1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish


С++ tilidagi dastur tuzilishi va uning kompilyatsiyasi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana22.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1108634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

С++ tilidagi dastur tuzilishi va uning kompilyatsiyasi. С++ 
tilida dastur yaratish bir nechta bosqichlardan iborat boʻladi. Dastlab, 


11 
matn muharririda (odatda dasturlash muhitining muharririda) dastur 
matni teriladi, bu faylning kengaytmasi «.cpp» boʻladi, Keyingi 
bosqichda dastur matni yozilgan fayl kompilyatorga uzatiladi, agarda 
dasturda xatoliklar boʻlmasa, kompilyator «.obj» kengaytmali ob’ekt 
modul faylini hosil qiladi. Oxirgi qadamda komponovka (yigʻuvchi) 
yordamida «.exe» kengaytmali bajariluvchi fayl - dastur hosil boʻladi. 
Bosqichlarda yuzaga keluvchi fayllarning nomlari boshlangʻich matnli 
faylning nomi bilan bir xil boʻladi.
Kompilyatsiya jarayonining oʻzi ham ikkita bosqichdan tashkil 
topadi. Boshida preprotsessor ishlaydi, u matndagi kompilyatsiya 
direktivalarini bajaradi, xususan #include direktivasi boʻyicha 
koʻrsatilgan kutubxonalardan С++ tilida yozilgan modullarni dastur 
tarkibiga kiritadi. Shundan soʻng kengaytirilgan dastur matni 
kompilyatorga uzatiladi. Kompilyator oʻzi ham dastur boʻlib, С++ tilida 
yozilgan dastur matni uning uchun kiruvchi maʻlumot hisoblanadi. 
Kompilyator dastur matnini leksema (atomar) elementlarga ajratadi va 
uni leksik, keyinchalik sintaktik tahlil qiladi. Leksik tahlil jarayonida u 
matnni leksemalarga ajratish uchun «probel ajratuvchisini» ishlatadi. 
Probel ajratuvchisi - probel belgisi (ʻ
⊔ʻ), ʻ\tʻ - tabulyasiya belgisi, ʻ\nʻ- 
keyingi qatorga oʻtish belgisi, boshqa ajratuvchilar va izohlar
hisoblanadi.
Dastur matni tushunarli boʻlishi uchun izohlar ishlatiladi. Izohlar 
kompilyator tomonidan «oʻtkazib» yuboriladi va ular dasturning 
bajarilishiga hech qanday taʻsir qilmaydi. 
С++ tilida izohlar ikki koʻrinishda yozilishi mumkin. 
Birinchisida “/*” dan boshlanib, “*/”belgilar oraligʻida joylashgan 
barcha belgilar ketma-ketligi izoh hisoblanadi, ikkinchisi «satriy izoh» 
deb nomlanadi va u “//” belgilardan boshlangan va satr oxirigacha 
yozilgan belgilar ketma-ketligi boʻladi. Izohning birinchi koʻrinishida 
yozilgan izohlar bir necha satr boʻlishi va ulardan keyin С++ 
operatorlari davom etishi mumkin.
Misol. 
int main(){ 
// bu qator izoh hisoblanadi 
int a=0; // int d; 
int c; 
/* int b=15 */ 
/* - izoh boshlanishi 
a=c; 


12 
izoh tugashi */ 
return 0; } 
Dasturda d, b oʻzgaruvchilar eʻlonlari inobatga olinmaydi va a=c 
amali bajarilmaydi. 
Quyida С++ tilidagi sodda dastur matni keltirilgan. 
# include  // sarlavha faylni 
qoʻshish 
int main ()
// bosh funksiya tavsifi 

// blok boshlanishi 
cout <<”Salom Olam!\n”;// satrni chop etish
return 0;
// funksiya qaytaradigan 
qiymat 

// blok tugashi 
Dastur bajarilishi natijasida ekranga “Salom Olam!” satri chop 
etiladi. 
Dasturning 1-satridagi #include preprotsessor direktivasi boʻlib, 
dastur kodiga oqimli oʻqish/yozishfunksiyalari va uning oʻzgaruvchilari 
eʻloni joylashgan «iostream.h» sarlavha faylini qoʻshadi. Keyingi 
qatorlarda dasturning yagona, asosiy funksiyasi - main() funksiyasi 
tavsifi keltirilgan. Shuni qayd etish kerakki, С++ dastursida albatta 
main() funksiyasi boʻlishi shart va dastur shu funksiyani bajarish bilan 
oʻz ishini boshlaydi. 
Dastur tanasida konsol rejimida belgilar ketma-ketligini oqimga 
chiqarish amali qoʻllanilgan. Ma’lumotlarni standart oqimga (ekranga) 
chiqarish uchun quyidagi format ishlatilgan: 
cout <<
Bu yerda sifatida oʻzgaruvchi yoki sintaksisi toʻgʻri 
yozilgan va qandaydir qiymat qabul qiluvchi til ifodasi kelishi mumkin 
(keyinchalik, 
burchak 
qavs 
“<>” 
ichiga 
olingan 
oʻzbektilidagimatnC++ tili tarkibiga kirmaydi deb qabul qilish kerak).
Masalan: 
int uzg=324; 
cout< 
Ma’lumotlarni standart oqimdan (odatda klaviaturadan) oʻqish 
quyidagi formatda amalga oshiriladi: 
cin >>
Bu yerda  qiymat qabul qiluvchi oʻzgaruvchining nomi.
Misol: 


13 
int Yosh; 
cout<<”Yoshingizni kiriting_”; 
cin>>Yosh; 
ButuntipidagiYoshoʻzgaruvchisikiritilganqiymatnioʻzlashtiradi. 
Kiritilgan qiymatni oʻzgaruvchi tipiga mos kelishini tekshirish 
masʻuliyati dastur tuzuvchisining zimmasiga yuklanadi. 
Bir paytning oʻzida probel vositasida bir nechta va har xil tipdagi 
qiymatlarni oqimdan kiritish mumkin. Qiymat kiritish  tugmasini 
bosish bilan tugaydi. Agar kiritilgan qiymatlar soni oʻzgaruvchilar 
sonidan koʻp boʻlsa, «ortiqcha» qiymatlar bufer xotirada saqlanib qoladi.
#include  
int main(){ 
int x,y; 
float z; 
cin>>x>>y>>z;
cout<cout<return 0; 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling