1. Биоценоз деб нимага айтилади?


Download 11.82 Kb.
Sana30.11.2021
Hajmi11.82 Kb.
#178127
Bog'liq
Саволлар(3)(1)


Саволлар

1.Биоценоз деб нимага айтилади?

Biotsenoz (bio... va yun. koinos — umumiy) — shartsharoiti bir xildagi muhitga moslashib olgan va bitta joyning uzida birga yashaydigan barcha organizmlar. B.da yashaydigan oʻsimlik hamda hayvonlar doim bir-biriga maʼlum munosabatda boʻladi. Ularning shu munosabati hayot kechirish sharoitiga ham taʼsir kursatib turadi. B. u mumiy tabiiy kompleks — biogeotsenozning bir qismidir. Odamking xoʻjalik faoliyati B.ni oʻzi uchun foydali tomonga qarab oʻzgartirishi mumkin. Turlar urtasidagi munosabatlarning ikki va undan koʻp tur uchun qulaylik tugʻdiradigan xili oʻzaro yordam deyiladi.

2. Микро биоценоз тушунчасига таьриф беринг?

Biosenozlarning tur tarkibi ular hayotining uzoqligiga ham bog’liq. Yosh, endi tarkib topayotgan Biosenozlar kamroq turlarga ega. Inson tomonidan yaratilgan sun’iy Biosenozlar ham kambag’aldir. Lekin eng kambag’al Biosenozlar ham kamida bir necha unlab turlarni o’zida birlashtiradi. Deyarli barcha Biosenozlar o’z tarkibida mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlarni oladi. Kam xollarda Biosenozlar o’simliksiz (masalan, g’orlarda, suvning chuqur qatlamida) yoki faqat mikroorganizmlardan iborat bo’ladi. (anaerob muhitlarda va h.o.).

3. Продуцентлар тушунчасига таьриф беринг?

Produtsentlar (lot. producentis — ishlab chiqaradigan, hosil qiladigan) — fotosintez va xemosintez yordamida anorganik moddalardan organik moddalar hosil kiladigan avtotrof organizmlar. P. geterotrof organizmlar — kon-sumentlar va redutsentlarga qaramaqarshi qoʻyiladi. Quruklik va suv ekosis-temasidagi asosiy P. — yashil oʻsimliklar hisoblanadi. P. oziqlanish zanjirining boshlangʻich zvenosini, barcha ekosistemalar asosini tashkil etadi.[1]

4. Консументлар тушунчасига таьриф беринг улар қандай фарқланади?

Konsumentlar (lot. consumo -isteʼmol qilaman) — trofik zanjirda tayyor organik moddalarni isteʼmol kiladigan organizmlar. K.ning barchasi geterotrof. Bitta zanjirda birinchi tartibdagi (oʻtxoʻr hayvonlar), ikkinchi, uchinchi va h.k. tartibdagi K. (etxoʻrlar, yirtqichlar, parazitlar va boshqalar) oʻrin oladi.[1]

5.Фосфор айланиши нима?

Fosfor faol metallmaslar jumlasiga kiradi. Uning oksidlanish darajalari +5, +3, +1,0 va —3 ga teng . Yuqori temperaturada (1000° dan yuqorida) Fosfor bugʻlari, asosan, R2 molekulalaridan iborat. Quyi temperaturada Fosfor bugʻlari tetraedr shaklidagi R4 molekulalaridan tuzilgan. Fosforning —3 oksidlanish darajadagi birikmasi RN3 — juda zaxarli gaz. Fosforning +3 ga muvofiq oksidi R4O6 tarkibli dimer molekulalardan, +5 ga muvofiq oksidi R4O|0 molekulalardan tuzilgan. Fosforning bu oksidlariga muvofiq keladigan kislotalari N,RO3 — ortofosfit kislota, NRO2 — metafosfit kislota, N3RO4 — ortofosfat kislota, NRO3 — metafosfat kislota, N4R2O7 — pirofosfat kislota. Ortofosfat kislota kuchi oʻrtacha kislotalar jumlasiga kiradi, u 3 asosli.

6.Табиий ландшафтлар нима?

Tabiiy landshaft — faqat tabiiy omillar ta’sirida shakllangan yoki shakllanayotgan landshaftdir. Unga inson faolliyati ta’sir etmagan bo‘ladi. Masalan, Chotqol biosfera qo‘riqxonasidagi archazorlar shular jumlasiga kiradi

8. Агроценозда қайси ўсимликлар ўсади?

Agrosenoz deb – bir yoki bir necha turga mansub inson qoʻli bilan yaratilgan madaniy oʻsimliklar turiga aytiladi.

9. Популяция нима?

Populyasiya (lot. populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va ma-konda bir-biriga oʻzaro taʼsir kursa-tadigan organizmlar guruhi. P.dagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. "P." terminini daniyalik genetik V.Iogansen genetik ji-hatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).

10. Популяциянинг қандай характерли биласизми?

Tabiatda P.ning turli xil tiplari uchraydi: yopiq P. (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar gu-ruhi); panmiktik P. (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha P. (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izo gen P. genetik ji-hatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan P. — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi

11. Популяциянинг қандай типлари бор?

Pop[ulyatsiyalar egallagan hududi va ular o’rtasidagi aloqaning darajasiga qarab quyidagicha tiplanadi. Elementar, ekologik va geografik.

Elementar populyatsiya –guruhlarning eng kichigi bo’lib, bir birini to’ldiradi.

Ekologik populyatsiya-aralash elememtar populyatsiyalaring ma’lum bir muhitda o’zaro bog;liqligi

Geografik populyatsiya- ma’lum bir joydagi aralsh ekologik populyatsiyalarning o’zaro bog’liqligi.

12. Популяциянинг вақтда ўсиши ва модели нима?

Har qanday populyatsiya bir qator xususiyatlarga ega, ma'lum tuzilishga va tashkilotga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, populyatsiyaga xos bo'lgan o'ziga xos xususiyatlar uning holatini individual shaxslar emas, balki butun organizmlar guruhi sifatida aks ettiradi. organizmlar guruhi sifatida populyatsiyaning xossasi uni tashkil etuvchi har bir shaxsning xususiyatlarining mexanik yig'indisi emasPopulyatsiyalar fazoviy (statik) va vaqtincha (dinamik) xususiyatlarga ega.

13. Популяциялар нега муҳофаза воситаси ҳисобланади?

Demak populatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir. O‘zbekistonning shuvoq barra o‘tli yaylovlaridagi shuvoqlar populyasiyasi, qumli cho‘llardagi oq saksovullar, izenlar, qandimlar populyasiyalari, qo‘llardagi baliqlar populyasiyalazenlar, qandimlar populyasiyalari, qo‘llardagi baliqlar populyasiyalari, dalalardagi chigirtkalar populyasiyalari, kishi organizmidagi tif yoki sil kasalliklarini tugdiruvchi bakteriyalar populyasiyasi yoki shag‘arda odamlar populyasiyasi ana shu tushunchaga misol bo‘la oladi. Xonaki xayvonlarning aloxida guruxlari (zotlar, podalar) va o‘simliklarning madaniy guruxlari (navlari, linyalari, klonlari va boshqalar) xam populyasiya atamasi bilan ifodalanadi.

14. Турлар миграцияси қачон юз беради?

Ko'plab turli faktorlar kuzda qushlar ko'chib yuradigan vaqtga ta'sir qiladi va ular o'z vaqtida ularning nasl-nasabidan qishlash joylariga o'tish uchun qachon to'g'ri kelishini aniqlash uchun turli xil maslahatlar beradi. Qushlarning kuzgi migratsiyasiga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardir

: Quyoshning kunduzgi yorug'ligi va kunlik burchagi mavsumlarning o'zgarishi uchun kuchli maslahatlar. Kunlar qisqaroq va yorug'lik burchaklari o'sib chiqqanligi sababli sayyora qushlari migratsiya vaqtini to'g'ri deb bilishadi.

15. Популяция гомеостази нима?

Populyatsiya gomeostazi. Tashќi muћitning o'zgarishidan ќat'iy nazar populyatsiya sonining bir me'yorda saќlanib terishi gomestaz (yunoncha «gomeo» - o'xshash, «statis» - ћolat) deyiladi. Populyatsiya gomeostazi turning ekologik xususiyatlari, uning ћarakatchanligi, yirtќich va parazitlar ћamda boshќa omillarning ta'sir etish darajasiga boѓliќ bo'ladi.

16. Экологик ниша нима?



Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar xam mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Xar bir omilning organizmga ta’sir etish kuchi xamda quyi va yuqori ta’sir etish chegaralari bo‘ladi.
Download 11.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling