1-bilet Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
Download 141.67 Kb.
|
Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi
1-bilet 1.Hayvonlarning oziqlanishi va oziq turiga qarab ixtisoslashishi. Hayvonlarning ma’lum turdagi oziqaga moslashganligi ularning oziqlanishida qanday turdagi oziqa nisbatan ko’p miqdorni tashkil etishiga qaraladi.Shunga binoan quyidagi guruh hayvonlari farq qilinadi, ya’ni monofagiya - faqat bir turdagi oziqaga moslashgan, oligofagiya - faqat bir biologik ko’rinishga ega bo’lgan oziqa bilan oziqlanuvchi hayvonlar. (Masalan, daraxtsimon o’simliklar urug’i bilan; ularning vegetativ qismlari bilan; o’tsimon o’simliklar bilan, hasharotlar bilan, mayda qushlar bilan va hokazo); polifagiya -ko’pgina biologik guruhlarga mansub bo’lgan organizm mahsulotlari bilan oziqlanuvchi hayvonlar va nihoyat pantofagiya - hammaxo’r hayvonlar. Aytib o’tilgan guruhlar orasida aniq bir chegara o’tkazish qiyin. Shunga binoan ba’zan ma’lum bir oziqaga ixtisoslashgan (chegaralangan) bo’lsa, stenofagiya, oziqani tanlamaydigan hammaxo’r guruhni evrifagiya deb atash qabul qi lingan.Monofag oziqlanish turi umurtqasiz hayvonlarda, ayniqsa, hasharotlar orasida ko’p uchraydi. Masalan, 125 turdan iborat bo’lgan tuproq burgachalaridan 40 turi monofag bo’lib, faqat bir turi o’simlikda uchraydi yoki o’simlik nematodalaridan poya nematodasi faqat piyozboshli o’simliklarning piyozida parazitlik qiladi.Hayvonlarning endoparazitlari orasida monofaglar anchagina uchraydi.Masalan, osyotrsimon baliqlardan faqat sterlyadda Cystoopsis acipenseris nematodasi parazitlik qiladi.Ektoparazitlar orasida monofaglar ancha kam uchraydi. Masalan, har bir tur bit faqat ma’lum bir xo’jayinda yashaydi. (Odam biti). Shunday xususiyat patxo’r va parxo’rlarda ham mavjud.Oligofagiya monofagiyaga nisbatan ko’proq uchraydi. So’rg’ichlilar, xartumboshlilar, sestodalar, nematodalar va bir qator kanalar o’zlarining individual taraqqiyotini bir necha xo’jayinda amalga oshiradi yoki biron bir bosqichini bir necha turga mansub bo’lgan hayvonlarda (xo’jayinda) o’tkazishi mumkin.Oligofagiya baliqlar, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va qushlar orasida ham ko’p uchraydi. Kaspiy dengizining Shimoliy qismida uchrovchi baliqlar orasida chuvalchangxo’r, (sterlyad, uzundumli ho’kizcha), mollyuskaxo’r (vobla), qisqichbaqaxo’r (oqcha, kaspiy ho’kizchasi) va yirtqich baliqx o’rlar (osyotr, sudak, beluga) ni ajratish mumkin.Ilonlar orasida faqat mayda sut emizuvchilar bilan yoki qushlar, yoki sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Masalan, qora ilon, qalqontumshuq ilon, qush bug’ma iloni qushlar va reptiliyalar bilan oziqlanadi. Cho’l toshbaqasi doimo shirali o’simliklar bilan oziqlanadi.Sut emizuvchilar orasida oligofagiya nisbatan kam uchraydi.Masalan, ko’rshapalaklar faqat tungi hasharotlar bilan oziqlanadi.Sut emizuvchilardagi oligofagiya faqat mavsumiy hisoblanadi, shunga binoan ularning oziqasi ko’paygan vaqtda faolligi oshadi.Oziqa kamayib yoki yo’qolib ketishi bilan ular uyquga ketadi. Masalan, yumronqoziq va sug’urlarning vaqtli uyquga ketishi. Evrifagiya (polifagiya va pantofagiya) shaklida oziqlanuvchi hayvonlaro’rtacha va yuqori mintaqada tarqalgan turlar uchun xosdir, chunki ular mavjud oziqadan maksimum foydalanadi. Masalan, makkajo’xori kapalagi 160 turdagi o’simliklardan o’z oziqasini oladi. Yosh baliqchalar ham juda ko’p turdagi o’simlik va hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularning ozuqa ratsionida evglenasimonlar, diatom suv o’tlari, ipsimon suv o’tlari, tuban qisqichbaqasimonlar, kolovratkalar va bir necha guruh bir hujayrali hayvonlar bor.Baqalar ham turli-tuman oziqlar bilan oziqlanadi.Turli yirtqich qushlar 100 turga yaqin hayvonlar bilan oziqlanadi. Ularning oziqa ratsionida sut emizuvchilar, turli mayda qushlar, baqalar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, hasharotlar, mollyuskalar, chuvalchanglar mavjud.Yirtqich sut emizuvchilar o’simlik va hayvon mahsulotlari bilan oziqlanadi. Masalan, Sibir taygasida yashovchi ko’pgina sut emizuvchilarning oziqasi kedr urug’i hisoblanadi. Oddiy dala sichqoni qariyb 500 turdagi o’simliklarning mevasi va urug’i bilan oziqlanadi. Evrifagiya xususiyati shu hayvonlarning oziqasi kam bo’lgan zonalarda yashab qolishini ham ta’minlaydi. Download 141.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling