1. Biofizikaning predmeti, vazifalari. Biofizikaning biologik fanlar orasida tutgan o’rni va boshqa fan soxalari bilan aloqasi


Moddalarning membrana orqali tashilishi (oddiy va cheklangan diffuziya)


Download 1.78 Mb.
bet26/43
Sana23.12.2022
Hajmi1.78 Mb.
#1047099
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
biofizika 100%

50. Moddalarning membrana orqali tashilishi (oddiy va cheklangan diffuziya)
Diffuziya alohida molekula va ionlarning tartibsiz va spontan harakatiga bogʼliq. Molekulalar va ionlar yukori kontsentratsiyali tomondan past kontsentratsiyali tomonga gradienti boʼyicha harakatlansa, diffuziyaning bunday turi oddiy diffuziya deb ataladi (O2 va SO2 kabi oddiy molekulalarning membrana orkali tashilishi). Oddiy diffuziyada moddalar membranadan erigan xolatda tashiladi.
51. Osmos mexanizmi
Osmos mexanizmi Аgar erituvchi bilan eritma oʼrtasiga yarim oʼtkazgich parda (membrana) qoʼyilsa, bu membrana orkali erituvchi zarrachalari eritmaga oʼtib, uni suyultira boshlaydi. Erituvchi zarrachalarining yarim oʼtkazgich membrana orkali oʼtish jaraëni osmos deyiladi.Erigan modda molekulalari yarim oʼtkazgich membrana orkali oʼta olmaganligi sababli unga urilib koʼrsatadigan bosimi osmotik bosim deb ataladi. Bu bosim taʼsirida yarim utkazgich membrana yirtilib ketishi ham mumkin, chunki eritma yetarli darajada kontsentrlangan boʼlib, yarim oʼtkazgich membrana chidamli boʼlmasa bu vaktda vujudga keladigan osmotik bosim bir necha oʼn, hatto yuz atmosferaga yetishi mumkin.Аgar tajriba uchun ikki xil kontsentratsiyali eritma olib, ular oʼzaro yarim oʼtkazgich membrana orkali birlashtirilsa, erituvchi kontsentratsiyasi kuprok eritmadan kontsentratsiyasi kamrok eritma tomon oʼta boshlaydi va ikkala eritmaning kontsentratsiyasi tenglashishi bilan osmos hodisasi toʼxtaydi, yaʼni bu paytda yarim utkazgich membrana orkali suyukligi ikkala tomoniga oʼtish tezligi tenglashali va pinamik muvozanat karor topali
52. Osmotik bosim. Vant Goff qonuni
Osmotik bosim, diffuziya bosimi — suyuklikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo boʻladigan bosimi. Osmotik bosim erituvchi bilan eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazuvchi (oʻzidan erituvchini oʻtkazib, erigan moddani oʻtkazmaydigan) parda va osmometr yordamida aniklanadi. Osmotik bosim eritmada erigan moddaning konsentratsiyasini oʻta kamaytirish uchun erituvchining eritmaga soʻrilishini yuzaga keltirib chiqaradi.
Osmotik bosim bir xil boʻlgan eritmalar izotonik yoki izoosmotik eritmalar, agar bir eritmaning Osmotik bosimi boshkasinikiga nisbatan yuqori boʻlsa, gipertonik, past boʻlsa gipotonik eritma deyiladi.
Osmotik bosimni oʻlchash usullari va texnikasi haqidagi taʼlimot osmometriya deb ataladi. Osmometriya, asosan, polimerlarning molekulyar massasini aniqlaydi. Hayvon, oʻsimlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarning Osmotik bosimi ularning suyuq mu-hitida erigan moddalarning konsent-ratsiyasiga bogʻliq. Osmotik bosim turgʻunligi suv-tuz almashinuvi bilan taʼminlanadi. Oʻsimliklardagi Osmotik bosim ularning oʻsish sharoitiga bogʻliq.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling