1. Bir hujayrali hayvonlarni tadqiqot uslublari


Download 0.51 Mb.
Sana13.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1351706
Bog'liq
Rajabov Olchinbek Zoologiya tayyorlagan slayti

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakultiti Biologiya yo'nalishi 3 kurs 12B guruh talabasi Rajabov Olchinbekning Zoologiya tadqiqod usullari fanidan tayyorlagan slaydi


Bir hujayrali hayvonlarni tadqiqot uslublari. Bulutlilar va kovakichlilarning tadqiqot uslublari
Reja:
1. Bir hujayrali hayvonlarni tadqiqot uslublari
2.Bulutlilar va kovakichlilarning tadqiqot uslublari
3.Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami evolyusion jarayonning ma’lum bir nuqtasigacha
rivojlanib kelgan guruhi sifatida zoologiya faniga dastlabki ma’lumotlar XVII asrning 70 - chi
yillarida, mikroskop kashf qilingandan keyingina ma’lum bo’ldi.
Tuzilishi. Bir hujayrali hayvonlarning kattaligi o’rtacha 50-100 mikronga teng. Bu
hayvonlar orasida juda mayda (2-5 mikron ) turlari bilan birga, o’lchami 3-5 mm, hatto 2-5
sm keladiganlari ham bordir. Gavda shakli ham turli-tuman, ya’ni yumaloq, ovalsimon,
duksimon, ipsimon, yulduzsimon va boshqa shakllarda bo’ladi.
Bir hujayralilarning tanasi ikki asosiy qismdan, ya’ni sitoplazma va yadrodan iborat.
Sitoplazma tashqi tomondan nozik elastik parda - pellikula (membrana) bilan o’ralgan. Bu
pardaning qalinligi o’rtacha 75 A0 (angestrem) ga teng. Parda uch qavatdan tashkil topgan
bo’lib, ikki chetdagilari oqsillardan, o’rtadagisi esa lipid (yog’simon moddalar) dan iborat
Oziqlanishi. Bir hujayralilar oziqlanish usuliga qarab autot-roflar va geterotroflarga
bo’linadi. Autotrof usulda oziqlanuvchi bir hujayralilarning tanasida yashil rangli xlorofill
donalariga ega bo’lgan xromotoforalar yordamida yorug’lik ishtirokida anorganik
birikmalardan organik birikmalarni sintezlaydi (fotosintez)
Ko’payishi. Bir hujayrali hayvonlarda ko’payishning xilma-xil shakllarini ko’rish
mumkin. Bular orasida eng oddiy va qadimiy ko’payish usuli ikkiga bo’linish yo’li bilan
amalga oshishidir.
Bulutsimonlarga mansub bo’lgan ko’p hujayralilarni zoologlar uzoq vaqtlargacha
hayvonlar olamiga qo’shmagan va faqatgina 1825 yilda ularni haqiqiy hayvon ekanligi tan
olindi.
Bulutsimonlar past taraqqiy etgan ko’p hujayralilar bo’lib, aksariyati dengizlarda,
ayrimlari chuchuk suvlarda o’troq hayot kechirishga moslashgan. Shunisi xarakterliki, ular
umr bo’yi harakatlanmasdan suv tubidagi biron-bir narsaga yopishib, passiv hayot kechiradi.
Bulutsimon-larning aksariyati koloniya hosil qilib, ba’zilari yakka-yakka holda yashaydi.
Bulutsimonlar tipiga 5000 ga yaqin tur kiradi.
Tuzilishi. Koloniya holida yashovchilarida tana aniq bir shaklga ega emas. Yakka
holdagi turlarining gavda shakli ko’zachasimon, sharsimon, xaltachasimon yoki chuqur
bokalsimon bo’ladi. Tananing substratga yopishib turgan pastki qismi tovon, unga qaramaqarshi ustki ochiq tomoni oskulum deyiladi. Yakka holdagi bulutsimonlarning tanasini
morfologik tuzilishiga e’tibor beradigan bo’lsak, ular askon, sikon va leykon xillarda bo’lad
Bulutsimonlar tanasida juda ko’p teshikchalar (poralar) bo’lib, ular o’z kanallari
yordamida suvni paragastral bo’shliqqa olib kirganda xoanasitli qavat bilan aloqada bo’ladi.
Bunday tuzilish askon tipidagi bulutsimonda uchrasa, sikon va leykon tipidagi
bulutsimonlarda esa tuzilishi ancha murakkablashadi,ya’ni xoanositli kameralar mezogleyaga
bir qator yoki 2-3 qator bo’lib botib kirgan yoki joylashgan bo’ladi. Shunday tuzilishda
bulutsimonning dermal (ektoderma) qavati paragastral bo’shliqning ichki devori yuzasini
qoplaydigan bo’ladi
Xulosa.
Hozirgi kunda bir hujayrali hayvonlarning 30 mingdan ortiq turlari
mavjud bo’lib, ular dengiz va okean suvlarida, xilma-xil chuchuk suv havzalarida hamda nam
tuproqda keng tarqalgan. Erkin yashovchi bir hujayralilar dengiz suvining turli chuqurligida
yashaydi, Ular qirg’oq ( litoral) zonadan tortib, juda chuqur qatlamlarda (abissal zonada) ham
bemalol yashay oladi.
Bulutsimonlar o’z tuzilishi va rivojlanish xususiyatlariga ko’ra boshqa ko’p
hujayralilardan farq qiluvchi eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi. Ular paleozoy erasining
kembriy davri qazilmalaridan ma’lum. Ba’zi ma’lumotlarga binoan ular hatto proterozoy erasi
qatlamlaridan ham ma’lumdir. Zoologlarning farazlariga muvofiq bulutsimonlar bir hujayrali
yoqachali xivchinlilarning kolonial formalaridan kelib chiqqan deyishadi. Lekin boshqa
fikrlarga binoan bulutsimonlar kovakichlilar bilan bir ajdoddan kelib chiqqan va alohida
tarmoqni hosil qilib, o’zlaridan kelgusida boshqa ko’p hujayralilarni kelib chiqishiga hyech
qanday rol o’ynamagan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
1.Bogdanov S.P. “O’zbekiston hayvonlari” T:. O’qituvchi, 1983
2.Dubovskiy G.K.,Ummatov A.M. Zoologiyadan o’quv qo’llanma. T:. O’qituvchi, 1991
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling