1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


Al-Farobiyning ta‟lim-tarbiya to„g„risidagi qarashlari


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/58
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1209257
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58
Bog'liq
Bo\'m . 303.

20.Al-Farobiyning ta‟lim-tarbiya to„g„risidagi qarashlari 
nimalardan iborat?
Abu Nasr Farobiy – o’rta asr sharqining mashҳur mutaffakiri, 
qadimgi Yunon falsafasining SHarqdagi eng yirik davomchisi va 
targ’ibotchisidir. Farobiy qadimgi Yunon ilmining chuqur 
bilimdoni bo’lgan, uning SHarqda tarqalishi va rivojiga kata xissa 
qo’shgani tufayli uni – «SHarq Aristoteli» - «Muallimi Soniy» - 
«Ikkinchi muallim» (birinchi muallim Aristotelg’) deb ataydilar. 
Farobiy tahlim – tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida tahlim 
tarbiyaning muҳimligi, unda nimalarga ehtibor berish zuruligi, 
tahlim-tarbiya usullari va uslubi ҳaqida fikr yuritadi. «Fozil 
odamlar shaҳri», «Baxt-soatdatga erishuv to’g’risida», «Aql 
maxnolari» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o’z 
ifodasini topgan. Farobiy «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» 
asarida bilimlarni o’rganish tartibi ҳaqida fikr bayon etgan uning 
tahkidlanishicha, avval bilish zarur bo’lgan ilm o’rganiladi, bu 
olam asoslari ҳaqidagi ilmdir. Uni o’rgangach, tabiiy bilimlarni
tabiiy jismlarni tuzilishi, shaklini, osmon ҳaqidagi bilimlarni 
o’rganish lozim. Undan so’ng, umuman, jonli tabiat o’simlik va 
ҳayvonlar ҳaqidagi ilm o’rganiladi, deydi. Farobiy tahlim-
tarbiyaga birinchi marta tahrif bergan olim sanaladi. Tahlim 
degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim 
berish; tarbiya-nazariy fazilatlarni, mahlum ҳunarni egallash 
uchun zarur bo’lgan xulq normalarni va amaliy malakalarini 
o’rgatishdir, deydi olim. Farobiy o’z asarlarida axloqiy 
fazilatlarga to’xtalib o’z fikrlarini bayon etadi. Axloqiy fazilatlar 
deganda bilimdonlik, donolik va muloҳazali bo’lish, vijdonlilik, 
kamtarlik, ko’pchilik mahrifatini yuqori qo’yish, xaqiqat, 


manaviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. 
Ammo bu xislatlarning eng muҳimi ҳar bir insonning bilimli, 
mahrifatli bo’lishidir. SHuning uchun Farobiy aҳlaq 
tushunchasiga aql bilan uzviy bog’liq xolda tafakkurga 
asoslangan aҳloq asosida qaraydi. Farobiyning talim-tarbiya 
yo’llari, usullari, vositalari ҳaqidagi qarashlari ҳam qimmatlidir. 
U insonda go’zal fazilatlar ikki yo’l – tahlim va tarbiya yo’li bilan 
ҳosil qilinadi. Tahlim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya 
nazariy va amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Ҳar ikkalasi 
birlashsa, yetuklik namoyon bo’ladi. Farobiy tahlimda barcha 
fanlarni nazariy asoslari o’rganilsa, tarbiyada mahnaviy aҳloqiy 
qoidalar, odob meyorlari o’rganiladi. Kasb – ҳunarga oid 
malakalar ҳosil qilinadi, deb uqtiradi. Farobiy tahlim-tarbiyada 
rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari 
surgan. Ҳar ikki usul ҳam insonni ҳar kamol tamoyilga yetkazish 
maqsadini ko’zlaydi. Farobiyning tahlim-tarbiya ҳaqidagi 
qarashlari ҳozircha o’z aҳamiyatini saqlab kelmoqda. Abu 
Rayҳon Beruniy – jaҳon fanining taraqqiyotiga g’oyat ulkan 
xissa qo’shgan zo’r istehdod egasi va tadqiqotchi edi. Uning 
o’lmas ilmiy asarlari jaҳon fani taraqqiyotida beniҳoya yuksak 
aҳamiyatga molikdir. Beruniyning yirik asarlariga 
«Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «O’tmish 
yodgorliklari», «Saydana» kabilarni olish mumkin. Beruniy ҳar 
bir yaratgan asarining kishi ruҳiyatiga, qobiliyatiga mos, uni 
toliqtirmaydigan bo’lishiga ehtibor beradi. Beruniy yozadi: 
«Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Ҳadeb 
bir narsani o’qiy berish zerikarli bo’ladi. Agar o’quvchi bir 
masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, u xuddi turli- tuman 


bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, 
boshqa bog’ boshlanadi. Keyin uning ҳammani ko’rish va 
tomosha qilgisi keladi». Beruniyning ilmiy bilimlarini egallash 
yo’llari, usullari ҳaqidagi fikrlari ҳozirgi davrda ҳam dolzarbdir. 
O’quvchiga bilim berishda: - o’quvchini zeriktirmaslik; 
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; 
- uzviylik, izchillik; 
- yangi mavzularni, qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish 
kerak deb uqtiradi. Bilim olishda tushunib o’rganish, ilmiy 
tadqiqotchining poklikka rioya etishiga aloҳida ehtobor beradi, 
jamiyatning ravnaqi mahrifatning rivojiga bog’liq degan g’oyani 
ilgari suradi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling