1. Biometrik audentifikatsiya. Biometrik aniqlik. Tarmoq audentifikatsiya. Tarmoq kripto kalitlar


Download 77.81 Kb.
bet5/11
Sana10.01.2023
Hajmi77.81 Kb.
#1086028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

1.Viruslar klassifikatsiyasi
2.Viruslardan himoyalanish
Viruslarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
fayl viruslari [COM, EXE va DLL ni zararlaydi];
boot-viruslar [disketlarni boshlang‘ich yuklovchi sektorlari (yoki MBR – Master Boot Record) qattiq diskning yuklovchi sohasini zararlaydi];
makroviruslar; 
tarmoq viruslari.
Fayl viruslari kompyuterlarda eng ko‘p tarqalgan viruslardir. Ular barcha viruslarning taxminan 80 % ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari juda chidamli bo‘lib, o‘z vaqtida ehtiyot chorasi ko‘rilmasa, haqiqiy epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE­1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black Friday (Qora Juma).
Boot­viruslar o‘zini diskning operatsion sistemani yuklovchi 0­trakiga yozib oladi. Bunday viruslar foydalanuvchi hali antivirus dasturini ishga tushirmasdan avval, operatsion sistema yuklangandayoq faollashadi va tarqaladi. Boot­viruslari fayl viruslaridan tubdan farq qiladi. Boot­viruslarining soni fayl viruslariga qaraganda ancha kam hamda ular sekinroq tarqaladi. Tabiiyki, ham fayl sistemasiga, ham yuklash (Boot) sektoriga zarar yetkazuvchi viruslar ham mavjud.
Makroviruslar – ma’lumotlarni qayta ishlovchi turli tizimlarga (matn muharrirlari, elektron jadvallar) o‘rnatilgan makrotil imkoniyatlaridan foydalanadi. Ular, ayniqsa, Microsoft Word va Excel dasturlarida keng tarqalgan. Bunday viruslar zararlangan fayllar ishga tushganda faollashadi va shu turdagi fayllar ishga tushsa, ularni ham zararlantiradi. Ular nafaqat alohida kompyuterlarni, balki ushbu dasturlar o‘rnatilgan tarmoqdagi kompyuterlarni ham zararlantiradi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi viruslar replikatorlar deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki ba’zi abonentlarni zararlaydi. Tarmoq viruslari o‘zini keng tarqatishi uchun tarmoq protokollari yoki kompyuter tarmoq va elektron pochta buyruqlaridan foydalanadi. Bugungi kunda keng tarqalgan ushbu turdagi viruslar – troyanlar va pochta viruslari (cherv). Bunday viruslar ma’lumotlarni o‘g‘irlashda keng imkoniyat yaratadi. Ulardan eng «taniqlisi» Morrisa nomli bo‘lib, u 1988­yilda Internet tarmog‘idagi 30 000 ta kompyuterdan 6 000 tasiga zarar keltirgan.


Download 77.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling