1. bmt atamasining fanga kiritilishi


Download 34.02 Kb.
Sana09.09.2020
Hajmi34.02 Kb.
#128840
Bog'liq
bmt nato


BMT. BMT nizomi. Tashkilot a'zolari. Rasmiy tillar. Tashkilot tarkibi. Bosh assambleya,sessiyalar. Xavfsizlik kengashi. Iqtisodiy va ijtimoiy kengash. Kotibiyat.O'zbekiston va BMT.

1. BMT atamasining fanga kiritilishi.

Birlashgan Millatlar atamasi Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Franklin D. Ruzvelttomonidan taklif etilib, 1942 yil 1- yanvaridagi Birlashgan Millatalar Deklarasiyasida ilk bor ishlatildi. Ikkinchi jahon urushi ketayotgan bu vaqtda dunyoning 26 mamlakati o'zlarining xukumatalri nomidan urush olovini ёquvchi mamlakatlarga qarshi birgalikda kurashish majburiyatini oldilar.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining nizomi San-Fransisko shaxrida 1945 yilning 25 aprelidan 25 iyunigacha davom etgan 50 mamlakat vakillari ishtirokidagi Xalqaro tashkilot tuzish yuzasidan o'tkazilgan konferensiyada ishlab chiqildi. Nizom 1945 yil 26 iyun kuni 50 mamlakat vakillari tomonidan imzolandi. Polsha 51 bo'lib imzolandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rasmiy ravishda 1945 yil 24 oktabridan faoliyat ko'rsatmoqda.

24 oktabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kun sifatida nishonlanib kelinmoqda.

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi, maqsad va tamoyillari, tashkilot tarkibi, Bosh assambleya, vazifa va vakolatlari.

BMT NIZOMI

BMT nizomi tashkilotning ta'sis xujjati sifatida xizmat qiladi, unga tashkilotga a'zo davlatlarning huquq va majburiyatlari, tashkilot joriy qiladagan organlar hamda rasm rusumlar bayon qilingan.

Tashkilot a'zolri

Xozirgi to'la ro'yxatga ko'ra tashkilotga 185 davlat a'zo. 1999 yilning 14 sentabrida Kiribati, Nauru va Tonga davlatlari qabul qilindi. Shunday qilib, BMTga a'zo davlatlar umumiy soni 188 taga yetdi.

Rasmiy tillar

Nizosga muvofiq BMTning rasmiy tillari ingliz, ispan, titoy, rus va fransuz tillaridir. Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi va Iqtisodiy hamda Ijtimoiy Kengash tomonidan arab tili ham rasmiy til sifatida qabul qilingan.

Tashkilot tarkibi

BMTning oltita bosh organi Nizom bilan tasdiqlangan, ular qo'yidagilar:

Bosh assambleya, Xavfsizlik kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash, Vasiylik kengashi, Xalqaro sud va Kotibiyat. Shu bilan birga BMT OILASI bir muncha kengroq, u 15 muassasa va bir kancha dastur, organlarni o'z ichiga oladi.

Bosh assambleya

Asosiy maslahat organi hisoblanadi. U barcha a'zo davlatlar vakillaridan tarkib topgan bo'lib, unda har bir davlat bir ovozga ega.

Xavfsizlik kengashi

Xavfsizlik kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni SAqlash uchun Nizomga muvofik bosh ma'suliyatni o'z zimmasiga oladi.

Kengash 15 a'zodan iborat: 5 doimiy a'zo - Xitoy, Fransiya, Rossiya Federasiyasi, Buyuk Britaniya va Qo'shma Shtatlardan va Bosh assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylangan 10 a'zodan iborat.

Kengashning har bir a'zosi bir ovozga ega. Rasmiy masalalar 15 a'zodan kamida 9 tasi ovoz bergandagina qabul qilinadi. Doimiy a'zolar “veto” huquqiga ega.

Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash

Iqtisodiy va Ijtimoiy kengash BMTning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini koordinasiya qilish bo'yicha bosh organ sifatida Nizom bilan tasdiqlangan, shu bilan birga u BMT maxsus muassasalari va institut faoliyatini bir oiladek yuritib turadi. Kengash uch yil muddatga saylangan 54 a'zodan iborat. Qarorlar ko'pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Kengashning har bir a'zosi bir ovozga ega.

Vasiylik kengashi

BMTning asosiy organlaridan biri hisoblanadi. U nizomga muvofik vasiylik tizimiga kiruvchi xududlarni nazorat qilish uchun o'n bir dastlabki vasiylik xududlari aholisi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida tuzilgan bo'lib, bu xududlar taraqqiyotini o'z o'zini boshqarishga va mustaqillik sari yo'naltirdi. Vasiylik kengashi Xavfsizlik kengashining doimiy besh a'zosidan, ya'ni Xitoy, Fransiya, Rossiya Federasiyasi, Buyuk Britaniya, va Qo'shma Shtatlardan tashkil topgan. O'tgan davr mobaynida vasiylik xududlarida mustaqil davlatlar tashkil topgan. 1994 yil oxiri AKSH boshqaruvida bo'lgan Tinch okeanidagi orollari nisbatan bitim bekor qilindi.

Vasiylik kengashi o'zining ish yuritish qoidalarini o'zgartirdi. Xozirgi vaqtda zarurat tug'ilganda to'planadi.

Xalqaro sud

Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko'rsatadi. Sud a'zo davlatlar o'rtasidagi hukukiy nizolarni yechadi. Sudga alohida kishilar murojaat qilishlari mumkin emas.

Sud Bosh assambleya va Xavfsizlik alohida alohida xolda ovoz berish yo'li bilan saylangan 15 sudyadan iborat. Sudlar fuqoroligiga qarab emas, malakasiga qarab saylanadi. Sud tarkibida bir mamlakatning ikki fuqorosi bo'lishi mumkin emas. Sudyalar 9 yilga saylanadi. Qayta saylanishi mumkin.

K o t i b i ya t

Kotibiyat- BMTning butun dunyodagi muassasalarida ishlovchi va tashkilotning turli xil kundalik ishlarini bajaruvchi xalqaro xodimlardan iborat. U BMTning boshka organlariga xizmat kiladi va ular tomonidan qabul qilingan dasturlar hamda siyosiy yo'nalishlarni amalga oshiradi.

Kotibiyat boshida – Bosh kotib Xavfsizlik kengashi tavsiyasi bilan Bosh Assambleya tomonidan besh yil muddatga saylanadi.

Bosh kotib

Bosh kotib Nizomda BMTning “bosh ma'muriy lavozimi shaxsi” sifatida tavsiflanadi.

Bosh kotib – diplomat va faol siyosatchi, tinchlikparvar va tinchlik ximloyachisi – jahonxamjamiyati oldida BMTning Nizomida ko'zda tutilgan qadriyatlar ramz sifatida gavdalanadi. Kofi annan (Gana) – 1997 yil 1- yanvardan boshlab Bosh kotib hisoblanadi.

Ilgarigi kotiblar

1. Tryugve Li (Norvegiya) – 1946. 02 – 1952 Y 11 gacha.

2. Dag Xammarsheld( Shvesiya) – 1953. 04 – 1961 y 09 gacha.

3. U Tan ( Birma xozirgi Myanma) – 1961 y 11 – 1961 y 11 gacha.

4. Kurt Valdxaym( Avstriya) – 1972 y01- 1981 y12 gacha

5. Peres de Kuelyar (Peru) – 1982 y – 1991 y 12 gacha

6. Butros Butros Goli( Misr) 1992 y 01- 1996 y 12 gacha

7. Kofi Annan ( Gana) – 1997 y 01 dan.

3. Mustaqil O'zbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati.

1992 yil 2 martda O'zbekiston Respublikasi o'z tarixida birinchi bor xalqaro hamjamiyatning teng huquqli sub'yekti sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu tarixiy voqea O'zbekistonning mustaqil davlat sifatida xalqaro hamjamiyatdan munosib urin olishida katta ahamiyatga ega bo'ldi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo'yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminari chaqirish, Tojikiston va Afg'oniston mojorolari, narkobiznesga qarshi kurashishni kuchaytirish, Orol muommosini xal etish va boshqa masalalar bo'yicha bir qator takliflarni o'rtaga qo'ydi.

O'zbekiston Prezidentining asosli muloxazalari bu nufuzli tashkilot tomonidan inobatga olinib, 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolat xonasi ta'sis etilib, ish boshladi. Xolid Malik BMTning O'zbekistondagi vakili qilib yuborildi.

Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi respublikada BMTning Taraqqiyot dasturi, Sanoat taraqqiyoti dasturi, qochoqlar ishi bo'yicha vakillari Oliy Komissari, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti, aholini joylashish jamg'armasi, Narkotiklarni nazorat qilish bo'yicha dastur, Bolalar jamg'armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o'z tarkibiga birlashtirishga muvafaq bo'ldi.

1. BMT tarkibidagi tashkilotlarning tashkil topishi va faoliyati haqida umumiy tushuncha.

(Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Ta'lim, Fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkilot, Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro sayyoxlik tashkiloti.)

2. BMT dasturlarining tashkil topishi va ularning faoliyati to'g'risida umumiy ma'lumot.

( Jaxon oziq-ovqat dasturi, Atrof muhitni muxofaza etish dasturi, Bolalar jamgarmasi(YUNISEF), Taraqqiyot dasturi(UNDP), BMTning Universiteti.)

3. O'zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan hamkorligi.

Referat haqida toliq malumot:

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti, Ta'lim, Fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkilot, Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik, Xalqaro dengiz tashkiloti, Xalqaro sayyoxlik tashkiloti.

Jahon oziq-ovqat dasturi, atrof muxitni muhofaza etish dasturi, Bolalar jamg'armasi(YUNISEF), Taraqqiyot dasturi(UNDP), BMTning Universiteti.

1. BMTtarkibidagi tashkilotlarning tashkil topishi va faoliyati xakida umumiy tushuncha

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik.

Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlik Birlashgan Millatlar Tashkiloti xomiyligida muxtor muassasa sifatida 1957 yilda tashkil topgan. U atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish bo'yicha ilmiy va texnik hamkorlik borasida xukumatlararo jahon markaziy forumi sifatida xizmat qiladi.

Agentlik o'zining 127 ta a'zo davlatlariga atom energiyasi sohasida o'zlarining mustaqil ilmiy dasturlarini ishlab chiqishlarida texnik yordam ko'rsatadi. Agentlik faoliyatining qariyib yarmi oziq- ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi, sog'liqni saqlash, sanoat va gidrologiya, shuningdek, atrof muhit ifloslanishi va ayniqsa dengiz suvi bo'yicha dasturlarda mujassamlashgan.

Agentlik yadro materiallarini xarbiy maqsadlarga qaratmaslik kafolatini nazarda tutgan xalqaro shartnomalarga amal qilinishini nazorat etishda davlatlarga yordam beradi. Butun dune bo'yicha 200 inspektor, 900 dan ortiq qurilma va boshqa ob'yektlarni Agentlikning kafolat dasturi doirasida nazorat qilib boradi.

Yadroviy dasturlar sonini o'sishi va jamoatchilik diqqat- e'tiborini xavfsizlik jabxasiga qaratish bilan Atom energiyasi bo'yicha xalqaro agentlikning yadro xavfsizligi bo'yicha asosiy standartlarini belgilaydi, shuningdek, anik operasiyalarning bajariligi bo'yicha, shu jumladan, reaktiv moddalar tashilishining xavfsizligi bo'yicha qoida va qo'llanmalarni joriy qiladi. Agentlik radiasiyadan talofat ko'rilgan xollarda a'zo davlatlarga shoshilinch yordam ko'rsatadi.

Agentlikning rahbar organlari har yili chaqiriladigan barcha a'zo davlatlar vakillaridan iborat Bosh Konferensiya va 35 a'zodan iborat boshqaruvchilar kengashidir. 13 a'zo Kengash tomonidan tayinlanadi. 22 a'zo esa Konferensiya tomonidan saylanadi.

Agentlik dasturlariga 1998 yilda doimiy byudjetdan 221 million dollar ajratildi va Yana 71 dollar byudjetdan tashqari mablag'lardan tushdi.

Bosh direktorii : Janob Muhammad Elbaradey ( Misr)

Bosh qarorgoh : Vena ( Avstriya).

Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)

Fuqaro aviasiyasi xalqaro tashkiloti bir mamlakatdan ikkinchisiga uchishlarni osonlashtiradi hamda uchish xavfsizligini ta'minlaydi. 1944 yilda tashkil etilgan. Ushbu tashkilot xavo transportiishining muntazzamligi, samarali va ishonchliligi uchun zarur bo'ladigan xalqaro qoida va standartlarnibelgilaydi. Tashkilot o'z tarkibiga kirgan 185 davlat aviasiasining barcha sohalaridagi xamkorliklariga vositachilik qiladi.

IKAO ning Oliy organi Assambleya bo'lib, unga shartnomaga imzo chekkan 185 davlatning barchasining delegatlari kiradi. Assambleya 33 mamlakat vakillaridan iborat kengashni saylaydilar. Assambleya kamida uch yilda bir marta chaqirilib, IKAO siyosatini belgilab oladi va aynan kengashga taqdim etadigan har qanday masalani o'zi ko'rib chiqadi. Kengash IKAO ning ijroya organi sanalib, Assambleya karorlarini amalga oshiradi.

Kengash Prezidenti : Assad Kotaate (Livan)

Bosh kotib : R.S. Koshta Preyra ( Braziliya)

Bosh qarorgohi : Monreal (Kanada )

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti 1970 yilda tashkil etilgan. Unig maqsadi butun dunyoda hamkorlik asosida 169 a'zo davlatda intellektual mulkni saqlashda yordam ko'rsatish va intelleklual mulkni saqlash uchun tuzilgan ma'muriy organlar ittifoqlari hamkorligini ta'minlashdan iborat.

Ushbu ittifoqlardan eng asosiylari Parij va Bern ittifoqlaridir.

- Parij ittifoqining rasmiy nomi – xalqaro sanoat mulkini quriqlash bo'yicha ittifoqdir.

- Bern ittifoqining rasmiy nomi – adabiyot va san'at asarlarini saqlash xalqaro ittifoqidir.

Intellektual mulk ikki asosiy sohani qamrab oladi:

1. Sanoat mulkini, ixtirochilik ustivorligi, tovar belgilari, asosan adabiyot, musiqa, badiiy buyumlar, suratlar.

2. Audiovizual yozuvlardagi mualliflik huquqi.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining uch rahbar organi mavjud:

1. Parij va Bern ittifoqlarida turuvchi san'at vakillarining Bosh Assambleyasi, assambleya ikki yilda bir marta chaqiriladi.

2. Barcha a'zo davlatlar Konferensiyasi, u ham ikki yilda bir marta chaqiriladi.

3. Koordinasiya qilish bo'yicha komitet, uning tarkibida 68 kishi bo'lib, har yili to'planishadi.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining dasturi va byudjeti ikki yilda bir marta rahbar organlar tomonidan aniqlanadi.

Bosh direktor : d-r Komil Idris ( Sudan)

Bosh qarorgoh: Jeneva (Shvesariya)

Birlashgan Millatlar Tashkilotining maorif, Fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YUNESKO)

YUNESKO 1946 yilda tashkil topgan bo'lib, uning mAqsadi insoniyatning aql zakovati va ahloqiy birligiga asoslangan barqaror tinchlikni barpo qilishdir. Uning faoliyat doirasi maorif, tabiiy, ijtimoiy va insonparvarlik fanlarini, madaniyat va kommunikasiya sohalarini qamrab olgan.

YUNESKO dasturlari dune madaniyatiga ko'maklashishi, barqaror taraqqiyot va insoniyat taraqqiyoti uchun yo'naltirilgan. Ular barcha insonlar uchun maorif yutuqlarini to'playdi; ekologik tadqiqotlar uchun xalqaro ilmiy dasturlar tuzishga kumaklashadi; milliy madaniyatni ruyobga chiqishini qo'llab quvvatlaydi; dunyoviy meros hisoblangan boyliklarni saqlash va kengaytirishga axborotlar oqimi va matbuot erkinligiga yordam beradi, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlarning kommunikasiya imkoniyatlarini oshirishga ko'maklashadi.

YUNESKO milliy komessiyalar, assosiasiyalar, markaz va klublar kumagidan foydalanadilar. U395 dan ortiq noxukumat tashkilotlari va jamg'armalar, shuningdek xalqaro hamda xududiy birlashmalar bilan hamkorlik qiladi.

YUNESKOning rahbar organi barcha a'zo davlatlarni jamlagan Bosh Konferensiyalar hisoblanadi, u ikki yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiyada qabul qilingan dasturlar bajarilishini Bosh Konferensiyada saylangan 58 a'zodan iborat Ijroya kengash kuzatib boradi.

Bosh direktor:Federiko Mayor. Saragosa(Ispaniya)

Bosh qarorgox : Parij.

Xalqaro mehnat tashkiloti

Xalqaro mehnat tashkiloti 1919 yilda ta'sis etilgan bo'lib, uning Nizomi Versal shartnomasining bir qismi edi. 1946 yilda xalqaro mehnat tashkiloti BMT bilan aloqador birinchi ixtisoslashgan muassasa bo'ldi.

Xalqaro mehnat tashkiloti hamma yerda mehnatkashlar uchun ijtimoiy adolatni barqaror etishga ko'maklashadi. U mehnat sharoiti va hayot tarzini yaxshilashga qaratilgan xalqaro siyosat va dasturalrni ishlab chiqadi: xalqaro mehnat standartlarini joriy qiladi: vazifasiga munosib tarzda xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan siyosatni milliy xokimiyatlar uchun o'tkazishda yetakchi bo'lib xizmat qiladi: texnik hamkorlikning katta dasturini xayotga tadbiq etishda xukumatlar bilan bunday siyosatni samarali tarzda amalga oshirishda hamkorlik qiladi: Ushbu xarakatlarning muvafaqiyat qozonishida izlanishlar olib boradi.

Xalqaro mehnat tashkiloti o'zining siyosatini samarali tarzda amalga oshirishda hamkorlik qiladi: kasb tayyorgarligi, bu boradagi ta'lim berishni amalga oshiradi, Ushbu xarakatlarning muvafaqiyat qozonishda izlanishlar olib boradi.

Xalqaro mehnat tashkiloti o'zining siyosatini ishlab chiqishda mehnatkashlar va tadbirkorlar vakillarining ovozlari xukumat vakillari ovozlri bilan teng bo'lishiga amal qiluvchi antika butun jahon tashkiloti hisoblanadi. Xalqaro mehnat tashkiloti uch organdan tarkib topgan:

- Xukumatlar, tadbirkorlar, mehnatkashlar delegatlaridan iborat xalqaro mehnat konferensiyasi.

U har yili chaqiriladi. Konferensiya byudjetini qabul qilish bilan birga xalqaro mehnat standartlarini belgilaydi.

- Ma'muriy kengash yiliga ikki martda yig'ilish o'tkazadi va xalqaro mehnat tashkiloti ishlari ustidan nazorat qiladi, dastur va byudjetni tayyorlaydi. Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga amal qiladigan xolatlarni tekshiradi.

- Xalqaro mehnat byurosi – tashkilotning doimiy xarakatdagi kotibiyati sanaladi.

Kasbga tayyorlash bo'yicha xalqaro markaz Italiyaning Turin shahrida joylashgan bo'lib, u kasbga tayyorlash va kasb malakasi berishga ko'maklashadi . Xalqaro mehnat tashkilotining xalqaro – ijtimoiy mehnat tadqiqotlari instituti ilmiy tadqiqotlar, forumlar, ijtimoiy siyosat muommolari bo'yicha seminarlar o'tkazishda va o'quv qurollarini yetkazib berishda baza hisoblanadi: aspirantlar, ishga kelgan olimlar uchun dasturlar tuzadi. 1969 yili xalqaro mehnat tashkiloti tashkil etilganiga ellik yil to'lganida Nobel mukofati bilan taqdirlangan.

Bosh direktorii: Janob Mishel Xansen (Belgiya) Bosh qarorgohi: Jeneva

Butunjaxon sog'likni saqlash tashkiloti

1948 yilda tashkil etilgan bo'lib, sog'likni saqlash sohasida BMTning bosh sohasi hisoblanadi. Uning maqsadi imkoni boricha hamma xalqlarning salomatlik darajasini yuqori kutarishdir. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining asosiy vazifalari qo'yidagilardan iborat:

- jahonning barcha mamlakatlaridasoglikni saqlash masalalarida rahbarlikni ta'minlash:

- Xukumatlarga milliy sog'liqni saqlash dasturlarini amalga oshirish va baholash borasidagi rejalashtirish ishlarini yaxshilashga yordam berish:

- Taqdim qilingan tibbiy texnalogiyalarni va sog'liqni saqlash standartlarini keng quloch yozdirish, axborotlarni tarqatish.

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining rahbar organi Butunjahon sog'liqni saqlash assambleyasi bo'lib, uning tarkibiga barcha a'zo davlatlar kirgan. Assambleya har yili chakiriladi. 1977 yili Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti birinchi bo'lib “Salomatlik hamma uchun” shiorini o'rtaga tashladi.

Tashkilotning Brazzavilda (Kongo), Vashingtonda (AKSH), Koxirada (Misr), Kopengagenda (Daniya), Nyu-Delida (Xindiston), Manilada (Filippin) xududiy birlashmalari mavjud.

Bosh direktor: d-r Gru Xarlem Brundland(Norvegiya)

Bosh qarorgoh: Jeneva.

Xalqaro dengiz tashkiloti.

1959 yildan ish boshlagan Xalkaro dengiz tashkiloti (IMO)Birlashgan Millatlar Tashkilotining faqat kemalar qatnovi va okeanlar tozaligi bilan shug'ullanuvchi yagona muassasadir.

Tashkilotning bosh vazifasi – dengizda eng yuqori darajadagi xavfsizlikka erishish va kemalarni boshqarish mahoratini oshirish uchun xukumatlar o'rtasida xalqaro qatnovning texnik masalalari bo'yicha hamkorligiga yordam berishdir. U dengiz muxitini quriqlash, dengizning kemalar va boshqa suzuvchi ob'yektlar tomonidan ifloslanishning oldini olishga ko'maklashadi.

Xalqaro dengizlar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan, masalan, dengizdagi hayotni muhafaza qilish, dengizning kemalar tomonidan ifloslanishni oldini olish va boshqa mavzudaga xalqaro konvensiya va maslahatlarxukumatlar tomonidan qabul qilindi.

1989 yili Vallettada(Malta) tashkil etilgan IMOning Xalqaro dengizlar huquqi instituti xalqaro dengizlar huquqlari bo'yicha mutahassislar tayyorlaydi.

1989 yilda Triyestida (Italiyada) tuzilgan IMOning Xalqaro dengizlar akademiyasi ixtisoslashish bo'yicha turli dengiz fanlaridan qisqa muddatli kurslar tashkil etildi.

1983 yili IMO tomonidan Malmida (Shvesiya) tuzilgan xalqaro dengizlar universiteti boshqaruvchilar, o'qituvchilar va dengiz uchun boshka xil yukori malakali mutaxssislar tayyorlaydi.

IMOning rahbar organi a'zo davlatlar vakillaridan iborat- Assambleya hisoblanadi, u ikki yilda bir marta chaqiriladi. Assambleya 32 kishidan iborat kengash saylaydi.

Kengash IMOning ijroya organi hisoblanadi.

Bosh kotib: Janob Uilyam L O Nil(Kanada)

Bosh qarorgoh: London (Angliya)

2.BMT dasturlarining tashkil topishi va ularning faoliyati to'g'risida umumiy tushuncha.

Jaxon Oziq – Ovqat dasturi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi sifatida Jahon oziq – ovqat dasturi oziq – ovqat yordam ko'rsatish bo'yicha yirik, ko'pqirrali tashkilot bo'lib, 3 million tonnaga yaqin mahulotni taqsimlash uchun ma'suldir.

1963 yilda tashkil topgan oziq – ovqat dasturiga rivojlanayotgan davlatlarni kambagal axolisiga yordam ko'rsatish va jahonda ochlik va nochorlik bilan kurash olib borish vazifasi yuklatilgan. U iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotga erishish uchun oziq – ovqat yordam ko'rsatishdan foydalanadi.

Favqulotda vaziyatlarda Jahon oziq – ovqat dasturi tabiiy yoki odamlar faoliyati tufayli kelib chiqqan talofatlar qurbonlarga, urushlardan jafo chekkanlarga shoshilinch yordam ko'rsatadi. Unig 70 foiz resurslari favqulotda yordam ko'rsatishga sarf etiladi. Xisob kitoblarga qaraganda Jahon oziq – ovqat dasturi yordamidan 50 kishi foydalanadi.

Jahon oziq – ovqat dasturi xodimlari 4115 kishini tashkil etadi, shundan 1525 xodim turli joylar, 581 kishi bosh qarorgoh va qariyib 2180 kishi asosan favqulotda operasiyalar bilan mashg'ul bo'lgan vaqtinchalik xizmat qilayotgan xodimlardir. 1997 yilda dunyoning 84 mamlakatidagi 53 million kishi uchun 2,7 million tonna oziq – ovqat yetkazib berildi.

Yetkazib beriladigan oziq – ovqat mahsulotlarining ko'p qismlarini mamlakatlarning tabiiy mahsulotlardan qilgan xayr ehsonlari tashkil etsa, 300 milliondan ortiq dollarlik mahsulot jamoalar va ayrim shaxslardan tushgan naqd pulga sotib olinadi. Jahon oziq ovqat dasturi BMT tizimidagi rivojlanayotgan mamlakatlardan eng yirik xizmatlar va oziq – ovqat sotib oluvchidir.

Jahon oziq–ovqat dasturi siyosat va oziq–ovqat yordami bo'yicha 42 a'zodan tashkil topgan komitet tomonidan boshqariladi.

Komitet tarkibining yarmi Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, yarmi esa BMT oziq – ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti tomonidan tayinlanadi Komitet yiliga ikki marta yig'iladi.

Ijrochi direktor : Ketrin Berteni xonim (AKSH)

Bosh qarorgoh : Rim ( Italiya)

Birlashgan millatlar tashkilotining universiteti

Birlashgan Millatlar Tashkilotining universiteti tadqiqot ishlari, aspirantlar tayyorlash va Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning muassasalari g'amxo'rligi doirasidagi insoniyatning yashab qolishi, taraqqiyot va faravonlikning shoshilinch, global muammolariga oid bilimlarni tarqatish bilan shug'ullanadi.

Universitet Nizomi 1973 yilda qabul qilingan bo'lib, 1975 yilda kuchga kirgan. Universitet tarkibida beshta tadqiqot va o'quv markazi mavjud.

• BMT Universitetining Iqtisodiy taraqqiyot tadqiqotlari bo'yicha butunjahon instituti. Xelsinki, Finlandiya.

• BMT Universitetining Yangi texnologiyalar instituti, Mastrixt, Niderlandiya.

• BMT Universitetining dasturlash texnologiyalari bo'yicha xalqaro instituti, Manao.

• BMT Universitetining Afrikadagi milliy resurslar bo'yicha instituti, Legon (Appre), Gana.

• BMT Universitetining istiqboldagi tadqiqotlar instituti, (Yaponiya)

Bundan tashkari Universitet uch ixtisoslashgan dastur bo'yicha ish olib boradi: Lotin Amerikasi va Karib xavzasi uchun biotexnologiya bo'yicha BMT universiteti dasturi, Karanas, Venesuela; suv resurslari, atrof-muhit muhofazasi va sog'liqni saqlash bo'yicha BMT universitetining xalqaro tarmog'i, Gamilton, Ontario, Kanada va boshqaruvning xalqaro akademiyasi. Ummon, Iordaniya.

BMT universiteti xukumatlar, muassasalar, jamg'arma va shaxsiy donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga to'liq moliyalashtiriladi. U Birlashgan Millatlar Tashkilotining doimiy byudjetidan hech qanday mablag' olmaydi. Odatdagi sarf-xarajatlar uchun asosiy mablag' ta'sis jamg'armasidan beriladi. 1996-1997 yillarda BMT universiteti dasturi xarajatlari 80 million dollarni tashkil etdi.

BMT universiteti 26 a'zodan iborat universitet kengash tomonidan boshqariladi, kengash har yili uchrashuvlar o'tkazadi.

Rektor: prof. Xans Van Gankel (Niderlandiya)

Bosh qarorgoh: Tokio, Yaponiya

Infernet www.uru.edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (INDR)

BMT ning taraqqiyot dasturi 1965 yilda tashkil etilgan. U jahonda katta dastur hisoblanib, dunyoda insoniyatning barqaror rivojlanishi uchun har tomonlama faoliyat olib boradi. U BMT tizimi tomonidan ko'rsatiladigan texnik yordamning katta qismini koordinasiya kiladi.

BMT taraqqiyot dasturi oldida uchta muhim vazifa turadi:

• Inson resurslarini barqaror tarzda rivojlantirishni ta'minlash uchun BMT ini qudratli, jipslashgan kuchga aylantirishga ko'maklashadi.

• Ixtiyoridagi imkoniyatlarni inson resurslarini barqaror tarzda rivojlantirishni ta'minlaydigan bosh vazifalarni xal etish uchun to'plash, kambag'allikka barham berish, ish o'rinlarini yaratish va Xotin-qizlar ahvolini yaxshilash;

• Inson resurslarini barqaror tarzda rivojlantirish uchun muhim resurslarni taqdim etish;

BMT taraqqiyot dasturi 174 rivojlanayotgan mamlakat xududlarida joylashgan o'zining 132 bo'limi orqali xukumatlar, tashkilotlar va aholisi bilan xamkorlikda ish yuritadi. BMT taraqqiyot dasturining ichki mablag'laridan 90 foizi, dunyodagi kambag'al axolining 90 foizi yashaydigan 66 mamlakatga sarflanadi. BMT taraqqiyot dasturining sakson besh foiz xodimlari yordamga muhtoj bo'lgan – rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlaydilar.

BMT taraqqiyot dasturining moliyaviy mablag'i asosan ixtiyoriy badallar evaziga to'planadi. 1997 yilda bu badallar ichki mablag'ning 760 million dollarini tashkil etdi. Bundan tashqari moliyalashtirishning boshqa mablag'laridan, dastur ixtiyoridagi jamg'armalardan 1,4 milliard dollar kelib tushadi.

BMT taraqqiyot dasturi o'zi bilan aloqalar bir necha jamg'armalarni boshqaradi. Ular orasida qo'yidagilar bor:

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining kunchillilar dasturi;

• Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xotin-qizlar borasidagi taraqqiyot jamgarmasi (YUNIFEM);

• Ko'rgokchilikka va saxroga aylanishga qarshi kurash boshkarmasi;

• BMT kapital rivojlanish jamg'armasi;

• BMT ning taraqqiyotga erishish maqsadidagi fan va texnika jamg'armasi;

• BMT ning tabiiy resurslarni yangilash bo'yicha jamg'armasi

BMT taraqqiyot dasturi rahbariyatni boshqaruv kengashining 36 a'zosi tashkil etadi, ular rivojlanayotgan va sanoati rivojlangan mamlakatlar vakillaridir.

Nashrlari ichida eng kattasi har yili chiqadigan “Inson taraqqiyoti to'g'risida ma'ruza”.

Boshqaruvchi: janob Djeyms Gustav Spet (AKSH)

Bosh qarorgoh: Nyu-Yorkda (AKSH)

Internet: www.und.ford

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar jamg'armasi (YUNISEF)

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi (YUNISEF) BMT tarkibidagi butun faoliyatini bolalarga, ularning ximoyasiga, Bolalar huquqlari konvensiyasi doirasida ularning rivojlanishi va hayot kechirishlariga bag'ishlaydigan yagona tashkilotdir. Yevropada urushdan keyin favqulodda bolalar ehtiyojlarini qondirish uchun Bosh assambleya tomonidan 1948 yilda tashkil etilgan Ushbu jamg'arma bugungi kunda ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda bolalar hayotini har tomonlama yaxshilashga qaratilgan dasturlarni qo'llab-quvvatlamokda. U 1989 yilda Bosh Assambleya tomonidan yuz foiz ovoz bilan qabul qilingan va qariyib bir vaqtda ratifikasiya qilingan Bolalar huquqi haqidagi konvensiyaning to'laligicha amalga oshirilishiga yordam beradi va 1990 yilda Butunjahon Oliy darajadagi uchrashuvida bolalar manfaatlari borasidagi masalalarni 2000 yilda hal etishni o'z oldiga maqsad qilib quygandir.

YUNISEF BMT ning boshqa muassasalari, xukumat va noxukumat tashkilotlari bilan xamkorlikda va butunjahon periferiya tarmog'i orqali jamoa darajasida birinchi tibbiy yordam, oziq-ovqatlar, boshlang'ich ta'lim, suvlarni tozalash va sanitariya shart-sharoitlarini yaxshilash, gender tengsizligini bartaraf etish va taraqqiyot sohasida arzon ko'mak ko'rsatish bo'yicha dasturlarga ko'maklashadi. U inson huquqlarining bolalarga, ayniqsa qiz bolalarga nisbatan amal qilinishi tarafdori. Shuningdek YUNISEF shoshilinch yordam ko'rsatishni davom ettiradi va favqulodda xodisalar yuz berganda tiklash ishlarini olib boradi.

YUNISEF 1965 yilda xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

YUNISEF 36 kishidan iborat Ijroiya kengash tomonidan boshqariladi. Ijroiya kengash siyosatni belgilaydi, dasturlarni ko'rib chiqadi va byudjetni tasdiqlaydi. YUNISEF tarkibidagi 6200 dan ortiq xodim 113 mamlakatdagi 242 joyda ishlaydilar. Ularning 84 foizi bevosita rayonlarda shug'ullanishadi, qolganlari Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohda, Kopengagen va Florensiyada, shuningdek Jenevadagi BMT xududiy bo'limida mehnat qiladilar. YUNISEF to'ligiga xukumatlar va noxukumat ixtiyoriy badallariga tayanadi: jamg'armaning 30 foizdan ortiq, daromadi noxukumat va xususiy manbalardan tushadi. 1997 yilda umumiy daromad 902 million dollarni tashkil etdi. Dasturni amalga oshirishning umumiy sarfi 822 million dollar jami xarajatlarning 89 foizini tashkil etdi, buning 33 foizi, ya'ni dastur sarfining katta qismi bolalar salomatligini saqlashga ketadi.

Jamg'arma bosh nashrlari “Jahonda bolalar ahvoli” va “Millat taraqqiyoti”.

Ijrochi direktor: xonim Kerroll Bellami (AKSH)

Bosh qarorgoh: Nyu-Yorkda

Internet: www.unicef.org

Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhitni muxofaza etish dasturi. (YUNEP)

BMT ning atrof muhit dasturi (YUNEP) ga 1972 yilda asos solingan. Uning tashkil etilishidan mAqsad mamlakatlar va xalqlar turmush darajalarini kelgusi avlod uchun zarar yetkazmaydigan tarzda yaxshilashni kuzda tutuvchi imkoniyatlar yaratish yo'li bilan atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan muomala qilish bo'yicha rahbarlikni ta'minlash va sherikchilikni rag'batlantirishdir.

Atrof muhitni muhofaza qilishda YUNEP bosh organ sanalib, global ekologik dasturni ishlab chiqadi. BMT tizimida tabiatni asrash jabhasining barqaror rivojlanishi uchun izchil ravishda faoliyat ko'rsatadi va butun yer kurrasida tabiatni ximoya qilishga astoydil ko'maklashadi.

YUNEP ning bosh vazifalari – odamlar istiqomat qiladigan global muhit xolatini urganish, atrof-muhit xolatini urganish, atrof-muhitdagi o'zgarishlarni baholab qulay sharoitda ogohlantirish va atrof muhit uchun xavf-xatar tug'ilganda yo'l-yo'riqlarni ishlab chiqish, konvensiyalarni o'zaro muvofiqlashtirish, ekologik muammo paydo bo'lganda zudlik bilan kelishilgan xalqaro me'yor va qoidalarni amalga oshirishga ko'maklashish; tabiatni muxofaza qilish faoliyatini BMT doirasida koordinasiya qilib turish; global ekologiya jamg'armasi mablag'larini taqsimlash bo'yicha muassasalarni o'z majburiyatlarini bajarishga undash; ekologik ta'limni rag'batlantirish va bunga jamiyatning barcha qatlamlarini jalb qilish; fan olami va siyosiy qaror qabul qilish uchun shaxslar bilan amaliy aloqalar urnatish; bu boradagi siyosatni ishlab chiqishga yordam berish va muhim masalalar bo'yicha tegishli institutlarni tashkil etish xususida xukumatlar o'amda tashkilotlar bilan maslaxatlashishdan iboratdir.

YUNEP ning 1996-1997 yilarga mo'ljallangan ish rejalaridan tabiiy resurslardan foydalanish va uni oqilona boshqarishni tashkil etish; ekologik xavfsizlik, ishlab chiqarish va iste'foda etish; insonlar salomatligi va farovonligini barqaror etish maqsadida atrof-muhitni yaxshilash; iqtisodni globallashtirish va atrof muhit muhofahasi kabi masalalar joy olgan.

YUNEP ning asosiy nashrlaridan biri – ikki yilda bir marta chop etiladigan “Jahon atrof-muhit muhofazasining istiqboli” sharhidir. Bu nashrda xududiy ekologik muammolar tahlili va ularni xal etish strategiyasi, shuningdek tabiatni muhofaza qilishda kelajakda matematik modellashtirishdan foydalanish istiqbollari bilan tanishtiriladi.

YUNEP xukumatlarni maqsadli jamg'armalarini jalb etishdan ixtiyoriy tarzda tushgan badallar hisobiga tashkil etilgan Iqtisodiy jamg'arma tomonidan va BMT doimiy byudjetidan ajratilgan kichik miqdordagi pul mablag'lari evaziga moliyalashtiriladi. 1996 va 1997 yillardagi byudjet 90 va 105 million dollarni tashkil etdi.

YUNEP ning rahbar organi 58 mamlakat vakillaridan iborat boshqaruvchilar kengashidir, ular har yili to'planadilar.

Ijrochi direktor: janob Klaus Topfer (Germaniya )

Bosh qarorgoh: Nayrobi (Keniya)

Internet: www.unep.org

3.O'zbekistonning BMT muassasalari va dasturlari bilan xamkorligi.

O'zbekiston Respublikasi o'zi hohish irodasi va taklifiga ko'ra 1992 yil 2 martda jaxondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi: O'zbekiston BMT nizomini, xalqaro huquqiy me'yorlarni, davlatlararo muomala qoidalarini, shuning BMT tarkibiga kiruvchi xalqaro tashkilotlar talablariga rioya qilishini bildirdi. Mamlakatimiz jaxonhamjamiyatining to'la teng huquqli a'zosi bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo'yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqIrish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, orol muammosini hal eti shva boshqa masalalar bo'yicha bir qator takliflarni o'rtaga qo'ydi.

1993 yil fevralda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish boshladi. O'zbekiston Respublikasi va BMT rahbarlarining sa'y-harakatlari natijasida BMT ning Toshkentdagi vakolatxonasi mamlakatimizda BMT ning taraqqiyot dasturi, qochoqlar ishi bo'yicha oliy qo'mita komissari, jaxon sog'liqni saqlash tashkiloti, aholini joylashish jamg'armasi, narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, sanoat taraqqiyoti dasturi, bolalar jamg'armasi singari ixtisoslashgan muassasalarni o'z tarkibiga birlashtirishga muvaffaq bo'ldi. 1993-1997 yillarda BMT vakolatxonasiga boshchilik qilgan Xolid Malikning faol ishtirokida O'zbekistonda ko'plab xalqaro tadbirlar o'tkazildi. Chunonchi, Toshkentdagi BMT ning qochoqLar ishi bo'yicha oliy qo'mitasi komissorining vakili tojik qochoqlarini yurtiga qaytarish, ularga BMT ning insonparvarlik yordamini yetkazish bo'yicha katta tadbirlarni amalga oshirdi.

1994 yil oktabrning boshlarida BMT vakolatxonasining yordami va ishtirokida Toshkentda bo'lgan jaxon sayyoxlik tashkilotining “Ipak yo'li” xalqaro yig'ilishi jaxon sayyoxlik tashkilotining “Ipak yo'li” xalqaro yig'ilishi jaxon sayyoxlik va tijorat ishlarida O'zbekistonning mavqeini yanada ko'tardi.

1995 yil 20 yanvarda Toshkentda BMT vakolatxonasi Bilan hamkorlikda seminar kengash bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston taraqqiyotining strategik muammolari, o'zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo'llari muhokama etildi.

O'zbekistonning tashabbusi bilan BMT rahnomaligida 1995 yil 15-16 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag'ishlangan seminar kengash bo'lib o'tdi. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlari xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustaxkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi. Shuningdek mintaqadagi mojarolarni bartaraf etish, barqarorlik va hamkorlikni ta'minlash xalqaro tashkilotlarning ham vazifasi ekanligi ta'kidlandi. Negaki, mintaqalar xavfsizligi jaxon xavfsizligining garovidir.

O'zbekiston BMT ning 50 yillik tantanalarida va seminar kengashlarida faol qatnashib kelayotganligi hamda jahon muammolari bo'lmish Afg'onistondagi urush, orol muammolariga barham berishdagi sa'y-harakatlardan biz ko'rishimiz mumkinki, BMT ning muassasalari va dasturlari Bilan faol hamkorlik olib borayapti.

Bugungi kunda O'zbekiston BMT Bilan faol aloqa o'rgatgan davlatlardan biri hisoblanadi.

BMTning hozirgi roli haqida turli fikrlar mavjudligini qayd etish lozim:

-BMT qurolli mojarolarni bartaraf etish va xalqaro kelishmovchilik va janjallarni tinch yo‘l bilan hal qilish borasidagi o‘z vazifalarini allaqachon bajarolmay qoldi;

-BMTning hech qanday muqobili hozircha mavjud emas, boshqacha aytganda, mintaqaviy tashkilotlar alohida mintaqalar manfaatlarini ifoda qiladilar, ular ko‘pincha to‘g‘ridan – to‘g‘ri bir – biriga zid bo‘ladi, shu sababli butun jahon tashkilotisiz mojarolarni hal qilishning umumiy meyorlari va yo‘llarini ishlab chiqishning imkoni yo‘q.

Nizomda belgilangan majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladigan, Tashkilot fikrga ko‘ra, ularni bajarishga qodir barcha tinchliksevar davlatlar BMTning a’zosi bo‘lishlari mumkin. Ushbu majburiyatlar, tinchlik paytida bo‘lgani kabi mojaro sharoitida ham, xalqaro maydonda davlatlar hamkorligining har qanday ko‘rinishiga aloqador bo‘lgan muayyan vaziyatlarda davlatning atvori (o‘zini tutishi) qoidalariga daxldordir. BMTning kelajagi ushbu tashkilot tizimining yanada samarali ishlashini ta’minlash, yangi xalqaro siyosiy madaniyatni belgilash uchun qanday choralar ko‘rilishiga bog‘liq1.

O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 1992 yil 2 mart kuni a’zo bo‘ldi. BMT bilan asosiy ustuvor hamkorlik masalalari xavfsizlik va zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalmasligi, Afg‘onistonda tinchlikni tiklash va uning barqarorligini ta’minlash, ekologik muammolarni hal etish, jumladan, Orol dengizi muammosini oqibatlarini yengillashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi BMTning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 13 ta konvensiyasi ishtirokchisi hisoblanadi va bu yo‘nalishda jahon hamjamiyatini birlashtirish yo‘lida o‘zining tashabbusi bilan chiqgan.

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro terrorizmga qarshi kurashish sohasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha taraqqiyotni ma’qullaydi. Biroq, terrorizmga qarshi amaliy kurashish faqatgina ko‘ptomonlama global hamkorlik tizimini yaratish yo‘li bilan erishish mumkinligini e’tirof etadi. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov “Bugungi kunda barcha uchun bir haqiqat namoyon bo‘lishi zarur: tabiiyki, hech bir inson, hech bir davlat barcha odmazod uchun xavf tug‘diruvchi ushbu yovuz kuchning ildizini yo‘qotish yo‘lida kurashishda chetda qolib ketishi mumkin emas” - deb ta’kidlaydi. Shundan kelib chiqib, BMT Xavfsizlik Kengashining Kontrterroristik qo‘mitasining ishini ma’qullab, BMTga a’zo-davlatlar salohiyatining mustahkamlash bo‘yicha hatti-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, ushbu qo‘mitaning yaratilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ilgari surgan 1999 - yil Istambuldagi OBSE sammitida terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha Xalqaro markazni yaratish zarurligi tashabbusi asosida amalga oshirilgan.

Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti, NATO (North Atlantic Treaty Organization-NATO) - xalqaro davlatlararo harbiy-siyosiy tashkilot bo‘lib, u 1949 yilning 4 aprelida Vashingtonda 12 davlat: AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Kanada, Italiya, Portugaliya, Norvegiya, Daniya, Islandiya vakillari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi imzolanishi bilan tashkil topgan. Tashkilotga 1952 yili Gretsiya va Turkiya; 1955 yil GFR, 1982 yil Ispaniya, 1999 yil Vengriya, Polsha va Chexiya, 2004 yil Latviya, Litva, Estoniya, Slovakiya, Sloveniya, Bolgariya va Ruminiya qabul qilindi.

NATO harbiy ittifoq hisoblanadi. Uning ichida yagona, markazlashgan organ mavjud emas. Huquqiy jihatdan hech bir davlat o‘zining ko‘rsatmalariga qo‘shilishga boshqa davlatlarni majbur etishga majbur emas. NATO tuzilmasini siyosiy (fuqaroviy) va harbiy qismga bo‘lish mumkin. Shim. Atlantika Kengashi NATO ning oliy siyosiy organi hisoblanadi. U ittifoqqa a’zo mamlakatlar hukumatlari o‘rtasida maslahatlashib olinadigan va ishlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy forumdir. Qarorlar konsensus asosida qabul qilinadi va barcha a’zolar uchun bir xilda kuchga ega bo‘ladi. Harbiy masalalar Mudofaani rejalashtirish komiteti (MRK) majlislarida muhokama qilinadi. Yadroviy rejalashtirish guruhi majlislarida NATO siyosatida yadro qurolining ahamiyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha maslahatlashuv bo‘ladi. NATO Bosh kotibi yuqoridagi har uchchala organning raisi hisoblanadi. Xalqaro kotibiyat ham uning tasarrufida bo‘ladi. Harbiy komitet NATOning oliy harbiy organi hisoblanadi. U barcha qatnashchi mamlakatlar Bosh shtablari boshliqlaridan tashkil topadi. Komitet yiliga 2 marta shtab boshliqlari darajasida majlis qiladi, joriy masalalar NATOga a’zo mamlakatlar harbiy missiyalari vakillarining har haftalik uchrashuvlarida muhokama qilinadi. Xalqaro harbiy shtab Harbiy komitetning ijroiya organidir. NATO Praga sammiti (2002 y. noyabr)ning qarorlariga muvofiq Yevropa va Atlantikada Bosh harbiy qo‘mondonliklar o‘rniga NATO Birlashgan qo‘mondonliklari tuzildi. Bular – Yevropada NATO birlashgan kuchlari Bosh qo‘mondonligi o‘rniga operatsiyalar ustidan Birlashgan qo‘mondonlik; Atlantikada NATO birlashgan kuchlari Bosh qo‘mondonligi o‘rniga qayta tuzish bo‘yicha Birlashgan qo‘mondonlik.

“Sovuq urush” tugagandan so‘ng NATOni dunyoda yuzaga kelgan yangi vaziyatga moslashtirish boshlandi. 1991 yilda Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi tuzildi. U Yevroatlantika hamkorlik kengashiga aylantirildi (1997 y.). 1994 yildan NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi amalga oshirila boshlandi. Bu dastur Yevroatlantika hududi xavfsizligining asosiy tarkibiy qismiga aylandi va NATOda markaziy o‘rinni egallab kelmoqda.

O‘zbekiston tomonidan NATOning “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturiga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat 1994 yil 13 iyulda imzolangan. 1995 yil 26 avgustda O‘zbekiston NATO bilan xavfsizlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. O‘zbekistonning NATO bilan o‘zaro aloqalari har yili ikkala tomondan tasdiqlanadigan Individual hamkorlik dasturi orqali amalga oshiriladi1.

1996 yildan asosiy ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha har yili ishlab chiqiladigan individual hamkorlik dasturi doirasida harbiy kadrlarni o‘qitish, mudofaa siyosati, terrorizmga qarshi kurashish, ilm va fuqarolik favqulotda rejalashtirish sohasida hamkorlik amalga oshirilib kelinadi. O‘zbekiston NATOning alohida qo‘mitalarining ishlarida ishtirok etadi. 2007 yil may oyida va 2008 yilning fevral va oktabr oylarida NATOning Ilmiy qo‘mitasi vakili K.Uispelerning tashrifi NATO bilan ilmiy hamkorligiga yanada mustahkamlik impulsini qo‘shdi. 2008 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov NATOning bosh kotibi Y.Sxefferning taklifiga binoan Buxarest shahrining NATO/SEAP Sammitida ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda I.Karimov NATOning ishtirokida Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish maqsadida “6+3” muloqot guruhini tashkil etish taklifi bilan chiqdi2.

Yevropa xavfsizligi. Yevropa xavfsizligining mustahkam tizimini vujudga keltirish XX asrning muhim va dolzarb muammolaridan biri hisoblangan. Uni yaratishda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. 1992 yil 9-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan YEXHT ishtirokchilari davlat va hukumat boshliqlarining uchrashuvida (Xelsinki - II) ma’qullangan Deklaratsiyada YEXHT Yangi Yevropaning shakllanish jarayoni yo‘nalishini belgilovchi va bu jarayonni rag‘batlantiruvchi anjuman ekanligi ta’kidlangan (22-band).

Tinchlikparvarlik harakatlarini amalga oshirishda YEXHT mavjud tashkilotlar, masalan, Yevropa Ittifoqi, NATO, shuningdek MDH resurslari va tajribasidan foydalanishi mumkin. Har bir muayyan holatda YEXHT mazkur tashkilotlar yordamidan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

YEXHTning Budapesht (1994 yil) va Lissabon (1996 yil) shaharlarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlari qarorlarida Yevropada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda asosiy rolni YEXHT o‘ynashi tan olingan, YEXHT mintaqada mojarolarning oldini olish va nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishning asosiy vositalaridan biri ekanligi ta’kidlangan.

Shuni ta’kidlash zarurki, YEXHT har xil miqyosda tinchlikparvarlik harakatlarini o‘tkazish borasida muayyan tajriba to‘plagan. Uning missiyalari Bosniya va Gersegovinaga, Xorvatiyaga, Estoniyaga, Latviyaga, Ukrainaga, Gruziyaga, Moldaviyaga, Tojikistonga, Tog‘li Qoraboqqa, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasiga, Kosovoga yuborilgan. Ularning mandatlari hududdagi muayyan vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va mahalliy vakillar bilan yaqin aloqa o‘rnatish, mojaro taraflari o‘rtasida boshlangan munosabatlarni yanada mustahkamlash vazifasi qo‘yilgan.

Yevropada tinchlikni ta’minlashda YEXHTning samaradorligini oshirish Yevropa xavfsizligining konseptual asoslarini ta’riflovchi hujjatlar ishlab chiqish zarurligi bilan bog‘liq. 1994 yil davlatlar va hukumat boshliqlarining Budapesht kengashida xavfsizlikning harbiy-siyosiy jihatlari bo‘yicha Xulq-atvor kodeksi qabul qilindi va u 1995 yil yanvardan kuchga kirdi. Hujjatda asosiy e’tibor YEXHTning xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi umumiy say-harakatlariga muvofiq mintaqada va undan tashqarida milliy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekiston mustaqilligining birinchi kunlaridanoq o‘zining tashqi siyosati ustuvor yo‘nalishlarini inobatga olgan holda Yevropa bilan hamkorligini mustahkamladi. O‘zbekistonning Yevropa davlatlari bilan munosabatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajada amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikkitomonlama muzokaralari aktiv xarakterga ega1.

Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizligini ta’minlash borasida BMT, YEXHT, NATO, YEI, IHT, IKT va boshqa qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etadi, ammo bu hozirgi jahon siyosiy beqarorligi, global darajadagi tabiiy o‘zgarishlar, turli ekstrimal holatlar va mintaqaviylik tendensiyalari kechayotgan bir sharoitda tom ma’noda mintaqada tinchlik va barqarorlikni kafolatlovchi shart bo‘la olmaydi. Chunki mintaqadagi muammolar birinchi navbatda shu makon va zamonda o‘z yechimini topishi tabiiy hol hisoblanadi. Aks holda mintaqaning xilma-xil manfaatlar ta’siriga tushib qolishi oqibatida turli chigalliklar kelib chiqishi va murakkab ziddiyatli muammolar oqibatida ba’zi qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin1.

Insoniyat duch kelgan va duch kelayotgan, xavfsizlikka bo‘layotgan jiddiy tahdidlar faqatgina davlatlar o‘rtasidagi agressiv urushlar oqibatidagina emas, balki qashshoqlik, infeksion kasalliklar, atrof-muhit holatining yomonlashib borishi, davlat ichidagi zo‘ravonlik va urushlarni, yadro, kimyoviy, radiologik va biologik qurollardan foydalana olish imkoniyati va uning tarqalishini, terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va boshqalar oqibatida vujudga keladi.

Globallashuv jarayonida mintaqaviy hamda global xavfsizlikni ajratib olish darkor. “Mintaqaviy xavfsizlik” global, xalqaro xavfsizlikning tarkibiy qismi bo‘lib, yer sharining ma’lum bir mintaqasiga qaratilgan xavfsizlikka nisbatan aytiladi. YA’ni bunda mintaqaning rivojlanishiga, barqarorligiga, undagi davlatlar guruhlari o‘rtasidagi aloqalarga urush, beqarorlik tahdidini solayotgan omillardan himoyalanish holati tushuniladi. “Mintaqaviy xavfsizlik ma’lum bir mushtarak geosiyosiy muhitda joylashgan va bir-biriga uzoq tarixdan bevosita bog‘lanib qolgan xalqlar, millatlar, davlatlarga tegishli bo‘lgan hayotiy muhim manfaatlarni ichki va tashqi tahdidlardan davlatlaro hamkorlik asosida himoya qilish holatidir”2 .

Xalqaro xavfsizlik huquqi – xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga muvofiq barcha davlat va xalqlar xavfsizligini, umumjahon tinchlikni ta’minlash va o‘rnatish maqsadida xalqaro munosabatlarni tartibga solishga yo‘naltirilgan xalqaro huquqning norma va prinsiplarining yig‘indisidir3.

- Xalqaro xavfsizlikni ta’minlash uchun nafaqat xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga, balki xalqaro xavfsizlik huquqining sohaviy prinsiplariga rioya etish katta ahamiyatga ega. Xavfsizlikning umumiylik prinsipi xavfsizlikning (siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar, ekologik, axborot) turli tashkil etuvchilarini o‘zaro bog‘liqligini bildiradi. Xavfsizlikning bo‘linmaslik prinsipi xavfsizlik barcha uchun bir xil bo‘lishi lozim va bir davlatning xavfsizligi boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga ta’minlanishi kerak emasligini anglatadi.

Umumjahon tinchligini va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash muammosi hozirgi zamon xalqaro munosabatlarida markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. Uning asoslari BMT Nizomida o‘z ifodasini topgan hamda 1970 yil 16 dekabrdagi xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Deklaratsiyada, BMT Bosh Assambleyasining 1986 yil 5 dekabr va 1987 yil 7 dekabrdagi “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikning yalpi tizimini yaratish to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilab berilgan yalpi xalqaro xavfsizlik konsepsiyasida, shuningdek, “Xalqaro tinchlik va xavfsizlikni BMT Nizomiga muvofiq mustahkamlashga yalpi yondashuv” to‘g‘risidagi 1988 yil 7 dekabr qarorida rivojlantirilgan.

BMT kuch-g‘ayratlari yer yuzida barqaror, xavfsizlik va zo‘ravonlik ishlatilmaydigan tinchlik o‘rnatilishiga imkon beradigan xalqaro munosabatlarni tashkil etishni taminlashga yo‘naltirilgan. Huquq tushunchchasiga muvofiq, xalqaro xavfsizlik va davlatlararo munosobatlar sohalarida asos bo‘lib xizmat qiluvchi voqeliklarga quyidagilar kiradi:

- mafkuraviy va sinfiy kurash jahon davlatlararo munosabatlari asosini tashkil etolmaydi. Bu shuni bildiradiki, bloklar bo‘yicha qarama-qarshi turish va “tashqi” dushmanlarni izlash o‘rniga xalqaro munosabatlarni mafkuradan xoli qilish, sherikchilik, umuminsoniy qadriyatlarni va ularning tor milliy manfaatlardan ustun ekanligini tan olish vaqti keldi;

- yadro urushi siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish vositasi bo‘lolmaydi. Shubhasiz, yadro urushi – Yer sivilizatsiyasi uchun o‘z joniga qasd qilishdir, unda g‘oliblar bo‘lishi mumkin emas; ayni vaqtda kelajakda yadro quroli istalgan bosqinchi uchun tiyilib turish rolini o‘ynaydi.

Ayni vaqtda, bozor iqtisodiyoti va erkin raqobatni keng tatbiq etish yo‘li bilan xatto tabiiy resurslarining eng kam miqdori (yoki hatto ular umuman bo‘lmagan taqdirda ham) bilan ham sanoat rivoji va aholi farovonligining yuksak darajasini, siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mumkin.

Hozirgi zamondagi mavjud holat halqaro xavfsizlikning ko‘pqirraliligini va yalpi xarakterini hamda har bir alohida davlat xavfsizligining butun halqaro hamjamiyat xavfsizligi bilan uzviy bog‘liq ekanligini yaqqol tasdiqlaydi.

BMT Ustavi (VIII bob) mintaqa miqyosida xalqaro tinchlik va xavfizlikni saqlash uchun mintaqaviy kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlari tuzishga ruxsat beradi. Bunda quyidagi shartlar albatta bajarilishi lozim:

- mintaqaviy asosdagi harakatlar BMT maqsadlari va prinsiplariga mos kelishi, faqat mahalliy nizolarga taalluqli bo‘lishi va mazkur hudud doirasidan tashqariga chiqmasligi kerak;

- Xavfsizlik Kengashidan vakolat olmay turib hech qanday majburlov choralari ko‘rilishi mumkin emas;

- biron-bir mintaqa davlatlari o‘rtasida yuzaga keluvchi har qanday mahalliy nizolar faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim;

- Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun mintaqaviy bitimlar doirasida amalga oshirilgan yoki amalga oshirish mo‘ljallanayotgan harakatlar haqida hamisha xabardor qilinib turilishi kerak;

- mintaqaviy asosdagi biron-bir harakat BMT xalqaro xavfsizlik universal tizimi doirasidagi harakatlarga zid kelishi mumkin emas.

Mintaqa davlatlari integratsiyasini yangi ko‘rinishida namoyish etishda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) muhim hisoblanadi. 1992 yil 15 mayda Toshkent shahrida kollektiv xavfsizlik shartnomasining imzolanishi ushbu tashkilotning huquqiy poydevorini yaratdi. Uning yuzaga kelishini Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik tizimini yaratishga bo‘lgan izlanishlar hosilasi deb aytish mumkin.

Avvalambor, KXSHTning tarixiga murojaat etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Armaniston ushbu tashkilotga asos soldilar. “Kollektiv xavfsizlik - BMT Ustavi bilan belgilangan va ushbu Butunjahon tashkiloti, mintaqaviy xavfsizlik tashkilotlari, kollektiv o‘zini-o‘zi himoya qilish bo‘yicha tashkilotlar va kelishuvlar chegarasida amalga oshiriladigan davlatlarning xalqaro tinchlikni qo‘lab-quvvatlash va agressiya aktlariga qarshi harakatlar qilish maqsadida bo‘lgan hamkorlikdagi harakatlari tizimi. “Kollektiv xavfsizlik” termini xalqaro munosabatlar amaliyotiga 1922 yildan boshlab Millatlar Ligasi chegarasida kirib keldi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin kollektiv xavfsizlik prinsipi BMT Ustavida, boshqa xalqaro shartnomalar va hujjatlarda (1975 yildagi Xelsinkidagi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha Kelishuvning yakuniy aktida va boshqalarda) yuridik jihatdan mustahkamlandi va tan olindi”1.

1.2. O‘zbekiston bilan BMT va uning tashkilotlari bilan hamkorligining rivojlanishi



Prezident I.A.Karimov O‘zbkiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo‘shma yig‘ilishidagi ma’ruzasida tarixan qisqa davrda mamlakatimiz dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallagani, ko‘plab davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatilgani, O‘zbekistonning jahon miqyosida obro‘-e’tibori yuksalib borayotganini ta’kidlab, quyidagilarni ta’kidlagan edi: “Mustaqil rivojlanish yillarida, tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo‘lga kiritdi, buning natijasida mamlakatimizning hissasi butunlay o‘zgarib, jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzi yuksalib bormoqda”2 edi. Bu borada qo‘lga kiritilgan yutuqlar davlatimizning xalqaro maydonda, avvalo, o‘z milliy manfaatlarimizga tayangan holda olib borayotgan izchil, har tomonlama puxta o‘ylangan tashqi siyosati bilan uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, dunyodagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ikki tomonlama manfaatli aloqalarning o‘rnatilgani va yildan-yilga rivoj topib borayotgani diqqatga sazovordir. Bu borada Prezident I.Karimovning “Erishilgan bunday marralar – jahon miqyosida obro‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yo‘lning bir qismi xolos. Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo‘lishimiz shart degan fikrlari siyosatshunoslar uchun metodologik ko‘rsatma va ilmiy tadqiqot uchun muhim yo‘nalishdir”3.

Ma’lumki, O‘zbekiston 1992 yilning 2 martida BMTga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilingan edi4. Davlatimiz rahbarining asarlari, nutq va ma’ruzalarida O‘zbekistonning BMT bilan aloqalarining yo‘nalishlari va istiqbollari, shuningdek, bu nufuzli tashkilotning umumbashariy muammolarni hal etishda tutgan o‘rni va ahamiyati ko‘p bor ta’kidlangan. Chunonchi, Prezident I.A.Karimov BMT Bosh assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida mazkur masala haqida to‘xtalib, shunday degan edi: “Tub tarixiy o‘zgarishlar davrida hozirgi dunyoning o‘zaro aloqasi va bir-biriga bog‘liqligi ortib borayotganligi ravshan ko‘rinib turibdi. Ayni shu paytda umuminsoniy muammolarni o‘rganish va hal qilishda jahon miqyosidagi siyosiy vosita sifatida BMTning dunyo ko‘lamidagi roli va ahamiyati oshib bormoqda”1. Shu bois BMTning O‘zbekiston bilan aloqalariga oid masalalarni ilmiy jihatdan tahlil etish negizida ikki tomonlama munosabatlarni yanada takomillashtirish va istiqbollarini aniqlash hamda tegishli xulosa va takliflarni ishlab chiqish
Download 34.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling