1-bob. “Buxgalteriya hisobi” faniga kirish


Xo‘jalik subyektida buxgalteriya hisobini tashkil etish


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana20.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1215508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi faninig predmeti va usullari.

1.6. Xo‘jalik subyektida buxgalteriya hisobini tashkil etish
Respublikamizdagi barcha mulkchilik shaklidagi korxona va 
tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish ishlari yangi 
tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘RQ-404-son Qonun 
bilan tartibga solinadi. 
%
25


Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, 
buxgalteriya hisobi 
standartlarini 
ishlab chiqish va tasdiqlash 
0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi 
standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari uchun 
soddalashtirilgan 
buxgalteriya 
hisobini 
yuritish 
standard 
bilan 
belgilanadi.
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi 
hamda hisobotini tartibga solish 0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xo‘jalik subyektida hisob ishlarini tashkil etishga rahbar javobgar 
boMadi, bu esa unga ma’lum huquqlami bergan holda mas’uliyatlami 
yuklaydi.
Buxgalteriya hisobi subycktining rahbari 
Huquqlari
Hisob siyosati, ichki hisob va hisobot 
tizimi ishiab chiqilishini
Ichki nazorat tartibini
Buxgalteriya hisobi to‘liq va ishonchli 
yuritilishini
Hisob hujjatlarining but saqlanishini 
Moliyaviy hisobotning tayyorlanishini
Soliq hisobotining va boshqa moliyaviy 
hujjatlarning tayyorlanishini
Hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga 
oshirilishini
1.3-rasm. Buxgalteriya hisobi subyektining rahbarini 
huquq va majburiyatlari
Bosh buxgalter boshchiligida 
buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil 
etish yoki shartnoma asosida jalb 
qilingan buxgalter xizmatidan 
foydalanish
Buxgalteriya hisobini yuritishni 
ixtisoslashtirilgan tashkilotga shartnoma 
asosida yuklash
Buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish
Ta’minlashi shart
26


Bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs buxgalteriya 
hisobi xizmatining rahbari hisoblanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunga asosan buxgalteriya 
hisobi xizmatining rahbari bevosita korxona rahbariga bo‘ysunadi. 
Uning xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlar asosida rasmiylashtirish va 
ularni buxgalteriya hisobi xizmatiga taqdim etish bo‘yicha talablari 
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiydir.
Bosh buxgalter — mansabdor shaxs hisoblanadi, o‘z faoliyatida u 
qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi lozim. Bosh buxgalteming 
huquq va majburiyatlari uning lavozim yo‘riqnomasida belgilanadi.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasida bosh 
buxgalter va korxona rahbari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan 
holatdagi javobgarlik masalasi tartibga solindi. Bosh buxgalter qonuniy 
amalga oshirilganligiga shubha qilgan ayrim xo‘jalik operatsiyalariga 
oid hujjatlar rahbarning yozma farmoyishi bilan ijroga qabul qilinadi. 
Mazkur holatda bosh buxgalter bunday operatsiyalarning oqibatlari 
uchun javobgar boimaydi.
Xizmatchilaming 
asosiy 
lavozimlari 
va 
ishchilar kasblari 
Klassifikatoriga5 muvofiq bosh buxgalter oliy ma’lumotga ega bo‘lishi 
lozim. Biroq ma’lumot darajasiga oid talablar qismida Klassifikator 
Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan 
davlat tashkilotlarida, xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav 
kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda qoilanilishi 
majburiy hisoblanadi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun 
uning bu qismi tavsiyaviy tusiga ega.
Ma’muriy 
javobgarlik 
to‘g‘risidagi 
kodeksda 
ma’muriy 
huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar nazarda tutilgan. Agar bosh 
buxgalter jinoiy huquq normalarini buzgan bo‘lsa, unga nisbatan Jinoyat 
kodeksining tegishli moddasida nazarda tutilgan jazo qoilaniladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini buzish, - 
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 10
5 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2015 yildagi 164-son qaroriga ilova. 
*
27


baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.6 Jarima - bu 
sanksiyadir.
Bosh buxgalterni jazolash mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning 
to‘liq ro‘yxatini keltirish ancha mushkuldir. Har bir muayyan holatda 
mehnat 
shartnomasi 
shartlariga, 
lavozim 
yo‘riqnomasiga 
va 
korxonaning boshqa lokal hujjatlariga muvofiq uning zimmasiga 
yuklangan lavozim majburiyatlari e’tiborga olinadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini birincha marta 
buzganlik uchun bosh buxgalterga eng kam ish haqining 5 baravaridan 
10 baravarigacha, ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil 
davomida takror sodir etilganda - eng kam ish haqining 10 baravaridan 
20 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.7

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling