1 Bemorlarga umumiy parvarish nima?
Download 254.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1 Bemorlarga umumiy parvarish nima
Dispanser lotincha dispense - tarqatish-taqsimlash) dispanser usuliga muvofiq ishlaydigan maxsus
ihtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasasidir. Dispanser muayyan kasallikka chalingan bemorlar guruhlarini faol erta aniqlash va ularni ruyxatga olish, ularni tizimli- dinamik kuzatish, ihtisoslashtirilgan tibbiy @Mahmud_Yazdanov +998913182468 yordam ko‘rsatish, mehnat reabilitatsiya va bu bemorlarning hayot uchun tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek, kasallik va uning sabablarini o‘rganish, kasalliklarning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish va sanitar- oqartuv ishlarni amalga oshiradi. Shunday qilib, dispanser tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan mustaqilixtisoslashgan muassasa bo‘lib, u bemorlarning muayyan kontingenti uchun tibbiy-profilaktika yordamini ko‘rsatadi. Ayni paytda, sog‘liqni saqlash tizimida dispanserlarning quyidagi turi mavjud: kardiologik, tuberkulyozga qarshi, onkologik, teri va tanosil kasalliklari, psiqonevrologik, narkologik, buqoqga qarshi, endokrinologiya, tibbiy-sport. Dispanserning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: bemorlarning qaysi profildagi kasallikka chalinganligini erta aniqlash;ü belgilangan bemorlarni kuzatish patronaj);ü maxsus tibbiy yordam;ü bemorlarni reabilitatsiya qilish;ü kasallikning oldini olish;ü kasallikning tarqalishi va rivojlanish sharoitlarini o‘rganish.ü sanitar-oqartuv ishlari.ü Shifoxona – tibbiy profilaktika muassasasi bo‘lib, aholini statsionar sharoitlarda ilm-fan va texnika yutuqlari asosida erishilgan yuqori malakali xizmatlar bilan ta‘minlaydi. Shahar shifoxonasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Ko‘p tarmoqli- har xil kasalliklar bilan kelgan bemorlarni davolash uchun; Ixtisoslashgan - muayyan kategoriyali bemorlarni davolash uchun sil, yuqumli, ruxiy va boshqalar) Viloyat yoki respublika shifoxonasi qishloqaholisini yuqori malakali mutaxassislar, konsultativ, poliklinika va statsionar tibbiy yordam bilan ta'minlaydi. Klinika - davolash muassasasi bo‘lib, unda na faqat bemorlar statsionar davolanishadi, balki, klinika ilmiy- tadqiqot ishlari olib borish uchun, talabalar, shifokorlar, o‘rta tibbiyot xodimlarini o‘qitish uchun ham qo‘llaniladi. Download 254.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling