1. Biogentik nazariya haqida tushuncha Biogentik nazariyaning mazmuni va mohiyati


AQShda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi keng tarqalgan


Download 47.55 Kb.
bet2/5
Sana01.04.2023
Hajmi47.55 Kb.
#1315287
1   2   3   4   5
Bog'liq
psixologiya Zuhra

AQShda individual tajriba va bilimlarni o`zlashtirish nazariyasi keng tarqalgan.

Bu nazariyalarda inson xayotining ijtimoiy tarixiy, ob’ektiv shart-sharoitlari e’tiborga olinmagan.


Psixogenetik nazariya –psixik jarayonlarning rivojlanishini 1-darajali ahamiyatga ega deb xisoblaydi.
Kognitivistik yo`nalish-J.Piaje, Dj.Kelli- aql idrok funktsiyalari hamda uning davrlari xaqidagi ta’limot.
Ko`rsatma berish deganda bilish faoliyati bilan bog`lik bo`lgan extiyojni ma’lum usulda qondirishga tayyor turish tushuniladi. Ko`rsatma berish shaxsning o`zi anglab etmagan bir xolatdir. Bunday xolatda shaxs biror extiyojini qondirishi mumkin bo`lgan ma’lum faoliyatga tayyor to`rgan bo`ladi.
SHaxs ijtimoiy, konkret - tarixiy sharoitlarda yashashi, ta’lim-tarbiya olishi tufayli tarkib topadi. SHaxs taraqqiyotining xarakatlantiruvchi kuchi nimadan iborat? Bu masalani xal qilish yuzasidan psixologiya tarixida ikkita okim mavjud bo`lib, ulardan birinchisi shaxs psixik taraqqiyotining biogenetik kontseptsiyasi, ikkinchisi esa soo`iogenetik kontseptsiyasidir.
Biogenetik kontseptsiyaga ko`ra inson shaxsining taraqqiyoti biologik faktor, ya’ni nasliy faktor bilan belgilanadi. Bu kontseptsiyaga ko`ra, odam psixik faoliyatining shakllarigina emas, balki bu faoliyat shakllarining mazmuni ham go`yo tug`ilishidan peshonasiga yozib qo`yilgan emish, odamning psixik taraqqiyot bosqichlari va ularning yuzaga kelish tartiblari avvaldan belgilanib qo`yilgan emish. Biogenetiklar pedagoglardan bolada taqdir yo`li bilan qanday shaxsiy sifatlar yuzaga kelishini bilib turishni, lekin ularning yuzaga kelishiga qarshilik qilmaslikni, aksincha yordam berishni talab qiladilar.
Sotsiogenetik kontseptsiya shaxsning taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muxitga bog`lab tushuntiradilar. Ularning aytishicha «odam ijtimoiy muxit nusxasidir». Soo`iogenetik ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy faolligini inkor qiladilar. Odam faqat atrofidagi muxitga moslashadigan, passiv rol o`ynaydigan mavjudot deb qaraydilar. Agar soo`iogenetik kontseptsiyani to`g`ri deb bilsak, u xolda nima sababdan ba’zi xolda bir xil muxitda xar xil odamlarning etishib chiqishi tushunib bo`lmaydigan masala bo`lib qoladi.

Download 47.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling