1. Bir hujayrali hayvonlarni tadqiqot uslublari
Download 0.51 Mb.
|
Rajabov Olchinbek Zoologiya tayyorlagan slayti
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti aniq va tabiiy fanlar fakultiti Biologiya yo'nalishi 3 kurs 12B guruh talabasi Rajabov Olchinbekning Zoologiya tadqiqod usullari fanidan tayyorlagan slaydiBir hujayrali hayvonlarni tadqiqot uslublari. Bulutlilar va kovakichlilarning tadqiqot uslublari Reja: 1. Bir hujayrali hayvonlarni tadqiqot uslublari 2.Bulutlilar va kovakichlilarning tadqiqot uslublari 3.Xulosa 4. Foydalanilgan adabiyotlar Bir hujayrali hayvonlar kichik olami evolyusion jarayonning ma’lum bir nuqtasigacha rivojlanib kelgan guruhi sifatida zoologiya faniga dastlabki ma’lumotlar XVII asrning 70 - chi yillarida, mikroskop kashf qilingandan keyingina ma’lum bo’ldi. Tuzilishi. Bir hujayrali hayvonlarning kattaligi o’rtacha 50-100 mikronga teng. Bu hayvonlar orasida juda mayda (2-5 mikron ) turlari bilan birga, o’lchami 3-5 mm, hatto 2-5 sm keladiganlari ham bordir. Gavda shakli ham turli-tuman, ya’ni yumaloq, ovalsimon, duksimon, ipsimon, yulduzsimon va boshqa shakllarda bo’ladi. Bir hujayralilarning tanasi ikki asosiy qismdan, ya’ni sitoplazma va yadrodan iborat. Sitoplazma tashqi tomondan nozik elastik parda - pellikula (membrana) bilan o’ralgan. Bu pardaning qalinligi o’rtacha 75 A0 (angestrem) ga teng. Parda uch qavatdan tashkil topgan bo’lib, ikki chetdagilari oqsillardan, o’rtadagisi esa lipid (yog’simon moddalar) dan iborat Oziqlanishi. Bir hujayralilar oziqlanish usuliga qarab autot-roflar va geterotroflarga bo’linadi. Autotrof usulda oziqlanuvchi bir hujayralilarning tanasida yashil rangli xlorofill donalariga ega bo’lgan xromotoforalar yordamida yorug’lik ishtirokida anorganik birikmalardan organik birikmalarni sintezlaydi (fotosintez) Ko’payishi. Bir hujayrali hayvonlarda ko’payishning xilma-xil shakllarini ko’rish mumkin. Bular orasida eng oddiy va qadimiy ko’payish usuli ikkiga bo’linish yo’li bilan amalga oshishidir. Bulutsimonlarga mansub bo’lgan ko’p hujayralilarni zoologlar uzoq vaqtlargacha hayvonlar olamiga qo’shmagan va faqatgina 1825 yilda ularni haqiqiy hayvon ekanligi tan olindi. Bulutsimonlar past taraqqiy etgan ko’p hujayralilar bo’lib, aksariyati dengizlarda, ayrimlari chuchuk suvlarda o’troq hayot kechirishga moslashgan. Shunisi xarakterliki, ular umr bo’yi harakatlanmasdan suv tubidagi biron-bir narsaga yopishib, passiv hayot kechiradi. Bulutsimon-larning aksariyati koloniya hosil qilib, ba’zilari yakka-yakka holda yashaydi. Bulutsimonlar tipiga 5000 ga yaqin tur kiradi. Tuzilishi. Koloniya holida yashovchilarida tana aniq bir shaklga ega emas. Yakka holdagi turlarining gavda shakli ko’zachasimon, sharsimon, xaltachasimon yoki chuqur bokalsimon bo’ladi. Tananing substratga yopishib turgan pastki qismi tovon, unga qaramaqarshi ustki ochiq tomoni oskulum deyiladi. Yakka holdagi bulutsimonlarning tanasini morfologik tuzilishiga e’tibor beradigan bo’lsak, ular askon, sikon va leykon xillarda bo’lad Bulutsimonlar tanasida juda ko’p teshikchalar (poralar) bo’lib, ular o’z kanallari yordamida suvni paragastral bo’shliqqa olib kirganda xoanasitli qavat bilan aloqada bo’ladi. Bunday tuzilish askon tipidagi bulutsimonda uchrasa, sikon va leykon tipidagi bulutsimonlarda esa tuzilishi ancha murakkablashadi,ya’ni xoanositli kameralar mezogleyaga bir qator yoki 2-3 qator bo’lib botib kirgan yoki joylashgan bo’ladi. Shunday tuzilishda bulutsimonning dermal (ektoderma) qavati paragastral bo’shliqning ichki devori yuzasini qoplaydigan bo’ladi Xulosa. Hozirgi kunda bir hujayrali hayvonlarning 30 mingdan ortiq turlari mavjud bo’lib, ular dengiz va okean suvlarida, xilma-xil chuchuk suv havzalarida hamda nam tuproqda keng tarqalgan. Erkin yashovchi bir hujayralilar dengiz suvining turli chuqurligida yashaydi, Ular qirg’oq ( litoral) zonadan tortib, juda chuqur qatlamlarda (abissal zonada) ham bemalol yashay oladi. Bulutsimonlar o’z tuzilishi va rivojlanish xususiyatlariga ko’ra boshqa ko’p hujayralilardan farq qiluvchi eng qadimgi hayvonlar hisoblanadi. Ular paleozoy erasining kembriy davri qazilmalaridan ma’lum. Ba’zi ma’lumotlarga binoan ular hatto proterozoy erasi qatlamlaridan ham ma’lumdir. Zoologlarning farazlariga muvofiq bulutsimonlar bir hujayrali yoqachali xivchinlilarning kolonial formalaridan kelib chiqqan deyishadi. Lekin boshqa fikrlarga binoan bulutsimonlar kovakichlilar bilan bir ajdoddan kelib chiqqan va alohida tarmoqni hosil qilib, o’zlaridan kelgusida boshqa ko’p hujayralilarni kelib chiqishiga hyech qanday rol o’ynamagan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1.Bogdanov S.P. “O’zbekiston hayvonlari” T:. O’qituvchi, 1983 2.Dubovskiy G.K.,Ummatov A.M. Zoologiyadan o’quv qo’llanma. T:. O’qituvchi, 1991 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling