1 bob. Bpyo nima


YENGIB O‘TISHNING SALBIY YO‘LLARIDAN QOCHING


Download 47.94 Kb.
bet11/16
Sana16.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1490122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BPYO

YENGIB O‘TISHNING SALBIY YO‘LLARIDAN QOCHING:
Spirtli ichimliklar va boshqa psixoaktiv moddalar iste’mol qilmang, chekmang.
• Kun bo‘yi uxlamang.
• Dam olishsiz va relaksatsiyasiz ishlamang.
• O‘zingizni do‘stlaringizdan va oilangizdan ajratmang.
• Shaxsiy gigiyenik qoidalariga e’tiborsiz bo‘lmang. 
• Jahlga erk bermang va zo‘ravonlik sodir qilmang.
Yaqinlari bilan aloqani yo‘lga qo‘yishga va har kungi xayot tarziga qaytishiga yordam bering

  • Oila a’zolariga birgalikda bo‘lishlariga, bolalarga esa ota-onalari va yaqinlari bilan ajralmasliklariga yordam bering.

  • Jabrlanganlarga ularni qo‘llab-quvvatlay oladigan do‘stlari va qarindoshlari bilan bog‘lanishlariga yordam bering, masalan telefon qilishlariga imkoniyat yarating.

  • Agar insonni so‘zlaridan unga ibodat qilish, diniy marosim yoki ruhoniylar tomonidan yordam zarurligini tushunib yetsangiz, unga diniy tashkilotlar bilan bog‘lanishiga yordam bering.

  • Jabrlanganlarni bir birlariga yordam berishlari maqsadida bir yerga yig‘ing. Masalan, jabrlangan insondan qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishini yoki yolg‘iz insonlarga hamjamiyatdagi boshqa a’zolar bilan bog‘lanishlariga yordam berishini iltimos qiling.

  • Inqirozli vaziyatlarda insonlarning ma’naviy va diniy e’tiqodlari xayot mazmuni va umidni baxsh etishda, og‘riq va g‘amlarni yengishlarida katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

  • Lekin, inqirozni boshdan o‘tkazishda insonlar ayanchli yo‘qotishlarga duch kelib o‘zlarining e’tiqodlarini yo‘qotishlari mumkin. Bunday kechinmalar e’tiqodni susaytirishi yoki aksincha mustahkamlashi, yo bo‘lmasa o‘zgartirishi mumkin.

  • Yordam berayotgan insonlaringizning diniy e’tiqodlarini biling va hurmat qiling.

  • Insondan unga odatda nima yordam berishini so‘rang. Qiyinchiliklarni yengib o‘tishida yordam beruvchi harakatlarni, shuningdek diniy marosimlarni, agar ular xaqida aytib o‘tgan bo‘lsa, ularni qilishini maslahat bering.

  • Diniy e’tiqodlar xaqida o‘z fiklaringizni aytmagan holda hurmat bilan tinlang. Insonga inqirozni ma’naviy yoki diniy talqinini va o‘zingizni diniy e’tiqodingizni gapirmang.

  • Agar inson sizdan iltimos qilgan taqdirida ham, inqirozni intrepretatsiyasi yoki diniy talqinini ta’kidlamang, va lekin tonmang ham.



Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling