1. Biologiya o‘qitish uslubiyatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/58
Sana18.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1209257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58
Bog'liq
Bo\'m . 303.

 
 
 
 


12.Biologik ta‟limning politexnik roli. 
Biologiya fanida erishilgan yutuqlar. Biologiya fani yutuqlarini 
boshqa fanlarga bog’liqligi. Bionika, kosmik biologiya, 
biologiyaning tibbiyot, agronimiyadagi va politexnik roli. 
Biologik tahlimning roli insoniyat ҳayotida katta aҳamiyatga 
ega. Biologiya o’qituvchi biologik bilimlarning ҳar bir inson 
ҳayoti va meҳnatidagi rolini chuqur anglashi, bunga ishonch 
ҳosil qilishi lozim, bu shunday ishonchni o’quvchilarda 
tarbiyalash uchun zarurdir. Maktabda o’qituvchining 
muvaffaqiyatli ish olib borishining birinchi sharti ana shudir, 
chunki tarbiyalovchi tahlim jarayoni ishonchga asoslanadi. 
Biologiya o’qituvchisining kasbi, o’quvchilarga nega ҳar bir 
odam biologiyani o’rganish zarurligini singdirishi uchun yuqori 
saviyadagi bilim va mustaҳkam idorani talab etadi. XX-XXI asrda 
fan va texnika rivojlanib ketdi, natijada insoniyat o’zi 
yashayotgan muҳit bilan qarama-qarshilikka duch kelmoqda, 
muҳit uning sog’ligiga va ҳayotiga ҳavf solmoqda. Sababi ishlab 
chiqarish va transport chiqindilari, o’rmonlarni kamayishi, azon 
qavatida teshiklar ҳosil bo’lishidir. Butun dunyoda tabiatni 
muҳofaza qilish, uning resurslarini qayta tiklash va ulardan 
unumli foydalanish, barcha insoniyat oldida turgan muҳim 
vazifalardan bo’lib kelmoqda. Ҳar bir kishi, davlat va butun 
insoniyat uchun biologik bilimlarning keng yoyilishi va aҳamiyati 
misli ko’rilmagan darajada oshdi. Biologiya fanining yutuqlari 
ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga – biologiya asriga kirib 
borganligi ҳaqida dalolat bermoqda. Biologiya fanining 
yutuqlari ko’p jiҳatidan tabiiy fanlar fizika, ximiya, matematika, 
astronomiya soҳasida erishilgan yutuqlardan foydalanish 


natijasida yuz bermoqda. Bu fanlarning yutuqlari va metodlari 
asosida elektron mikroskopiya, spektroskopiya, 
rentgenostruktura taҳlili, ҳujayraning molekulyar va 
submolekulyar darajada o’rganish imkonini beradi. Bioximiya va 
biofizika metodlari asosida tajribalar o’tkazish natijasida 
moddalar almashinuvi ayniqsa oqsil biosintezining mexanizmi 
ochib berildi, fotosintez sirlari ochildi. Irsiyatning moddiy asosi 
DNK va RNK strukturasi, funktsiyasi ayon bo’ladi, 
aminokislotalarning genetik kodi ochib berildi. Olimlarning 
diqqat ehtibori ҳayot ҳodisalarining moҳiyatini aniqlashga, 
moddalar almashinuvi, irsiyat va o’zgaruvchanlikni 
boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan. 
Ҳujayra va uning organoidlarida boradigan ko’p jarayonlarining 
fizik-kimyoviy va biologik moҳiyatini ochib bergan fan yutuqlari 
ҳayotiy jarayonlari borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini 
bermoqda. Biologiya fanining yutuqlari meditsina oldiga rak, 
virus, yurak, qon-tomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi 
vazifalarini qo’ymoqda va bu xastaliklar asta-sekinlik bilan o’z 
davosini topmoqda. Ҳozirgi vaqtda tirik organizmlarni tuzilishi 
va unda boradigan jarayonlarga asoslangan texnika fani – 
kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo’nalish – botanika 
vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog’laydigan 
fandir. Bionika organizmlarning morfologik va funktsional 
moslanishlarini muxandislik masalalarini yechish doirasida 
aniqlaydi va taҳlil qildi. Masalan, sezgi organlari juda kichik 
bo’lgan ҳashoratlar, tez va ko’p xarakatlanib energiyani kam 
sarflashi, tez tahsirlanishi, tanlovchanligi va o’z-o’zini boshqara 
olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va texnikaga qo’llash 


usullari ҳaqidagi fikrlarni tug’diradi. Ҳozirgi vaqtda juda ko’p 
qurilmalar ҳayvonot va o’simlik olamining tuzilishiga asoslangan 
ҳolda ishlab chiqilgan. Ҳayotiy jarayonlarni boshqarishda 
fiziologik faol moddalarni roli niҳoyatda ortib bormoqda. 
SHuning uchun biologlar biologik faol moddalar gormonlar, 
vitaminlar,antibiotiklar, oqsillar ҳosil qiladigan mikroorganizm 
shtammlarini yaratib gen va ҳujayra muxandisligi usullarini 
qo’llab insoniyat uchun zarur bo’lgan moddalarni sintez qilib 
olmoqda. Bunga misol qilib ҳozirgi vaqtda ichak tayoqchasi 
bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish 
orqali insulinni sintez qilish yo’lga qo’yilgan. Bu jarayonlar 
biotexnologiyada keng qo’llanilmoqda. Ҳozirgi vaqtda insoniyat, 
zamonaviy genetika va biotexnologiya yutuqlariga tayanib, 
xossalari oldindan mahlum bo’lgan mikroorganizmlarni 
shtammlarini yarata oladigan bo’ladi. Mikroorganizmlardan va 
ҳayvonlar uchun zarur bo’lgan vitaminlar, antibiotiklar va 
boshqa gormonlari ishlab chiqaradilar. Bu biopreparatlarni 
sanoat usulida ishlab chiqish yo’lga qo’yilib, ҳayvonlar 
ozuqasiga qo’shib berilmoqda. Mikroorganizmlar yordamida 
ҳayvonlar maҳsuldorligini oshirish, o’simliklarni o’sish va 
rivojlanishini tezlashtirish, ҳosilni ҳamda o’simliklarni 
kasalliklarga chidamligini oshirish usullari yo’lga qo’yilgan. Gen 
injeneriyasi usullari qo’llanib ko’sak qurtiga chidamli g’o’za va 
kolarado qo’ng’iziga chidamli kartoshka navi yetishtirilgan. 
Biologiya fanining yangi soҳasi-kosmik biologiya ҳozirgi vaqtda 
vujudga kelgan. Undan koinotdagi ҳayotning shakllari, tarqalishi 
va uning xususiyatlari qanday, o’zga sayyoralarda ҳayot 
nishonalari bor yoki yo’qligi ҳaqidagi olamshumul savollarga 


javob kutilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarini ishlab 
chiqarishga joriy qilingan sari odamlar uchun biologik tahlim 
professional tayyorgarlik elementi bo’lib qoladi. Umumiy 
texnika taraqqiyoti bilan birga ularning ixtisoslariga bo’lgan 
talablari ҳam oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika 
bilimlarini egallash g’oyat zarurligini sezmoqdalar va 
egallamoqdalar. SHundan ko’rinib turibdiki, o’rta maktabda 
biologiya tahlimi politexnik xarakterga ega bo’lmog’i va u yosh 
avlodning ijtimoiy foydali ҳamda unumli meҳnatdagi ishtiroki 
bilan bog’lanishi lozim. Bu aloqa fermer xo’jaliklarida, 
ko’kalamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, o’simliklarni 
qidirib topishda, dorivor o’simliklar to’plashda va boshqa 
ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu nazariy bilimlarni 
chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq xo’jaligi 
bilan bog’liq maktab o’quvchilariga kasb tanlashlariga imkon 
beradi. Biologiyani o’rganish meҳnatga muҳabbat va ҳurmatni, 
meҳnatni insoniyatning barcha moddiy va mahnaviy 
boyliklarining manbai sifatida ehtirof etishni tarbiyalash uchun 
keng imkoniyatlar beradi. Maktabda biologiya kursini 
o’rganishni to’g’ri yo’lga qo’yilganda u maktabni tamomlab 
chiqqandan keyin ҳam mustaqil ravishda mahlumot olish yo’li 
bilan bilimlarni tinmay yangilab borish eҳtiyojini tug’diradi va 
rivojlantiradi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling