1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Labihovuz ansambli haqida ma’lumot bering


Download 280.7 Kb.
bet19/53
Sana31.01.2024
Hajmi280.7 Kb.
#1832809
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
Bog'liq
1-bilet Shayboniylar davlatining tashkil topishi

2. Labihovuz ansambli haqida ma’lumot bering.
Buxorodagi me’moriy yodgorlik (17-a.). Dastlab bozor maydoni bo‘lgan. Maydon o‘rtasida katta qovuz qazilib (1620 y.) atroflari sinchlar b-n mustahkamlangan, xarsanglardan zinapoyalar, marmardan tarnovlar ishlangan. Shag‘al va tuproq b-n to‘ldirilib shibbalangan. Hovuz eni 36 m., bo‘yi 45,5 m., chuq. 5 m. Uning g‘arbida Nodir Devonbegi xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shim.da Ko‘kaldosh madrasasi va Ernazar elchi madrasasi (saqlanmagan) qad ko‘targan. Hozirda hovuz atrofiga chinorlar ekilib, choyxona qurilgan. Yodgorliklar ta’mirlangan.
3. Galileo Galiley hayoti va ilmiy faoliyati.
G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob - teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yev-ropaning birinchi olimi edi. Uning tad-qiqot ishlari Kopernikning ta’limotini tasdiqladi. Bundan tashqari, G. Galiley Oyda ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini qayd etdi. G. Galiley o‘z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi. Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur etdi. 1992-yilda Rim Papasi Ioann Pavel II (marhum) G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarori bekor qilinganligi va G. Galileyning oqlanganligini e’lon qildi. Ayni paytda u inkvizitsiyaning buyuk olimga nisbatan o‘tkazgan zulmi uchun kechirim so‘radi.
12-BILET
1. AQShning tashkil topishi.
Amerika Qo'shma Shtatlari — federativ respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshlig'i, qurolli kuchlar bosh qo'mondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitseprezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yo'li bilan (saylovchilar hay 'ati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2-yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — Amerika Qo'shma Shtatlari hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat bo'ladi. Hukumat kongress oldida mas 'ul emas. Har bir shtatning o'z konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga 27 oshiradi. Amerika Qo'shma Shtatlari davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiyhuquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning bo'linishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning bo'linish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmog'i qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular o'rtasida vazifalarning chegaralab qo'yilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq Kongress, Prezident va Oliy suddir.

Download 280.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling