1. Biofizika va radiobiologiya fani, uning predmeti
-rasm.Suyaklarning muskullar va paylar bilan turg’unligi amalga oshishi
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza sirtqi1
1-rasm.Suyaklarning muskullar va paylar bilan turg’unligi amalga oshishi. Normal tik turgan odam tanasida suyak va muskullardan iborat bo’g’inlar juda turg’unmas holatdagi tizimni hosil qiladi. Shunga qaramasdan butun tizimning muvozanatda saqlanishiga sabab, tanani ushlab turuvchi muskullar tizimining doimiy taranglanib turishi tufaylidir. Umurtqalilarning skelet muskullari uzunligi bir necha millimetrdan o’nlab santimetrgacha va qalinligi odatda 0,05 - 0,1 mm bo’lgan muskul to’qimalaridan iborat. To’qimalar kundalang strukturalar bo’lgan Z-plastinkalar bilan bir xil qismlar-sarkomerlarga bo’lingan, ularning tinch holatdagi muskulda uzunliklari 2,2 mkmni tashkil etadi. To’qimalarning bo’shashgan holatdan aktiv holatga o’tish nerv impulsi ta’sirida sarkoplazmatik retikulumdan Sa 2 ionlarining chiqishi tufayli ro’y beradi. Aktivlashish tugagandan keyin Sa 2
2 -10
3
marotaba kamayadi va 10 7 -10 8 molni tashkil etadi. Muskullar aktivlashishi tufayli qisqaradi yoki uzunligi o’zgarmagan holda kuchlanish hosil qiladi (izometrik qisqarish). Aksincha izotopik qisqarishda muskullar doimiy kuchlanishda qisqarib, ish bajaradi. Muskullarning mexanik va energetik xossalari haqidagi ko’pchilik ma`lumotlar A.Xill tomonidan 1930-1964 yillarda aniqlangan. Xill tenglamasiga ko’ra muskullar qisqarish tezligi va hosil bo’ladigan kuch orasidagi bog’lanish giperbolik grafik bilan xarakterlanadi.
) ( ) )( ( max a F b a F (1.11) bunda
max F -muskulning kuchlanishida hosil kiluvchi kuch, ya’ni izometrik qisqartirishdagi kuch, -muskul qisqartirishning o’rtacha tezligi Muskullarning maksimal kuchi F max
sarkomerlar uzunligiga bog’liq. Undan ko’rinadiki, faqat sarkomer uzunligi 2-3 mkm bo’lgandagina muskul kuchi o’zining maksimal qiymatiga erishadi. Kuchli uzayishda muskul qisqarishi kuchi miozin va aktin iplari zonalari qoplanmasligi tufayli keskin kamayadi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling