Ikkiyoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish -
bitta
operatsiya bo‘yicha bitta summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita
hisobvaraqlarida - bittasining debetida va boshqasining kreditida aks
ettiriladi.
Uzluksizlik - xo‘jalik yurituvchi
subyekt uzluksiz ishlaydigan,
ya’ni belgilangan kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb
hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki faoliyat ko‘lamini ancha
qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q.deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan
baholash — barcha operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi
axborotlami umumlashtirish maqsadida pul bilan baholanadi.
Ishonchlilik - axborot, unda jiddiy xatolar
va taxminlar boMmasa
va unga foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealaming ishonchliligi boshlang‘ich hisob-
kitob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik — qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga
rioya qilish aktivlar va daromad
qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar
voki xurajatlar esa yetarlicha baholanmasligiga yo‘l qo‘ymaslik
inii(|Muli(la noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mii/iiiiiiiiniiig sliakldan ustunligi - agar
hisob-kitob hujjatlarida
vn moliyaviy liisobokia axborot operatsiyalar hamda voqealaming
mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday
axborot uning huquqiy
shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq
holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: