1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tarif bering


Download 64.69 Kb.
bet5/12
Sana04.11.2023
Hajmi64.69 Kb.
#1748210
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1 Birinchi avlod kompyuterlari va ulardagi qurilmalar haqida tar-fayllar.org

Rezistor (lotincha: resisto — qarshilik koʻrsataman) — radio va elektrtexnika qurilmalari elektr zanjirining strukturaviy (tugal buyum koʻrinishidagi) elementi; asosiy vazifasi — elektr toki ga faol qarshilik koʻrsatish. Qarshilikning nominal qiymati (bir necha Omdan 1000 GOm gacha), undan ogʻish qiymati (0,001—20%) va maksimal sochish quvvati (Vt ning yuz larcha ulushlaridan bir necha MVt gacha) bn tavsiflanadi. Tayyorlanadigan materialiga qarab, Rezistor metall, uglerodli, suyuklikli va yarimoʻtkazgichli; qarshilik turiga qarab, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xillarga boʻlinadi. Bulardan tashqari, qarshiligi kuchlanishga (maxsus; varistorlar), temperaturaga (termorezistorlar), yoritilganlikka (fotorezistorlar) va deformatsiyaga (tenzodatchik) bogʻliq boʻlgan xillari bor. Rezistor yordamida radioelektron qurilmalarda tok kuchi va kuchlanish rostlanadi, temperatura, yorugʻlik kuchi oʻlchanadi va boshqa Termobardosh materiallardan tayyorlangan baʼzi Rezistor qizdirish elementi sifatida ishlatiladi.
Kondensator (lotincha: condenso — zichlayman, quyultiraman) — 1) issiqlik texnikasida — gazsimon modda (bugʻ) ni kondensatlovchi apparat; issiqlik almashinish apparatining bir turi. Kondensatorning sirtqi va kontakt (yoki aralashtiruvchi) xillari bor. S i r t q i Kondensatorda suv bugʻi ichidan sovuq suv oqadigan quvur devoriga tegib kondensatlanadi. Kontakt Kondensatorda suv bugʻi bevosita sovituvchi suvga tegib kondensatlanadi. Bunday Kondensatorlar kimyo sanoatida, issiqlik energetikasida (qarang Kondensatsion elektr stansiya, Kondensatsion turbina), bugʻlatish qurilmalari (distillyat olish, bugʻ aralashmalarini ajratish uchun) va boshqalarda ishlatiladi. 2) Elektr Kondensator — elektr zaryadlarni yigʻuvchi qurilma. Dielektriklar bilan ajratilgan ikki yoki undan ortiq elektrod (qoplama)dan iborat. Kondensatorning qogʻozli, gazeimon dielektrikli, keramik, plyonkali, yarimoʻtkazgichli, elektrolitik va boshqa xillari mavjud. Ular oʻzgarmas, oʻzgaruvchan va yarimoʻzgaruvchan elektr sigʻimli boʻladi. Kondensatorlar elektrotexnika va radiotexnika, televideniye, elektronika, hisoblash texnikasi va boshqa da qoʻllaniladi

Download 64.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling