1. Birja tarixi


Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang


Download 55.02 Kb.
bet4/26
Sana14.03.2023
Hajmi55.02 Kb.
#1267414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
birja javoblar

4. Birjani bozor elementi sifatida tavsiflang.
Bozor sifatida birja xo'jaliklarning mikro va makro darajalarini, ya'ni erkin xo'jalik faoliyati yurituvchi tadbirkorlarni ishlab chiqarish bilan bog'laydi. Birja eng muhim bozor mexanizmlari: raqobat, talab, taklif, narx shakllanishini o'zida mujassamlaydi. Narx shakllanishi mexanizmi vositasida birja xo'jalik agentlarini bozor o'zgarishlari, yangi sharoitlarning paydo bo'lishi, yangi tovar turlarining paydo bo'lishi haqidagi axborot bilan uzluksiz ta'minlaydi. Birja bir tomondan, foyda olish maqsadida o'z mahsulotlarini sotish uchun, boshqa tomondan, o'z talabini qondirish uchun mustaqil xo'jalik sub'ektlari uchrashadigan bozor elementi hisoblanadi. Birjada xaridor va sotuvchi bir-biri bilan bog'liq emas. Oldi-sotdi jarayoni vositachilar (brokerlar, dilerlar, treyderlar) orqali amalga oshiriladi. Narx talab va taklifga bog'liq bo'ladi. Agar ishlab chiqaruvchi birjada sifati yaxshilangan yangi tovar taklif etadigan bo'lsa, u oshirilgan narx qo'yishga haqli. Iste'molchilar reaktsisi ijobiy bo'lgan holatda ishlab chiqaruvchi tarmoq bo'yicha o'rtacha darajadan yuqori foyda oladi. Bu boshqa tadbirkorlarni ishlab chiqarishni qayta yo'naltirish va o'zini yaxshi ko'rsatgan tovar ishlab chiqarishga majbur qiladi. Bunda tadbirkorlar xaridorlarni jalb qilish uchun uni arzonroq narxda taklif qiladi. Vaqt utishi bilan ushbu mahsulot turining taklifi talabni oshiradi, bozor to'yinadi, narx esa belgilangan o'rtacha darajada barqarorlashadi. Agar yangi mahsulot turi ishlab chiqaruvchi birjada muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, ya'ni uning tovariga talab bo'masa, narx pasayadi va ushbu tovar partiyasi sotib bo'lingunga qadar tushib boradi Talab va taklif muvozanatsizligi natijasida real tovar xaridorlari yoki sotuvchilari oldi-sotdiga tayyor bo'lmaydi. Shunda talab va taklifni vositachilar vaqtinchalik qo'llab-quvvatlaydi, ular xedjlash mexanizmi orqali riskni narxning keyingi pasayishi yoki o'sishigacha pasaytiradilar va etarli foydani ta'minlaydilar.
5. Fyuchers shartnomali opsion bitimlar nima?
Fyuchers shartnomasi optsioni deb ko'rsatilgan davr doirasida bitim imzolangan paytda fyuchers shartnomasini sotib olish yoki sotish huquqiga aytiladi. Bunda ushbu huquqni olgan optsion xaridori sotuvchiga mukofot deb nomlanadigan belgilangan miqdordagi pulni to'laydi.
Optsion fyuchers shartnomasini sotib olish yoki sotish huquqini beradi, biroq optsion xaridorini ko'rsatilgan huquqni amalga oshirishga majbur qilmaydi, shu sababli optsion xaridori faqat mukofot miqdori va bank foizini riskka qo'yadi, uning foydasi esa cheklanmagan bo'lishi mumkin. Optsion sotuvchisi cheklanmagan zarar ko'rishi mumkin, uning foydasi esa mukofot miqdori bilan cheklanadi.
Fyuchers shartnomasi birja optsionining real tovar optsionidan asosiy farqi uni standartlashtirishdan iborat, bunda birja optsioni sotuvchisi va xaridori faqat mukofot miqdori, ya'ni fyuchers shartnomalari savdosida birjachilar faqat bu shartnomalar narxi ilan savdo qilgani kabi optsion haqida kelishib oladi.
Fyuchers shartnomasi optsioni mustaqil qiymatga ega bo'lgan yoki fyuchers shartnomalarini yetkazib berish muddatiga bog'lab qo'yilgan qat'iy belgilangan amal qilish muddati bilan cheklanadi.
Optsionlarning ikki xil turi mavjud: sotib olish huquqi bilan optsion va sotish huquqi bilan optsion. Ko'rsatilgan ikki turning kombinatsiyasini ifodalaydigan boshqa bir tur – ikki yoqlama optsion ham bo'lishi mumkin, lekin u kamdan-kam qo'llanadi.
Xarid optsionida uning xaridolri optsion sotuvchisidan mukofot pulini oldindan to'lagan holda shartnomaning amal qilish muddati tugamasdan avval istalgan payt optsionda ko'rsatilgan narxda fyuchers shartnomasi optsionini sotib olishi mumkin. Sotuv optsionida uning xaridori optsiona fyuchers shartnomasi optsionini xuddi shu shartlarda sotishi mumkin.
Xuddi fyuchers shartnomasida bo'lgani kabi, birja optsioni bo'yicha majburiyatlar ham qatnashchilarning biri tomonidan optsion amal qilish muddati tugamasdan avval qarama-qarshi bitim bilan tugatishi mumkin. Masalan, agar xarid optsioni sotib olingan bo'lsa, majburiyatlarni tugatish sanasini bitim tuzish sanasida narxlardagi birja farqlarini tartibga solish va xuddi shunday optsion sotish zarur. . Fyuchers shartnomali optsionlar bir vaqtning o'zida noqulay narx o'zgarishlarini sug'urtalash funktsiyasi va birja faoliyatidan qo'shimcha foyda olish funktsiyasini ham bajaradi. Xarid optsioni va sotuv optsionida sug'urtachi sifatida optsion xaridori ishtirok etadi, chunki u o'z yo'qotishlarini minimallashtiradi. Biroq agar xaridor narx o'zgarishi tendentsiyasini to'g'ri topadigan bo'lsa, u sezilarli qo'shimcha foyda olishi ham mumkin. Optsion sotuvchisi, qoidaga ko'ra, faqat mukofot miqdori bilan cheklanadigan optsionlar savdosidan foyda olishga intiladi. Optsionlar savdosidan zarar cheklanmasligi mumkin.

Download 55.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling