1-bob. Atrof muhitning inson uchun ahamiyati
Download 19.78 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-BOB
1-BOB. ATROF MUHITNING INSON UCHUN AHAMIYATI 1.1. Fanning maqsadi va uning vazifalari Bizni o‘rab turgan muhit deganda, inson tomonidan yaratilgan «toza» tabiat va muhit yig‘indisi - qayta ishlangan maydonlar, sun’iy bog‘lar va xiyobonlar, suv bilan ta’minlangan cho‘llar, alohida issiqlik rejimiga, mikroklimatga, turli organiq va noorganiq moddalarning yuqori darajada aylanishiga va boshqalarga ega bo‘lgan yirik shaharlar tushuniladi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va ular bilan bog‘liq bo‘lgan insonning sanoatdagi ulkan ishlari dunyoda katta o‘zgarishlar bo‘lishiga, ya’ni yuqori darajadagi sanoat va qishloq xo‘jaligi potensiali, barcha ko‘rinishdagi transportlarning keng rivojlanishi, katta yer maydonlarini o‘zlashtirishga, sun’iy klimat sistemasini yaratishga va boshqa muvaffaqiyatlarga olib keldi. Shuning bilan bir qatorda atrof muhit holati birdaniga yomonlasha boshladi. Atmosfera, suv xavzalari va yer qatlamlarining qattiq, suyuq va gaz ko‘rinishidagi chiqindilar bilan ifloslanishi qo‘rqinchli darajaga yetib kelmoqda, qayta ishlanmaydigan tabiiy resurslar – birinchi o‘rinda foydali qazilmalar va tiniq suv miqdori kamayib bormoqda. Atrof- muhitning yanada yomonlashishi odamzod uchun o‘ta yomon natijalarga olib kelishi mumkin. Shunga ko‘ra, atrof muhit muhofazasi hozirgi kundagi eng asosiy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu muammo so‘nggi yillarda yanada keskinlashdi. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning muammosiga aylangan. Hozir, XXI asr boshida, fan-texnika taraqqiyoti jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunday sharoitda inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’sirni tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lmoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni yechish, atrof muhit zararlanishining oldini olish va shu kabi masalalarni tahlil qilish ushbu fanning asosiy vazifasidir. «Atrof muhitni muhofazalovchi texnika» fani zararli chiqindilar, ularning ko‘rinishlari, kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy xossalari va zararli chiqindilarni ushlab qolish jarayonlari, kerakli qurilma va jihozlar qatori, ularning tahlili kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Download 19.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling