1. Birinchi Jahon urushining Turkiston o`lkasiga tasiri
Download 23.02 Kb.
|
1. Birinchi Jahon urushining Turkiston o`lkasiga tasiri-fayllar.org
Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham toptirilib, viloyat komissarlari instituti vujudga keltirildi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari etakchiligida o’lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputlari sovetlari tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputlari sovetlari ham tuzila boshlandi. Muvaqqat hukumatning 1917 yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o’z ona yurtlariga qaytib kela boshladi. Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg’uruvchi vatanparvar, hurriyatparvar kuchlar harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko’p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o’rin tutdi.Viloyatlarda harbiy gubernatorlik tizimi barham toptirilib, viloyat komissarlari instituti vujudga keltirildi. Shuningdek, Rossiyada faoliyat yuritayotgan bolsheviklar, mensheviklar va eserlar partiyalarining Turkistondagi mahalliy tashkilotlari etakchiligida o’lkaning bir qator yirik shaharlarida ishchi, askar deputlari sovetlari tashkil topdi. Tez orada mahalliy aholi vakillaridan iborat musulmon ishchi va askar deputlari sovetlari ham tuzila boshlandi. Muvaqqat hukumatning 1917 yil may oyi boshlarida chiqargan farmoniga binoan Turkistondan jalb qilingan mardikorlar o’z ona yurtlariga qaytib kela boshladi. Yurt istiqboli va istiqloli uchun qayg’uruvchi vatanparvar, hurriyatparvar kuchlar harakat qila boshladi va tashkiliy jihatdan uyusha bordi. Bu jarayonda ozod va mustaqil Turkiston uchun ko’p yillar fidoyilik bilan kurashib kelgan jadidlar harakatining rahnamolari alohida o’rin tutdi.Ular mahalliy aholining siyosiy ongini o’stirish, hal qiluvchi kurashlarga etaklab borish maqsadida o’lkaning ko’plab shaharlarida vaqtli matbuot nashrlari - gazeta va jurnallar chiqara boshladilar. Masalan, Toshkentda “Xurshid”, “Sadoi Turkiston”, “Turk eli”, “Najot”, “Kengash”, “Sho’roi islom”, Samarqandda “Oyna”, “Hurriyat”, Buxoroda “Turon”, “Buxoroi sharif”, Qo’qonda “Sadoi Farg’ona”, “Tirik so’z” nomli matbuot nashrlari o’z sahifalarida markazdagi siyosiy vaziyatni, joylardagi ahvolni, o’tkir ijtimoiy-siyosiy masalalarni yoritishda, mahalliy aholi ommasini siyosiy - g’oyaviy jihatdan tayyorlab borishda muhim rol o’ynadi. Abdulla Avloniy tomonidan Toshkentda 1917 yil aprelidan chiqarila boshlagan “Turon” gazetasining ilk sonida “Yashasin xalq jumhuriyati” shiori birinchi bor yangragan edi. Unda aniq maqsad -maslak: “Musulmonlar orasida ko’p yillardan buyon davom etgan umumga zo’rlik, bid’at odatlarni bitirmak, kelajakda bo’ladigan jumhuriy idoraga xalqni tayyorlamoq” g’oyasi ilgari surilgan edi. Download 23.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling