1. Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen, Ham mol yig`ishtirur laim ermasmen misralaridagi " laim" so`zining ma`nosi?
Download 17.24 Kb.
|
Test 5
Test 1.Beqaydmen-u, xarobi siym ermasmen, Ham mol yig`ishtirur laim ermasmen….misralaridagi “ laim” so`zining ma`nosi? A) gado B) shoh C) ochko`z D) loqayd 2. Muqumiy “Sayohatnomasi”da “….ermaklari ko`knori” deb ta`riflangan qishloq? A) Do`rmancha B) Bo`rbaliq C) Ultarma D) Oq yer 3. O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyada Hakima aya kamtargina nafaqasini qo`shnilarning farzandlari xursandchilklari uchun sarflaydi. A) “Alla” B) “Iltijo” C) “Qarz” D) “Gilam paypoq” 4.Quyidagi asarlardan qaysi biri O`.Hoshimovning dramasi emas? A) “Qatag `on” B) “To`ylar muborak” C) “Inson sadoqati” D)”Ikki karra ikki besh” 5. Nodar Dumbadzening qaysi asri asosida o`zbek san`atkorlari tomonidan ko`p qismli videofilm yaratilgan? A) “Kukaracha” qissasi B) “Oq bayroqlar” romani C) “Abadiyat qonuni” romani D)”Quyoshni ko`ryapman” romani 6. Muqumiy sayohatnomasida “firdavs bog`i” deb ta`riflangan qishloq? A) Zohidon B) Chimyon C) Rishton D) Vodil 7. Nodar Dumbadzening “Hellodos” nomli hikoyasida Jamol xolavachchasining ismi kim? A) Petya B) Koka C) Vova D) Vika 8. “Bolalikning ko`ngli podsho” hikoyasida “ Sersaqol, muloyi, shirinso`z keksa” kim edi? A) Musa Baqqol B) Sobir Baqqol C) Dadaqo`zi ota D) Mirahmad ota 9. Muqumiyning sayohatnomasida “yer ostida zindon deb ta`riflangan qishloq? A) Zohidon B) Chimyon C) Rishton D) Vodil 10.Muqumiy sahohatnomasida qaysi qishloq sellarda qolib ketgani aytiladi? A) Zohidon B) Chimyon C) Rishton D) Vodil 11. Muqumiy sayohatnomasida qaysi qishloqning odamlarni yengilnamo, bir-birlari bilan ko`p jang qiladigan deb ta`riflaydi? A) Qudash B) Beshariq C) Rafqon D) Yayfan 12. Muqumiy sayohatnomasida “o`ynob kelodir suvlari, shirin zardulolari “ deb ta`riflangan qishloq? A) Tikka rabot B) Isfara C) Yakkatut D) Nursux 13. Muqumiyning “Qo`qondan Isfaraga” yo`nalishli sayohatnomasida va “Qo`qondan Farg`onaga “ yo`nalishidagi sayohatnomasida ham tilga olingan qishloqlar qaysi? A) Yakkatut, Yayfan, Isfara B)Yayfan, Nursux, Rafqon C) Yayfan, Nursux, Tikka Rabot D), Yakkatut, Yayfan, Nursux 14. “Hayrat-ul abror”ning nechanchi maqolati to`g`rilik haqida? A) 10 B) 12 C) 20 D) 15 15. A.Oripovning “O`zbekiston” qasidasining hajmi? A) 100misra B) 120 misra C) 140 misra D) 160 misra 16. Mirtemirning ilk she`riy to`plami qachon e`lon qilingan? A) 1925-yilda B) 1926-yilda C) 1927-yilda D) 1928-yilda 17.Sa`diyning qaysi asaridagi bir hikoyatda yomon xotin davosiz dard, hayosiz dushman kabidir degan xulosa chiqadi? A) “Guliston” B) “Bo`ston” C) “Gulzor” D) “Mahbub ul qulub” 18. Ustiga yuk ortilgan eshak, Na olim na donodir beshak….. misralari qaysi asardan olingan? A) “Guliston” B) “Bo`ston” C) “Gulzor” D) “Mahbub ul qulub” 19.Sa`diyning “Bo`ston” asari qachon o`zbek tiliga o`girilgan? A) 1950-yilda B) 1960-yilda C) 1970-yilda D) 1972-yilda 20. O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari “ qissasidagi qaysi hikoya ilohiy kuchga ega bo`lgan, ko`ngillarni eritadigan ohang haqida? A) “Alla” B)”Iltijo” C) “Qarz” D) Gilam paypoq” 21.Chiston qaysi shakllarda yaratiladi? a) fard, bayt, g‘azal b) bayt, fard, qit'a, ruboiy, g‘azal c) fard, qit'a, ruboiy d) bayt, fard, qit'a, g‘azal 22.“Uxalam o’zbek eli asri taraqqiyot vaqtida!” Misra Hamzaning qaysi she’rida olingan? A. “Dardiga darmon istamas” B. “Jonlarni janoni vatan” C. “Turon” D. “Tig’la, Turkiston” 23. Gyotening “Faust” asarini kim, qachon o’zbekchaga tarjima qiladi? A. E. Vohidov, (1975) B. A. Oripov (1974) C. A. Oripov (1970) D. E. Vohidov (1974) 24. A. Oripov Amur Temur haqida qanday asar yozdi? A. “Sohibqiron” dostoni B. “Amur Temur” dostoni C. “Sohibqiron” drammasi D. “Amur Temur” she’ri 25. “Ilohiy komediya” asari muallifi va uni o’zbek tiliga kim tarjima qilgan? A. Yesenin, E. Vohidov B. Pushkin, U. Nosir C. Dante, E. Vohidov D. Dante, A. Oripov 26. Nodar Dumbadze romanlarini sanang. 1. “Quyoshni ko’ryapman”; 2. “Qo’rqmang onaginam!”; 3. “Qishloq bolalari”; 4. “Oq bayroqlar”; 5. “Abadiyot qonuni”; 6. “Men , buvim Iliko va Illarion”; 7. “Hellados” A. 1,2,3,4,5 B. 2,3,4,6,7 C. 1,2,3,4,5,6 D. 1,2,4,5,6 27. Hoji buva qaysi hikoya qahramoni edi? A) “Iltijo” B) “Qarz” C) “Alla” D) “Gilam paypoq” 28. O`tkir Hoshimov qissalarini to`g`ri toping. A) «Oltin bаldоq», «O‘ris bоlаning оyisi» B) «Bаhоr qаytmаydi», «Dunyoning ishlаri» C) «Dаftаr hоshiyasidаgi bitiklаr» ,«Muhаbbаt» D) «Nur bоrki, sоya bоr», «Тushdа kеchgаn umrlаr» 29. Noningni yo‘qotsang yo‘qot, nomingni yo`qotma!.....jumla muallifini toping. A)M.Osim B) Oybek C) Mirtemir D) O`.Hoshimov 30. Tepa-tepa paxta,beg`ubor sara Kuzgi xirmonlarning akslari go`yo…misralari shoir Mirtemirning qaysi she`ridan olingan? A)”Bulut” B) “Shudring” C) “ Qishlog`im” D)”To`rg`ay” Download 17.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling