1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish
-jadval. Mantiqiy amallar uchun rostlik jadvali
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- (x>0)(y 3). void tipi
1.4-jadval. Mantiqiy amallar uchun rostlik jadvali
Mulohazalar Mulohazalar ustida amallar A B !A A && B A || B false false true false false false true true false true true false false false true 20 true true false true true Mantiqiytipdagi qiymatlar ustida mantiqiy koʻpaytirish, qoʻshish va inkor amallarini qoʻllash orqali murakkab mantiqiy ifodalarni qurish mumkin. Misol uchun, «x-musbat va y ning qiymati [1..3] sonlar oraligʻiga tegishli emas» mulohazasini mantiqiy ifoda koʻrinishi quyidashicha boʻladi: (x>0)&&(y<1||y>3). void tipi. void tipidagi dastur ob’ekti hech qanday qiymatga ega boʻlmaydi va bu tipdan qurilmaning til sintaksisiga mos kelishini taʻminlash uchun ishlatiladi. Masalan, С++ tili sintaksisi funksiya qiymat qaytarishini talab qiladi. Agar funksiya qiymat qaytarmaydigan boʻlsa, u void kalit soʻzi bilan eʻlon qilinadi. Misollar. int a=0,A=1;float abc=17.5; double Ildiz; bool Ok=true; char LETTER=ʻzʻ; void Mening_Funktsiyam();/*funksiya qaytaradigan qiymat inobatga olinmaydi */ Tiplangan oʻzgarmaslar. Tiplangan oʻzgarmaslar xuddi oʻzgaruvchilardek ishlatiladi va initsializatsiya qilingandan (boshlangʻich qiymat berilgandan) keyin ularning qiymatini oʻzgartirib boʻlmaydi. Tiplangan oʻzgarmas eʻlonida const kalit soʻzi, undan keyin oʻzgarmas tipi va nomi, hamda albatta initsializatsiya qismi boʻladi. Misol tariqasida tiplangan va literal oʻzgarmaslardan foydalangan holda radius berilganda aylana yuzasini hisoblaydigan dasturni keltiramiz. #include int main(){ const double pi=3.1415; const int Radius=3; double Square=0; Square=pi*Radius*Radius; cout< Dastur bosh funksiyasining boshlanishida ikkita -pi va Radius oʻzgarmaslari eʻlon qilingan. Aylana yuzasini aniqlovchi Square oʻzgarmas deb eʻlon qilinmagan, chunki u dastur bajarilishida 21 oʻzgaradi. Aylana radiusini dastur ishlashida oʻzgartirish moʻljallanmagan, shu sababli u oʻzgarmas sifatida eʻlon qilingan. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling