1 bob. Axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi


Download 58.21 Kb.
bet1/14
Sana29.03.2023
Hajmi58.21 Kb.
#1308349
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
7-sinf informatika testlari


1 bob. AXBOROTLARNING KOMPYUTERDA TASVIRLANISHI.
1. Informatika va axborot texnologiyalari fanining asosiy tushunchasi deb nima hisoblanadi ?
a) axborot
2. Axborotlar bilan olib boriladigan faoliyat (qabul qilish, uzatish, saqlash, qayta ishlash) nima deyiladi ?
a) axborotli jarayonlar
3. Kiritish qurilmalari axborotni nima qilishadi ?
a) signal yoki ikkilik kodga o’tqazib qabul qiladi
4. Chiqarish qurilmalari signal yoki ikkilik koddagi axborotni nima qilishadi ?
a) qabul qilishga tayyor axborotga o‘tkazib chiqarib beradi.
5. Qabul qilish qurilmalar - ... ?
a) klaviatura, sichqoncha, mikrofon, veb-kamera, skaner, elektron pero, joystik, modem
6. Chiqarish qurilmalari - ... ?
a) ekran, kolonka, quloqchin, printer, proektor, WiFi router, modem
7. Axborotlarni saqlash qurilmalari - ... ?
a) tezkor xotira, kesh xotira, qattiq disk – doimiy xotira, fleshka disklar, disketa, CD va DVD disklar, mikro SD disklar
8. Axborotlarni qayta ishlash qurilmalari - ... ?
a) protsessor
9. Axborotning qanaqa turlari mavjud ?
a) uzluksiz va uzlukli turlari
10. Uzluksiz (analog) axborot – bu ... ?
a) uzilishlarsiz, kattaliklari istalgan vaqtda o‘zgaruvchi axborot (turli to‘lqinlar, ovoz, yorug‘lik)
11. Uzlukli (diskret, raqamli) axborot – bu ... ?
a) ma’lum vaqtda belgilangan kattaliklarni qabul qiluvchi axborot (nota belgilari, harfar, ranglar va boshqalar)
12. Uzluksiz axborotlar bilan ishlovchi qurilmalar bu - ... ?
a) analog qurilmalar (grammofon, telefon, radio va boshqalar)
13. Uzlukli axborotlar bilan ishlovchi qurilmalar - ... ?
a) raqamli qurilmalar (kompyuter, planshet, raqamli videokamera kabi qurilmalar)
14. Matnli, sonli, grafk, audio va video shaklidagi axborotlar kompyuter xotirasida nima orqali saqlanadi?
a) ikkilik kod orqali
15. Ikkilik kod – bu ... ?
a) axborotlarning 0 va 1 raqamlari orqali ifodalash
16. Axborotlarning qanday shakllari mavjud?
a) matnli, sonli, grafk, ovozli (audio), video va boshqa shakllari
17. Kompyuterda matn yozishda qanday kodlash usullari qo‘l keladi?
a) ikkilik, o‘nlik, o‘n oltilik sanoq sistemalarida kodlash usullari
18. Sanoq sistemasi – bu ... ?
a) sonlarni aniq qoidalar asosida belgilash tizimi.
19. Sanoq sistemasi asosi – bu ... ?
a) sanoq sistemasidagi jami raqamlar soni.
20. Sonning razryadi (xona) – bu ... ?
a) raqamlarning berilayotgan sondagi o‘rni.
21. Qadimda Afrika qabilalarida va Xitoyda qaysi sanoq sistemasidan foydalanib kelingan?
a) beshlik sanoq sistemasidan
22. Qadimgi Misr qaysi sanoq sistemasidan foydalanib kelingan ?
a) o‘nlik sanoq sistemasidan
23. Qadimgi Mayya xalqi qaysi sanoq sistemasidan foydalanib kelingan ?
a) yigirmatalik sanoq sistemasidan
24. Sonlarni ifodalovchi belgilarga nima deyiladi?
a) raqamlar
25. Sanoq sistemasida mavjud raqamlar birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) sanoq sistemasi alifbosi
26. Raqamlar alifbo elementlari, jami raqamlar soni nima deb yuritiladi?
a) sanoq sistemasi asosi (quvvati)
27. O‘nlik sanoq sistemasi alifbosi elementlari - ... ?
a) 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9;
28. Rim raqamlaridagi sanoq sistemasi alifbosi elementlari - ...?
a) I, V, X, L, C, D, M.
29. Sonning sanoq sistema asosi qaerda yozib qo‘yiladi?
a) uning quyi indeksiga
30. Agar sanoq sistemasining asosi 10 dan kichik bo‘lsa, ushbu sanoq sistemasi alifbosini tuzish uchun nimalar olinadi?
a) 0 dan shu raqamgacha bo‘lgan raqamlar
31. Agar sanoq sistemasining asosini 10 dan katta bo’lsa, ushbu sanoq sistemasi alifbosini tuzish uchun nimalar olinadi?
a) 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlardan hamda qo‘shimcha belgilardan, odatda, lotin alifbosining bosh harfaridan foydalaniladi.
32. Agar sonlarni yozishda raqamlar o‘z o‘rni (razryadi)ga bog‘liq bo‘lsa, bu sanoq sistema nima deb yuritiladi ?
a) pozitsiyali sanoq sistemalari
33. Agar sonlarni yozishda raqamlar o‘z o‘rni (razryadi)ga bog‘liq bo‘lmasa, bu sanoq sistema nima deb deyiladi ?
a) pozitsiyali bo‘ lmagan sanoq sistemalari
34. Sonlarni qanaqa yozish usullari mavjud?
a) ixcham (standart, oddiy) va yoyiq ko‘rinishlar
35. Ixcham (standart, oddiy) ko’rinishda yozish usulida son qanaqa yoziladi ?
a) raqamlari egallagan razryadiga ko‘ra ketma-ketlikda yoziladi
36. Yoyiq ko‘rinishda yozish usulida son qanaqa yoziladi?
a) raqamlari va sanoq sistemasi asosining raqamlar razryadlariga mos darajalariga ko‘paytmalari yig‘indisi ko‘rinishida yoziladi
37. Kompyuter xotirasidagi barcha axborotlar nima ko’rinishida saqlanadi?
a) ikkilik sanoq sistemasida
38. Sonni ikkilik sanoq sistemasidan to‘rtlik sanoq sistemasiga va aksincha, to‘rtlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazishda qaysi kodlash usulidan qo‘llaniladi?
a) diada kodlash usuli
39. Xarti formulasi ?
a) kodlanayotgan raqamlar (holat, belgi, signal) soni = 2 kodning uzunligi darajasida
40. Sonni ikkilik sanoq sistemasidan sakkizlik sanoq sistemasiga va aksincha, sakkizlik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun qaysi kodlash usulidan qo’llaniladi?
a) triada kodlash usulidan
41. Sonni ikkilik sanoq sistemasidan o’n oltilik sanoq sistemasiga va aksincha, o’n oltilik sanoq sistemasidan ikkilik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun qaysi kodlash usulidan qo’llaniladi?
a) tetrada kodlash usulidan
42. Bir sanoq sistemasidagi sonni o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun qanaqa amallar oshiriladi ?
a) berilgan son ixcham ko‘rinishdan yoyiq ko‘rinishga o‘tkaziladi va yig‘indi natijasi hisoblab olinadi.
43. O‘nlik sanoq sistemasidagi sonni boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun qanaqa amallar oshiriladi?
a) berilgan son o‘tkazilishi kerak bo‘lgan asosga bo‘linadi va qoldiq son alohida belgilab olinadi. Agar qoldiq qolmasa, u holda 0 alohida belgilab olinadi. Hosil bo‘lgan bo‘linma o‘tkazilishi kerak bo‘lgan asosga yana bo‘linadi. Natijani asosga bo‘lish bo‘linma asosdan kichik bo‘lgunga qadar davom ettiriladi. Oxirgi natijadan boshlab hosil bo‘lgan qoldiq sonlar teskari ketma-ketlikda yozib olinadi.
44. Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o‘tkazish uchun nima qilinadi?
a) berilgan son avval o‘nlik sanoq sistemasiga o‘tkaziladi, keyin esa o‘nlik sanoq sistemasidagi son o‘tkazilishi kerak bo‘lgan sanoq sistemasiga o‘tkaziladi.
45. Arifmetik amallar dastur asosida bajarilishi uchun tezkor xotiraga yuklangan ikkilik sanoq sistemasidagi axborotlar protsessor nimaga ko‘ra bo‘laklarga bo‘linadi?
a) razryadiga
46. Protsessor razryadi bu - ... ?
a) protsessor bir vaqtning o‘zida necha xona (kod uzunligi) ga teng axborot ustida mantiqiy-arifmetik amallarni (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish) bajara olishi
47. Butun musbat sonlarning (0 dan 255 gacha) kompyuter xotirasida ifodalanish uchun xotirada necha katakchalardan foydalaniladi?
a) 8 ta katakcha sonning ikkilik ko’rinishi uchun
48. Butun manfiy sonlarnining (-127 dan 127 gacha) kompyuter xotirasida ifodalanish uchun xotirada necha katakchalardan foydalaniladi?
a) 8 ta katakcha - birinchi katakcha ishora uchun (0-musbat yoki 1-manfiy), qolgan 7 ta katakcha esa sonning ikkilik ko’rinishi uchun
49. Nuqtaning o‘rni o‘zgaruvchi sonlar nima deyiladi?
a) qo‘zg‘aluvchan nuqtali sonlar
50. Qo’zg’aluvchan nuqtali sonlarning kompyuter xotirasida ifodalanish uchun xotirada necha katakchalardan foydalaniladi?
a) 32 ta katakcha - birinchi katakcha ishora uchun (0-musbat yoki 1-manfiy), keyingi 8 ta katakcha 10 darajasining ikkilik ko’rinishi uchun, qolgan 23 ta katakcha esa sonning ikkilik ko’rinishi uchun
51. Kompyuter xotirasi axborotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan bitta katakcha nima deb nomlanadi?
a) Bit (razryad, 0 yoki 1 ga teng bo’lishi mumkin)
52. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi – bu ... ?
a) Bit (ing. binary digit – ikkilik raqamlari, ikkita teng ehtimolli holatlardan bittasini – rost yoki yolg’on )
53. Kompyuter xotirasidagi kataklar ketma-ketligidagi sakkiz bitdan iborat axborot nima deb nomlanadi?
a) Bayt
54. 1 bayt = ... ?
a) 8 bit;
55. 1 kilobayt (Kb) = ... ?
a) 210 bayt = 1024 bayt
56. 1 megabayt (Mb) = ... ?
a) 210 Kb = 1024 Kb = 220 bayt
57. 1 gigabayt (Gb) = ... ?
a) 210 Mb = 1024 Mb = 220 Kb = 230 bayt
58. 1 terabayt (Tb) = ... ?
a) 210 Gb = 1024 Gb = 220 Mb = 230 Kb = 240 bayt
59. Kod uzunligining alifbo quvvatiga bog‘liqligini ifodalovchi formula yaratgan shaxs?
a) amerikalik olim Ralf Xartli - 1928 yil
60. Xarti formulasi – bu ... ?
a) N = 2i (N – kodlanayotgan belgi (signal)lar soni;
i – ikkilik kodning uzunligi)
61. Kodlanayotgan signallar, ya’ni alifbodagi belgilar soni ikkining darajalari orqali ifodalanadi?
a) 2 i-1 < N ≤ 2 i
62. Fayldagi axborotlar hajmi yoki xotirada talab etilayotgan joy o‘lchami ?
a) fayl hajmi
63. Vaqt birligi ichida uzatilgan axborot hajmi ?
a) Axborot uzatish tezligi
64. Axborotni uzatish tezlig formulasi ?
a) v=I/t (v – axborot uzatish tezligi; I – axborot hajmi; t – uzatilgan vaqt)
65. Soniyada uzatiladigan bitlar soni nima deb yuritiladi?
a) bit tezligi (bit rate, bps yoki bit per second deb belgilanadi).
66. Kompyuterda belgilar aksariyat qaysi kodlash tizimlar orqali ikkilik ko’rinishga o’tqaziladi?
a) ASCII va Unicode xalqaro kodlash tizimlari
67. ASCII jadvalda har bir kodning uzunligi nimaga teng?
a) sakkizta 0 yoki 1 ketma-ketligidan, 8 bit, 1 bayt, 256 belgi, sakkiz xonali ikkilik son yoki ikki xonali o’n oltilik son
68. ASCII ma’nosi?
a) ingliz tilidan American Standard Code for Information Interchange – axborot almashish uchun Amerika standart kodi
69. Yozuv tillarining deyarli barcha belgilarini (oddiy belgilardan boshlab, xitoy iyeroglifari, matematik belgilar, grek, kirill va lotin alifbolari harfari, musiqaning nota belgilari hamda boshqa belgilargacha) kodlash standarti.
a) Unicode kodlash jadvalida
70. Unicode kodlash jadvalida har bir belgini xotirada kodlash uchun kodining uzunligi nechaga teng?
a) 16 bitga teng, ya’ni 2 bayt joyni egallaydi, o’n olti xonali ikkilik son yoki to’rt xonali o’n oltilik son
71. ASCII va Unicode jadvallaridan boshqa ham ko‘plab belgilarni kodlash jadvallar nomlari ?
a) ISO, CP, Windows, UTF jadvallari
72. Bitta belgi ASCII jadvali orqali 1 bayt axborot hajmi boshqa kodlash tizimlarda qancha bayt hajmga ega bo’ladi?
a) Unicode jadvalida – 2 bayt, UTF-8 da 1 baytdan 4 baytgacha
73. Word dasturida matn kiritishda klaviaturada berilmagan turli belgilardan foydalanish uchun qaysi buyrug’dan foydalanamiz?
a) dastur tasmasining Вставка guruhining ( Символы bo‘limidan ( Символ tugmasidan ( Другие символы buyrug‘i yordamida
74. Monitor ekranida hosil qilingan tasvir nimadan tashkil topadi?
a) gorizontal va vertikal chiziqlar kesishmasidagi kichik nuqtalar – piksellardan
75. Monitorda tasvir qanaqa namoyon bo‘ladi?
a) rastrli tasvir sifatida
76. Grafk axborotlar kompyuter xotirasida qanaqa saqlanadi?
a) rastrli yoki vektorli tasvir ko‘rinishida
77. Odatda, tasvir o‘lchamlari nimadalarda beriladi?
a) santimetr (cm) yoki dyuym (1 dyuym=2,54 sm)
78. PPI bu - ...?
a) ingliz tilidan - pixels per inch – tasvir zichligi, ya’ni namoyishga mo‘ljallangan qurilmalarda 1 dyuymda joylashgan piksellar soni.
79. DPI bu - ... ?
a) ingliz tilidan - dots per inch – chop etish uchun mo‘ljallangan qurilmalarda 1 dyuymda joylashgan piksellar soni
80. 1 dyuymdagi piksellarning soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, ya’ni piksellar qanchalik zich joylashsa, tasvir qanaqa o’zgaradi ?
a) sifatli aks etiladi ammo tasvir hajmi ortadi
81. Odatda 1 dyuym uchun nechta piksel olinadi?
a) 150–350 piksel
82. Monitor ekranida rangli tasvirlar qanday hosil bo‘ladi?
a) RGB modelidan foydalangan holda: qizil, yashil va ko‘k rang nurlarining aralashmasidan
83. RGB modelida - 000 qaysi rang kodi?
a) Qora
84. RGB modelida - 001 qaysi rang kodi?
a) Ko‘k
85. RGB modelida - 010 qaysi rang kodi?
a) Yashil
86. RGB modelida - 011 qaysi rang kodi?
a) Havorang
87. RGB modelida - 100 qaysi rang kodi?
a) 100 Qizil
88. RGB modelida - 101 qaysi rang kodi?
a) Qirmizi
89. RGB modelida - 110 qaysi rang kodi?
a) Sariq
90. RGB modelida - 111 qaysi rang kodi?
a) Oq
91. RGB modeli zamonaviy kompyuterlarda har bir piksel uchun necha bit ma’lumotni qabul qilinadi?
a) 24 bit
92. RGB modelida zamonaviy kompyuterlarda 1 pixelda nechta ranglarni kodlash mumkin?
a) 2 24 = 16,7 millionta rang
93. Rastrli tasvir ko‘rinishidagi faylda tasvir qanday saqlanadi?
a) har bir pikselining rangi haqidagi ma’lumot saqlanadi.
94. Rastrli tasvir ko‘rinishidagi fayl formatlari?
a) BMP, JPEG, GIF, PNG
95. Vektorli tasvir ko‘rinishidagi faylda tasvir qanday saqlanadi?
a) tasvirdagi obyektlar xossalarini qabul qiluvchi matematik qiymatlar saqlanadi.
96. Vektorli tasvir ko‘rinishidagi fayl formatlari?
a) SVG,
97. Zamonaviy kompyuterlar ovozli axborotlarni kiritish va chiqarishni ta’minlash uchun nima bilan jihozlangan?
a) ovoz kartasi bilan
98. Ovoz kartasining analog signallarni raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi qismi bu - ...?
a) ADC - analog-to-digital converter
99. Ovoz kartasining raqamli axborotlarni analog signallarga o‘tkazuvchi qismi bu - ... ?
a) DAC - digital-to-analog converter
100. Ovozga oid axborotlar saqlanganda audiofayllar hajmi qanday aniqlanadi?
a) ovozli axborot kodining uzunligi (dB ni ikkilikdagi kodi), chastotasi (Hrtz- gers) va ovozli axborot davom etayotgan vaqt (soniya) larning ko’paytmasi orqali
101. Ovozli axborotlar ko‘rinishidagi fayl formatlari?
a) WAV, AIFF, APE, FLAC, MP3, OGG va boshqa formatlari
102. Video axborotlar faylda tasvir qanday saqlanadi?
a) videodagi kadrlar ma’lum chastotalarda almashinuvchi alohida tasvirlar sifatida
103. Video axborotlar ko‘rinishidagi fayl formatlari?
a) AVI, WMV, MP4, MPEG, HD formatlari
104. Video axborotlar fayllarda kadrlar chastotasi necha bo’ladi?
a) 24 – PAL, SECAM; 30 - NTSC
105. Turli kodlash usullarini qo‘llagan holda saqlangan audio va videoaxborotlarni alohida siqish formati ?
a) AVI
106. Asosan Microsoft kompaniyasi mahsulotlarida qo‘llaniluvchi videoaxborotlarni kodlash formati?
a) WMV
107. Kompakt disklar uchun siqish formati?
a) MPEG-1
108. Raqamli televideniye va DVD-disklarni siqish formati?
a) MPEG-2
109. Sifatli raqamli televideniye va DVD-disklarni sifatli siqish formati?
a) MPEG-3
110. Yuqori imkoniyatli va sifatli siqish formati?
a) HD


Download 58.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling