1-bob: Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish


Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish


Download 55.03 Kb.
bet4/16
Sana17.06.2023
Hajmi55.03 Kb.
#1536328
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
g`ayrat

1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatida xalq bilan muloqot qilishning “qayta aloqa” vositalarini keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturga muvofiq Hukumat qarorlari ijrosini tashkil etishda keng jamoatchilik fikrini o‘rganish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, ijtimoiy tarmoqlarda Hukumat qarorlari ijrosi bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish uchun maxsus sahifalar ochish, hokimlarning tadbirkorlikka oid qarorlarini Hukumat tomonidan monitoring qilib borish va uning natijalari yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 219-sonli qarori qabul qilinib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy dasturlarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish tartibi joriy qilindi.
Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri virtual qabulxonasi axborot tizimi – “business.gov.uz” Yagona interaktiv portalini moddiy-texnik jihatdan takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 apreldagi 214-f-son farmoyishi qabul qilindi. Mazkur xujjatga muvofiq portalni modernizatsiya qilish bo‘yicha texnik talablarni ishlab chiqish, tizim va mobil ilovaning talablarini o‘rganish va tahlil qilish, o‘tkazilgan o‘rganishlar asosida talablarni ishlab chiqish va joriy qilish nazarda tutilgan.


1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish
«Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» degan yangi g‘oyani amalda ro‘yobga chiqarish, aholining davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki ko‘lamini kengaytirish, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, fuqarolar, jamiyat va davlatning o‘zaro yaqin hamkorligini o‘rnatish, shuningdek davlat organlari va muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Jamoatchilik palatasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar jamoatchilik palatalari tashkil etildi.
Jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 50 nafar aʼzodan iborat tarkibda shakllantirildi.

  • Jamoatchilik palatasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga fuqarolik jamiyatining holati va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida yillik milliy maʼruzalarni taqdim etadi;

  • Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari aʼzolari har bir davlat organining ochiq hayʼat majlisida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida, «Hukumat soati»da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari majlislarida ishtirok etishga haqli;

  • Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari davlat organlari va tashkilotlariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan Jamoatchilik palatasi so‘rovini yuborish huquqiga ega. Bunda davlat organlari va tashkilotlari so‘rovga javobni, agar boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, u olingan kundan eʼtiboran o‘n kundan kechiktirmay yuborishi lozim.

Butun dunyoda bo‘lgani kabi, pandemiya sharoitidagi murakkab vaziyat O‘zbekistonda ham 2020 yilning 1-yarim yilligi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasidagi islohotlarni amalga oshirish hamda avval ko‘zda tutilgan natijalarga erishishga o‘z taʼsirini ko‘rsatdi. Biroq, yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, pandemiya va iqtisodiy inqirozga qaramay, nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirish uchun kerakli choralar ko‘rildi va dastlabki natijalar qo‘lga kiritildi.
O‘z o‘rnida, shuni qayd etish lozimki, Davlat dasturidagi ayrim bandlarning bajarilishi yuzasidan qo‘shimcha muddat talab etilgani hamda sharoit va holatga bog‘liq bo‘lgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi hisobga olinib, 19 ta band bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari masʼul vazirlik va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, normativ hujjatlarni qabul qiluvchi subyektlarga kiritilgan hamda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.


Download 55.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling