bilan bo‘lgan uchrashuida ko‘tarilgan eng muhim mavzu:


1.huquqiy bilim
2.huquqiy ong
3.huquqiiy madaniyat qilib belgilandi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi» matbuotda e’lon qilindi.
Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling