1 bob. Bpyo nima


Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam: sog‘lig‘ida kamchiliklariga ega va jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar


Download 47.94 Kb.
bet14/16
Sana16.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1490122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BPYO

Himoyaga muhtoj insonlar guruhiga yordam: sog‘lig‘ida kamchiliklariga ega va jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar.
Sog‘lig‘ida kamchiliklariga ega va jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar (shuningdek, kuchli psixik buzilishlarga ega), shuningdek, qariyalar xavfsiz joyga yetib olishda, kerakli yordamni olishda, xususan tibbiy yordamni yoki o‘zlari xaqida g‘amxo‘rlik qilishlarida alohida yordamga muhtoj bo‘lishlari mumkin. 
Inqirozli vaziyatlarni boshdan kechirish vaqtida ko‘p hollarda arterial gipertoniya bilan, yurak kasalliklari bilan, astma, tashvishli sindrom va boshqa kasalliklar va psixik buzilishlar bilan qiynaladigan insonlarning sog‘liqlari yomonlashadi.
Agar inqirozli vaziyatda xomilador yoki emizikli ayollar kuchli stressni boshdan kechirsalar bu xomiladorlik davrida ham onaning ham bolaning sog‘lig‘iga ta’sir etadi.
Mustaqil yura olmaydigan yoki eshitishi yoki ko‘rishida zaif insonlarga o‘z yaqinlarini topishlarida yoki ijtimoiy xizmatlarga murojaat etishlarida qiyin bo‘ladi.
Surunkali kasalliklarga va nogironlikka ega insonlarga yordam berishda quyidagicha harakat qiling:
• Xavfsiz joyga yetib olishlarida yordam bering.
• Birlamchi ehtiyojlarini qondirishlarida yordam bering (oziq-ovqat, suv, o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilish yoki qutqaruv xizmatlari tarqatayogan yopinchiqlarni yopib olishlariga)
• Bor kasalliklari va iste’mol qilayotgan dori-darmonlari xaqida so‘rang. Dori-darmon va tibbiy yordam olishlarida yordam bering.
• Insonni yonida qoling, agar sizga ketish kerak bo‘lsa, uning yonida g‘amxo‘rlik qilayotgan kimdur borligiga ishonch hosil qiling. Jabrlanganlarni uzoq muddatli kerakli yordamni taqdim etuvchi tashkilot yoki idoraga yuborish imkoniyati xaqida o‘ylang. 
• Jabrlanganlarga yordam va xizmatlarni qanday olishlari mumkinligini ma’lum qiling.

Himoyaga muhtoj insonlar guruhlariga yordam: kamsitilish, zo‘ravonlik qilinishi xavfi ostidai insolar, milliy ozchilik.
Kamsitilish va zo‘ravonlik xavfi ostidagi insonlarga ayollar, aniq etnik va diniy guruhlar vakillari kiradi. Ular quyidagi sabablarga ko‘ra alohida himoyaga muhtojdirlar.
• birlamchi ehtiyojlarni qondirish uchun gumanitar yordamlarni taqsimlashda ularni e’tiborsiz qoldirishlari mumkin.;
• yordam, xizmatlarni taqdim etishda yoki joylashtirishda ularning fikrlarini ko‘p hollarda inobatga olmaydilar;
• ular zo‘ravonlik, shuningdek jinsiy zo‘ravonlik ob’ekti bo‘lishlari mumkin;
Kamsitilish va zo‘ravonlik xavfi ostida bo‘lgan insonlar inqirozli vaziyatda ularning xavfsizligini ta’minlashga yo‘l qo‘yadigan alohida g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘ladilar, shuningdek, birlamchi ehtiyojlarini qondirishda va aniq yordamni olishda qo‘shimcha yordamni olishga muhtoj bo‘ladilar.
Joylarda shunday insonlar borligi xaqida so‘rab biling va ularga quyidagi yordamlarni ko‘rsating :
• Ularga xavfsiz joyga joylashishlarida yordam bering;
• Yaqin va boshqa insonlari bilan bog‘lanishlarida yordam bering;
• Ularga aniq yordam va xizmatlar xaqida ma’lumot taqdim eting va zaruriyat bo‘lganda ularni tegishli xizmatlar homiyligiga yuboring.


Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling